Get Mystery Box with random crypto!

O‘tgan kunlarda mehmonga: - Har doim siz uchun eshigimiz ochiq | Oʻzbek tili | Til bilimdonlari

O‘tgan kunlarda mehmonga:
- Har doim siz uchun eshigimiz ochiq, qachon xohlasangiz tashrif buyuring, marhabo! -, derdik.
Bu kunlarda esa:
- Kelishingizdan oldin ogohlantirib qo‘ysangiz bo‘lmasmidi! -, demoqdamiz…

O‘tgan kunlarda:
- Hovli olma, qo‘shni ol! -, derdik.
Bu kunlarda esa:
- Sen menga tegma, men senga tegmayman!-, demoqdamiz…

O‘tgan kunlarda qarindoshlarni:
- Yelkadoshlar! -, deyilardi…
Bu kunlarda esa:
- Qarindoshlar qorindosh -, deyilmoqda…

O‘tgan kunlarda kun - kunora yig‘ilishimiz bo‘lar, oramizda yo‘qlarni so‘rab-surishtirardik…
Bu kunlarda ta’ziyalardagina ko‘rishmoqdamiz…

O‘tgan kunlarda:
- Men bugun nima yaxshilik qildim?! -, deb o‘zimizni taftish qilardik…
Bu kunlarda esa:
- Hech kim yaxshilik qilmayapti?! - deya o‘zgalarni titkilamoqdamiz

O‘tgan kunlarda dushman kimligini yaxshi bilardik...
Bu kunlarda esa do‘st kim ekanini ham bilmay qoldik...

Dunyo o‘zgargani yo‘q, aslida…
Balki qalblar o‘zgarib ketdi…
Manba

@tilbilimdonlari — O'zbek tilida xatosiz yozamiz!