Get Mystery Box with random crypto!

Xayrli kech hurmatli ishtirokchilar! Mana tanlovimiz ham oxir | Oʻzbek tili | Til bilimdonlari

Xayrli kech hurmatli ishtirokchilar!

Mana tanlovimiz ham oxirlab bormoqda. Ertaga tanlovning so'nggi kuni. Xudodan qo'rqmasdan, shuncha gap-so'zlarimizga qaramay haligacha halol ishtirok etmayotgan ishtirokchilar uchrab turibdi va ularni chetlatmoqdamiz. Alloh qodir qilganicha tanlovni adolatli o'tkazishga harakat qilmoqdamiz!

Ertaga tanlovning so'nggi kuni va shartlarda biroz o'zgartirish qilinadi:
6 ta savol 13:00 da beriladi va 13:30 da o'chiriladi;
so'nggi 6 ta savol 19:00 da beriladi va 19:30 da o'chiriladi;
20:00 da tanlovdagi barcha 300 ta savollar kanaldan o'chirib yuboriladi.

Siz yuqoridagi vaqt ichida savollarga javob berishga ulgurishingiz kerak.
18-oktabr kuni tanlovdagi barcha savollar javoblari bilan e'lon qilinadi.

Yana bir yangilik! Tanlovni 2-mavsumi ham sizni uzoq kuttirmaydi, yangi formatda, yangi nizomda prezidentlik saylovi o'tgach 2-mavsumga ham start beramiz. Tanlovning 2-mavsum nizomini sizlar bilan birgalikda boshlashdan oldin muhokama qilamiz.

@tilbilimdonlari — O'zbek tilida xatosiz yozamiz!