Get Mystery Box with random crypto!

TerDU rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali T
Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali
Kanal manzili: @terdu340
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.25K
Kanalning ta’rifi

🌍 http://www.tersu.uz/
✅ https://t.me/terdu340
✅ http://facebook.com/tersu340
✅https://www.instagram.com/terdu_rasmiy
✅https://youtube.com/@Termizdavlatuniversitet
Murojaat uchun: @TerDU_rektor_bot
©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 89

2021-02-19 06:29:55 https://www.uza.uz/uz/posts/iqtidorli-bolazhak-kimyogarlar-qollab-quvvatlandi_242705
8.4K views03:29
Ochish/sharhlash
2021-02-18 19:44:08
TerDUda nufuzli o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

Viloyat hokimligi, Termiz davlat universiteti, kasbiy taʼlimni rivojlantirish hududiy boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan o‘quv seminari “TerDUning kimyo fanini o‘qitish bo‘yicha maktablar, professional taʼlim va akademik litseylar bilan o‘zaro hamkorligi: muammolar, vazifalar va istiqbollari” deb nomlandi.
Unda viloyatda kimyo fanini o‘qitish sifatini yaxshilash, universitet va maktab hamkorligini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar muhokama qilindi. Mavjud muammolar tahlil etilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha hamkor tashkilotlar birga harakat qilishiga kelishib olindi.
O‘quv seminarida Toshkent pediatiriya insituti qoshidagi akademik litseyining oliy toifali o‘qituvchisi, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa (PhD) doktori, “Shuhrat” medali sohibi D.Haydarov kimyo fanini o‘qitish yuzasidan master klass o‘tib berdi.
_________
Kanalga ulanish: @TerDU340
8.9K views16:44
Ochish/sharhlash
2021-02-18 05:37:14
#Ёшлар_сиёсати_амалда

"Ўзбекистон белгиси” — ватан тараққиётига қўшаётган ҳиссангиз учун муносиб эътироф

Ўзбекистон ёшлар иттифоқи “Ўзбекистон белгиси” кўкрак нишонига ҳужжатлар қабули давом этаётганини маълум қилади.

Турли соҳаларда қатор муваффақиятларга эришдингизми? Ватанга дахлдорлик ва унинг тараққиёти учун муносиб ҳиссангиз қўшиляптими... Тенгдошларингизни ўз ортингиздан эргаштира оляпсизми? Унда ушбу мукофот айнан сиз учун.

"Ўзбекистон белгиси" қалбида ватанига садоқати, тараққиётига дахлдор, ватанпарвар ёшлар кўксига тақиладиган эътирофдир.

Ҳужжатлар Ўзбекистон ёшлар иттифоқининг вилоят, туман ва шаҳар Кенгашларида жорий йилнинг 1-март кунига қадар қабул қилинади.

Қўшимча маълумот учун тел: 71-241-08-09

Каналга уланиш — @yangiuzbekiston_uz
8.6K views02:37
Ochish/sharhlash
2021-02-17 19:24:48
Termiz davlat universiteti rektoriga murojaat yo’llang!!!

Eng yaqin maqsadlarimizdan biri – Termiz davlat universitetida so’ngi yillarda amalga oshirilgan yirik loyihalarni rivojlantirish orqali, uni milliy va xalqaro reytingda yuqori o’rinlarga olib chiqish.

Oldimizga qo’yilgan yuksak marralarga shijoatli va jonkuyar professor-o’qituvchilarimiz, xodimlarimiz hamda ilmga chanqoq talabalarimiz bilan albatta erishamiz. Har qanday muvaffaqiyatning kaliti esa o’zaro muloqotga asoslanadi.

Shu maqsadda, universitet rektori Avazjon Maraximovning professor-o’qituvchilar, talabalar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik bilan muloqotini amalga oshiruvchi telegram bot ishga tushirildi.

Universitet hayotiga befarq bo’lmagan, shu bilan birga o’z huquq va majburiyatlarini to’g’ri anglagan Siz azizlarning ushbu bot orqali yuborgan har bir taklifingiz, tashabbusingiz, fikringiz biz uchun muhim ahamiyatga ega.

@TerDU_rektori_bot manziliga kiring va o’zingizning murojaatingizni yozib qoldiring!

