Get Mystery Box with random crypto!

#rasman #tezkor Qishki taʼtil 24-yanvarga qadar davom etadi! | Oʻzbek tili | Til bilimdonlari

#rasman #tezkor
Qishki taʼtil 24-yanvarga qadar davom etadi!

Oliy taʼlim tizimi tarixida ilk marotaba – rektorlar, prorektorlar, dekanlar va moliya masalalariga masʼullar uchun oʻz kasbiy mahoratini oshirish, yangicha tartibda ishlashni boshlash maqsadida joriy yil 10-24-yanvar kunlari amaliy seminar-treninglar tashkil etiladi.

Shu sababli 2021/2022-oʻquv yilining ikkinchi yarmi oliy
va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun qishqi taʼtil muddati 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirildi.

Qishki taʼtil davrini mazmunli oʻtkazish maqsadida oliy taʼlim muassasalari rektorlari hamkorligida onlayn fan olimpiadalari, intellektual viktorinalar tashkil etiladi.

Talaba-oʻquvchilarga oʻz uylaridan taʼlim muassasalariga qaytishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temir yoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 2022-yilning 24-yanvariga qadar uzaytirildi.

Va asosiysi – 2022-yilning 11-yanvarigacha boʻlgan muddatga xarid qilingan avia va temir yoʻl chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi.

Mazkur masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlikda Maxsus shtab tashkil etilgan boʻlib, barcha tashkiliy masalalar yuzasidan quyidagi ishonch telefonlariga (10-06, 71-246-97-45, 71-246-28-63) murojaat qilishingiz mumkin!

@tilbilimdonlari – Oʻzbek tilida xatosiz yozamiz