Get Mystery Box with random crypto!

$100 000(yuz ming dollar) Foydali post emas! Universitetda | Turdalieva's

$100 000(yuz ming dollar)

Foydali post emas!

Universitetda Corporate Finance(Korporativ moliya) degan modul(fan)dan maza qilib bajariladigan vazifa berildi.

O'z guruhimizdagi talabalardan 4-5 kishilik jamochalarga ajralamiz. Har bir jamochaga $100 000 va taxminan 50 kun muhlat beriladi. Shu vaqt mobaynida AQSh aksiya bozoridagi istalgan kompaniya aksiyalarini sotib olishimiz va sotishimiz mumkin. Bu ingliz tilida "trading challenge" deyiladi, treyding musobaqasi. Treyding musobaqasida kompaniyalar aksiyalarini past narxda sotib olib, yuqoriroq narxda sotish orqali imkon qadar ko'p foyda olishimiz kerak.

Lekin shu joyida, vazifaning eng zo'r sharti shuki, necha marta sotib olishimiz va sotishimiz umumiy hisobda 50 martadan oshmasligi shart. Agar oshib ketsa, avtomatik tarzda o'qituvchi o'sha jamoani eng oxirgi o'ringa tushirib qo'yadi. Nega bunday? Sabab esa oddiy, agar 50 martadan ko'p sotib olish, sotish mumkin bo'lsa, talabalar hech qanday bozorni o'rganmay, darslardagi bilimlarni qo'llab, kompaniyaning moliyaviy va iqtisodiy holatini o'rganmay, nima uchun aksiyani sotib olayotgani, sotayotganini ham bilmasdan shunchaki "gambling" ya'ni qimor o'ynagandek, maqsadsiz tinmay har soniya, daqiqada aksiyalarni sotib olib, sotib foydasini ko'paytirishi mumkin. Cheklov bo'lganligi sababli, yetti emas 49 o'lchab bir kesamiz. Vazifaning maqsadi ham aynan nazariy o'rganganlarni amaliy qo'llashga majbur qilish.

Masalan, kompaniyaning buxgalteriya bo'limi tayyorlaydigan moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish orqali, kompaniya haqidagi yangiliklarni kuzatish, kompaniyaning faoliyatini har tomonlama o'rganib chiqish orqali uning aksiyalarining narxi hozir qanday baholanganligi, kelajakda narxi o'sishga yoki pasayishga moyilligini prognoz qilish mumkin. Bu esa albatta tinmay o'rganish, izlanish talab etadi.

P.S1: $100 000 hypothetical(xayoliy) deb hisoblanadi. :-) Xayoliy pulni haqiqiy bozorda ishlatmaymiz, virtual real-time marketda savdo qilamiz: MarketWatch.

P.S2: O'zi bugun tanishgan 4 kishilik jamoa bilan ishlashning o'zi yana bir boshqa sarguzasht bo'ladi.)

P.S: g'olib(eng ko'p foyda qilgan) jamoachaga o'qituvchimiz o'zi mukofot sifatida $1 000 000 so'm berarkan .

P.S3: fikrlar bo'lsa, kommentlar qismi bekorga berilmaganligini eslatib qo'yay.)

#qiziqarli #studentchilik #finance
@emeti_zzz