@TerDU340
7.9K views16:24
Ochish/sharhlash
2021-02-17 19:24:22
ТАКЛИФ ЮБОРИНГ!!!

Олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов талабалар билан ўтказган онлайн учрашувида доимий мулоқотни йўлга қўйиш ҳамда уларнинг соҳага оид таклиф-мулоҳазаларини ўрганиш мақсадида “Вазирга таклифлар” боти ишга туширилишини маълум қилган эди.

Телеграм тармоғида “Вазирга таклифлар” боти ташкил этилди.

Эндиликда профессор-ўқитувчилар, олимлар, тадқиқотчилар, талабалар ва уларнинг ота-оналари мазкур бот орқали бевосита вазирга соҳага оид муаммоларни билдиришлари, ўз таклифларини юборишлари мумкин.

Барча таклифлар шахсан вазир томонидан ўрганиб чиқилади ҳамда олий таълим тизими фаолиятини яхшилаш бўйича амалий ишлар олиб борилади.

Таклиф юбориш: @vazirga_takliflar_bot

Вазирликнинг телеграм канали:
https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-AsADEDumdCB6g
6.7K views16:24
Ochish/sharhlash
2021-02-17 18:05:15
Ta’limdagi hamkorlik kelishuvi
Termiz davlat universitetida bitiruvchi yoshlarni ish bilan ta’minlash masalasiga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi. Universitet, viloyat prokuraturasi va viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamkorligidagi mazkur yig’ilishda o’qishni tamomlayotgan talabalarga kelgusida ishga joylashishlari uchun amaliy ko’mak berishga doir fikr-mulohazalar bildirildi. Viloyatdagi 5 ta tumandan 300 nafarga yaqin maktab direktorlari ishtirok etgan tadbirda endilikda maktab direktorlari va ta’lim muassasasalari o’zlarining tumanlaridagi bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashga mas’ul bo’lishi belgilandi. Yoshlarning bandligini tizimli ravishda ta’minlashga amaliy ko’mak berish maqsadida tashkil etilgan ushbu uchrashuv mavzuga doir savol-javoblarga boy bo’ldi.
_________
Kanalga ulanish: @TerDU340
8.1K views15:05
Ochish/sharhlash
2021-02-17 15:45:56 ​​ DIQQAT, DIQQAT!
Yangilanish, yasharish, uyg‘onish fasli bo‘lgan BAHOR arafasida

INNOVATSION RIVOJLANISH VAZIRLIGIGA QARASHLI ILMIY-TEXNIKAVIY, MA’NAVIY-MA’RIFIY, OMMABOP NASHR HISOBLANGAN “XXI ASR TEXNOLOGIYALARI” JURNALI ONLAYN TANLOVLAR DOIRASIDA

“RAQAMLI TEXNOLOGIYA YOSHLAR NIGOHIDA”
shiori ostida tanlov e'lon qiladi.

Bilasiz, bugun biz turmush tarzimizda keng foydalanadigan ko‘plab ixtirolar aynan bolalar tomonidan yaratilgan. Barmoqsiz qo‘lqoplar, kalkulyator, mexli quloqchin, hiqichoq bosadigan obaki, saratonni erta aniqlaydigan sinama kabi ko‘plab kashfiyotlarni bunga misol keltirishimiz mumkin. Tadqiqotlarga ko‘ra, har yili dunyo bo‘ylab 500 mingdan ortiq bolalar va o‘smirlar tomonidan turli xil ixtirolar, jumladan, moslamalar, o‘yinlar, robotlar yaratilar ekan.
Yurtimizda ham bu kabi iste’dodli yoshlar juda ko‘p. Biz ushbu tanlov orqali ana shunday iqtidor egalarini kashf qilmoqchimiz, shu orqali ularning ixtirolarini ommaga tanishtirmoqchimiz. Agarda sizda yoki do‘stlaringizda kashfiyotlar qilishga qiziqish bo‘lsa, mazkur tanlov aynan siz uchun!
I. Tanlov shartlari
1. Tanlov shartlari juda oddiy. Buning uchun siz o‘z turmush tarzingizdan kelib chiqqan holda foydali ixtirolarni o‘ylab topib, ularni qog‘ozda aks ettirishingiz lozim. Masalan, Buyuk britaniyalik 6 yoshli qizaloq ovqat issiq bo‘lganda uni sovutish yo‘lini o‘ylab topgan. Ya’ni u o‘z chizmasida sanchqiga ventilyator o‘rnatilganligini aks ettirgan. Kichik ixtirochining fikricha, bu ventilyator issiq ovqatga havo yuborib, uni sovitadi.
Chizmalar videorolik sifatida ham qabul qilinadi. Ya’ni siz o‘z ixtirongizni videorolik orqali tushuntirib berishingiz ham mumkin. Videorolik (surat) sifatli olingan bo‘lishi va hajmi 10 megabayt yoki 2 daqiqadan oshmasligi darkor.

