Get Mystery Box with random crypto!

​ Farzandlarining ta'limi uchun yo'naltirilgan to‘lovlar soli | OLIY TAʼLIM

Farzandlarining ta'limi uchun yo'naltirilgan to‘lovlar soliqqa solinmaydi. Yoshning ahamiyati yo'qolmoqda!

Prezident farmoniga ko‘ra, 2023-yil 1-avgustdan boshlab soliq to‘lovchilar tomonidan yoshidan qatʼi nazar farzandlarining O‘zbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlarida taʼlim olishlari uchun yo‘naltiriladigan to‘lovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi.

Bu nima degani?

Amaldagi tartibga ko‘ra, ota-onalar o‘zlarining 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining kontraktlari uchun pul to‘laganda, to‘langan qismidan 12 foizlik daromad solig‘i hisoblanmasdi va qaytarib berilar edi.

Ana endi 1-avgustdan boshlab mana shu qoidadagi yosh cheklovi olib tashlanmoqda. Endi 30 yosh bo‘ladimi, 35 yosh bo‘ladimi, farqi yo‘q, farzandining kontrakti uchun to‘langan summaga daromad solig‘i hisoblanmaydi.


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »