Get Mystery Box with random crypto!

TerDU rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali T
Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali
Kanal manzili: @terdu340
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 21.24K
Kanalning ta’rifi

🌍 http://www.tersu.uz/
✅ https://t.me/terdu340
✅ http://facebook.com/tersu340
✅https://www.instagram.com/terdu_rasmiy
✅https://youtube.com/@Termizdavlatuniversitet
Murojaat uchun: @TerDU_rektor_bot
©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 88

2022-08-28 12:13:54 #Qabul2022 #Kvota #Imtiyoz
Xotin-qizlar uchun ajratilgan qabul ko‘rsatkichlarining hududlar va sohalar kesimidagi taqsimoti

Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlangan.

Unga ko‘ra, xotin-qizlar uchun davlat granti asosida respublika bo‘yicha jami 2 000 ta qabul ko‘rsatkichlari ajratilgan.

Mazkur qabul ko‘rsatkichlari hududlar va sohalar kesimida taqsimlangan bo‘lib, turli hududlarda yashovchi yoki bir hududda yashasada turli sohalarga topshirgan xotin-qizlar uchun mazkur imtiyoz doirasidagi o‘tish ballari farq qiladi.

Xotin qizlar uchun ajratilgan 2 000 ta qabul ko‘rsatkichlarining hududlar va sohalar kesimidagi taqsimoti hamda sohalar bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
3.6K views09:13
Ochish/sharhlash
2022-08-28 12:13:54 #Qabul2022 #Kvota #Imtiyoz
5 yil pedagoglik stajiga ega o‘qituvchilar diqqatiga!

Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yilida umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan va oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan hamda kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida alohida maqsadli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlangan.

Unga ko‘ra kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun 14 ta pedagogika oliy ta’lim muassasasida jami 1000 ta maqsadli qabul parametrlari ajratilgan.

Mazkur qabul parametrlari test sinovi natijalariga ko‘ra 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun qo‘llanadi.

Bunda tanlov Xalq ta’limi vazirligi tomonidan kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar ro‘yxati Davlat test markaziga taqdim etilgandan so‘ng amalga oshiriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
3.1K views09:13
Ochish/sharhlash
2022-08-28 12:13:53 ​​#Qabul2022 #Natija
Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

2022-2023-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

my.dtm.uz sayti orqali:

my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2022” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2.8K views09:13
Ochish/sharhlash
2022-08-28 06:57:19
TerDU: hafta yangiliklari

Batafsil:



Bizni kuzatishda davom eting!


Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
4.6K viewsedited  03:57
Ochish/sharhlash
2022-08-28 01:31:26
2022/2023 ўқув йили учун республика олий таълим муассасалари бакалавриат таълим йўналишлари (магистратура мутахассисликлари) бўйича битта талабани тўлов-контракт шаклида бир йиллик ўқитиш қиймати миқдори

ПДФ шаклида юклаш

@eduuz
3.9K views22:31
Ochish/sharhlash
2022-08-28 01:31:26 Барча давлат олий таълим муассасаларининг барча босқич талабалари учун тўлов-контракт миқдорлари оширилмайди!

Давлатимиз раҳбари Шавкат Мирзиёевнинг мамлакатимиз таълим тизимига берган алоҳида эътибори, жумладан талабаларга олий таълим олишлари учун кўрсатган ғамхўрлиги, халқчил сиёсати натижасида 2022/2023 ўқув йили учун барча йўналишлар бўйича тўлов-контракт миқдорлари оширилмайдиган бўлди.

Талабалар ва уларнинг ота-оналарига қулай шароитлар яратиш, глобал иқтисодий инқироз шароитида аҳолининг тўлов қобилиятини инобатга олган ҳолда, истисно тариқасида, 2022/2023 ўқув йили учун барча босқичдаги талабаларнинг тўлов-контракт асосида ўқитиш қиймати миқдорлари давлат олий таълим муассасалари, жумладан, молиявий мустақиллик берилган олий таълим муассасаларида ҳам, базавий тўлов-контракт қиймати 2021/2022 ўқув йили учун белгиланган миқдорларда сақлаб қолинади.

Шу билан бир қаторда, 2022/2023 ўқув йили табақалаштирилган тўлов-контракт миқдорлари ўтган ўқув йили учун белгиланган миқдорларда ўзгаришсиз қолади.

Талабаларни таълим шакллари (кундузги, сиртқи, кечки ва масофавий) бакалавриат таълим йўналишлари ҳамда магистратура мутахассисликлари бўйича бир йиллик ўқитиш қийматлари миқдорлари қуйидагича:

Юклаб олиш

@eduuz
3.6K views22:31
Ochish/sharhlash
2022-08-27 14:16:44
TerDU: Universitet Kengashining navbatdagi yig'ilishi tafsiloti

Termiz davlat universiteti Kengashining navbatdagi yigʻilishida kengash aʼzolari rektorat majlislar zalida bevosita, qolgan ishtirokchilar fakultetlarda videokonferens aloqa (ZOOM) orqali onlayn ishtirok etishdi.

Batafsil ushbu havola orqali o‘qing.

Bizni kuzatishda davom eting!


Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
5.5K views11:16
Ochish/sharhlash
2021-02-22 18:34:21
Ҳар қандай ишни уддасидан чиқишнинг йўли жамоа бўлиб ишлашдир

@TERDU340
4.8K views15:34
Ochish/sharhlash
2021-02-21 08:29:20
Энг ёмон ёлғизлик - сизни тушунмайдиган инсонлар орасида қолиб кетиш.

Жалолиддин Румий

@TERDU340
17.1K views05:29
Ochish/sharhlash
2021-02-19 08:10:53
Giyohvandlik – asr muammosi !

Termiz davlat universiteti Аrxitektura va qurilish, Sanʼatshunoslik fakultetlarida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Yoshlar orasida giyohvand vositalarining tarqalishiga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Surxondaryo viloyati Ichki Ishlar Boshqarmasi post patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tgan 2020 yil davomida giyohvandlik vositalarini noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq aniqlangan jinoyatlar, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari savdosi va uni isteʼmol qilish holatlari uchrayotganligi, bugungi kunda ushbu turdagi jinoyatlarni oldini olish borasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar yuzasidan talabalarga maʼlumot berildi hamda “Giyohvandlik umr zavoli” nomli qisqa metrajli film namoyish etildi. Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishishdi.
_____
Kanalga ulanish: @TerDU340
10.6K views05:10
Ochish/sharhlash