2. Videorolik (surat)da ism-sharifingiz, yoshingiz va manzilingiz to‘liq ko‘rsatilishi kerak.
3. Videorolik (surat)larni 2021-yil 21-fevral sanasidan 21-martga qadar “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi” kanalining @norbut adminiga yuboring.
4. Tanlov g'oliblari tahririyat xodimlari tomonidan aniqlanadi. G'oliblar 22-mart kuni soat 17:00 da "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" https://t.me/indep_uz telegram kanalida e'lon qilinadi.

II. G'oliblar qanday taqdirlanadi

1-, 2- va 3-o‘rin sohibi va sohibalariga Innovatsion rivojlanish vaziriligiga qarashli “Innovatsion nashriyot-matbaa uyi”ning maxsus diplomi va sovg‘alari topshiriladi. Qolaversa, g‘olib egalari haqida indep.uz saytida maqolalar yoritiladi!
Bundan tashqari, tanlovda ishtirok etgan barcha qatnashchilarga taqdimot kuni sertifikat hamda esdalik sovg‘alari berilishi ko‘zda tutilgan.

Tanlovda 5 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar qatnashishlari mumkin.
7.0K views12:45
Ochish/sharhlash
2021-02-17 15:45:56
Diqqat

INNOVATSION RIVOJLANISH VAZIRLIGIGA QARASHLI “XXI ASR TEXNOLOGIYALARI” JURNALI “RAQAMLI TEXNOLOGIYA YOSHLAR NIGOHIDA” shiori ostida tanlov e'lon qiladi.

Tanlov shartlari:

Siz o‘z turmush tarzingizdan kelib chiqqan holda foydali ixtirolarni o‘ylab topib, ularni qog‘ozda aks ettirishingiz lozim

Chizmalar videorolik sifatida ham qabul qilinadi. Videorolik (surat) sifatli olingan bo‘lishi va hajmi 10 mb yoki 2 daqiqadan oshmasligi darkor

Videorolik (surat)da ism-sharifingiz, yoshingiz va manzilingiz to‘liq ko‘rsatilishi kerak

Videorolik (surat)larni 2021-yil 21-fevral sanasidan 21-martga qadar “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi” kanalining @norbut adminiga yuboring

Tanlovda 5 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar qatnashishlari mumkin

Batafsil ma'lumot uchun.
______________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o'z hissangni qo'sh

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
6.4K views12:45
Ochish/sharhlash
2021-02-17 15:45:55
Start-up loyihalar yaratishda yordam beruvchi sayt haqida bilasizmi ?

Yangi biznes boshlamoqchi bo‘lsangiz, ushbu saytda turli xil maslahat va startaplarni ko‘rishingiz mumkin. Mijozlarni qanday topish, moliyalashtirish va boshqa kerakli ma’lumotlar shu yerda mujassam.
____________
Помощь в создании стартапа
Платформа, которая поможет запустить стартап — найти клиентов, финансирование и т.д. Курируемая подборка полезных инструментов и ресурсов, которые помогут в создании стартапа.

Havola/ссылка: www.startups.co
______________
Respublika yosh olimlar Kengashining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

Telegram | Facebook
6.6K views12:45
Ochish/sharhlash
2021-02-17 15:43:40
Диққат танлов! “Ўзбекистон белгиси” кўкрак нишонига аризалар қабули давом этмоқда.

@hududtv
6.4K views12:43
Ochish/sharhlash