Get Mystery Box with random crypto!

Kuningizdagi eng muhim narsa - uni qanday boshlashingizdir (Au | Teacher Azam

Kuningizdagi eng muhim narsa - uni qanday boshlashingizdir (Auf )

Haqiqatdan bu juda ham e'tiborga loyiq narsa. Chunki siz kunni qanday boshlashingiz kunning qolgan qismida o'zingizni qanday his qilishingizga katta ta'siri bor, go'yoki u kunning toni (ohangi)ni belgilab beradigandek.

Uyg'onish bilan birinchi bo'lib nafrat qo'zg'atuvchi, negativ kontentlar ko'rish albatta sizning kayfiyatingiz va asabingiz buzilishiga yoki jahldor bo'lib qolishingizga sabab bo'ladi. Undaylardan qochish kerak.

Shaxsan o'zim bunga jiddiy qarayman, musiqa eshitaman va bu musiqa kun davomida miyamda aylanib turadi. Lekin hamma ham hozirgi ma'lumot okeanidan to'g'ri narsani topib, tanlab ololmaydi. Shuning uchun men bilganlarimni siz bilan ulashib bormoqchiman.

Ertalabdan beg'araz, beg'ubor "Informatsion nonushta"ni Teacher Azam kanalida tanovul qiling. Aynan tongni yaxshi boshlash uchun chertib-chertib tanlangan musiqa, yangilik, ma'lumot, xullas kontentlar soat 7:00 da kanalga joylanadi.

Uyg'onganingizda birinchi bo'lib o'qiydiganingiz shu kanal bo'lsin, tongni biz bilan boshlang. Kuningiz yaxshi boshlanishiga hissa qo'sholsak bundan xursand bo'lamiz.

Kanalga ulanish
@teacherazam