Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi talimuz — Ta'lim.uz | Rasmiy kanal T
Telegram kanalining logotibi talimuz — Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @talimuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 219.58K
Kanalning ta’rifi

🎓 @TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend!
O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting!
Hamkorlik: @Talimuz_murojaatbot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2024-04-26 08:42:07
Kelajak bunyodkori - O‘qituvchidir

Turk ijodkorlari tomonidan olingan qisqa, lekin juda taʼsirli videorolik. Bunda bir o‘qituvchining birinchi va oxirgi ish kuni mohirona ifodalangan.

O‘qituvchi sinfdagi 30 ta o‘quvchidan 30 xil asar yaratishi mumkin.

@talimuz
39.3K viewsedited  05:42
Ochish/sharhlash
2024-04-25 09:02:09Endilikda huquqshunoslik fanidan ham milliy sertifikat yo'lga qo'yilmoqda!

Bilim va malakalarni baholash agentligi orqali abituriyentlar ayni vaqtda quyidagi fanlar bo'yicha sertifikat uchun imtihon topshirib oldindan ballni naqd qilib qo'yish mumkin:

Matematika
Biologiya
Kimyo
,
Fizika
Ona tili va adabiyot
Tarix
Geografiya
Rus tili va adabiyoti
Qoraqalpoq tili va adabiyoti

Shuningdek, bu ro'yxatga huquqshunoslik fani ham qo'shilmoqda. 3-may kuni ilk marta huquqshunoslik fanidan sertifikat uchun testlar aprobatsiyasi bo'ladi.

Sertifikat berilmaydi.
Aprobatsiyada qatnashish bepul!


Ro'yxatdan o'tish:
https://my.uzbmb.uz/service/98

@talimuz
17.4K views06:02
Ochish/sharhlash
2024-04-23 15:58:32 Ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi

Vazirlar mahkamasining "Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" qaroriga ko‘ra:

Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qishi hamda ushbu sertifikatlarni olish uchun sarf qilgan xarajatlarining 60 foizgacha bo‘lgan qismini qoplab beriladi.

Shuningdek, ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlarini to‘liq qoplab berish belgilandi.

Bunda yoshlar xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron tarzda ariza yuboradi.

@talimuz
14.7K viewsedited  12:58
Ochish/sharhlash
2024-04-20 16:37:52Endi texnikum talabalarining chet tili o‘rganish pulini davlat to‘lab beradi

Hukumatning yangi qaroriga ko‘ra, chet tili o‘rganishni xohlovchi professional ta’lim muassasa o‘quvchilariga yengilliklar berilyapti.

Unga ko‘ra, professional ta’lim muassasalariga jalb etilgan ta’lim oluvchilar chet tilini mustaqil ravishda o‘rganib, xalqaro yoki unga tenglashtirilgan sertifikatni taqdim etgan taqdirda, ta’lim oluvchi tomonidan chet tilini o‘qish uchun sarflangan xarajatlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan oshmagan qismi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

BHMning 10 baravari 3,4 mln so‘mga teng.

@talimuz
22.0K viewsedited  13:37
Ochish/sharhlash
2024-04-20 08:51:18ONLAYN TEST BOSHLANDI!

Bugun, 20-aprel kuni @imtihonmarkazi tomonidan -onlayn test tashkil etilmoqda. Testda kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan barcha abituriyentlar ishtirok etishi lozim!

Test vaqti: 20-aprel (10:00-23:00)
Test tillari: O'zbek va Rus
Ishtirok etish narxi: BEPUL
Ro‘yxatdan o‘tish shart


Yo‘nalish tanlang va ro‘yxatdan o‘ting:

O'zbek tilida:
Huquq + Ingliz tili
Ingliz tili + Matematika
Ingliz tili + Ona tili
Kimyo + Biologiya
Matematika + Ingliz tili
Matematika + Ona tili
Matematika + Fizika
Ona tili + Ingliz tili
Ona tili + Matematika
Ona tili + Tarix
Tarix + Geografiya
Tarix + Ingliz tili
Tarix + Ona tili
Biologiya + Ona tili
Biologiya + Kimyo
Kimyo + Matematika
Geografiya + Matematika

Rus tilida:
Права +Английский язык
Физика+Математика
Биология  + Химия
Химия+Математика
Химия + Биология
Биология+Русский язык
География+Математика
Английский язык+Русский язык
Математика+Английский язык
Математика+Русский язык
История+Русский язык

Testga ro‘yxatdan o‘tish:
Ro‘yxatdan o‘tish

Test yakunida sertifikat beriladi!
19.6K views05:51
Ochish/sharhlash
2024-04-19 14:56:09 Bu ro'yxatdagi maktablarda ishlashga rozi bo'lsangiz oylik ish haqingizga 100% ustama qo'shib beriladi!

Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirining 2024-yil 26-martdagi 95-son buyrug‘i bilan 2024-2025-oʻquv yili uchun taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi.

Ushbu ro‘yxatdan jami 545 ta maktab o‘rin olgan bo‘lib, ularda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz (bir maʼmuriy birlik doirasida 50 foiz) maxsus ustamalar belgilanadi.

Boshqa hududlardan jalb qilingan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham to‘lanadi.

@talimuz
38.8K views11:56
Ochish/sharhlash
2024-04-18 13:11:25Rash modeli bo'yicha milliy sertifikat imtihoni natijasi qanday hisoblanadi?

Hozirda milliy sertifikat imtihonlarining test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanmoqda. Bunda talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
65 - 69,9 ball — A daraja;
60 - 64,9 ball — B+ daraja;
55 - 59,9 ball — B daraja;
50 - 54,9 ball — C+ daraja;
46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

@talimuz
18.4K viewsedited  10:11
Ochish/sharhlash
2024-04-15 15:40:06
Parta joylashtirish bo'yicha idealar!

Ushbu videoda maktab, texnikum, universitet va boshqa ta'lim beriladigan auditoriyalarni klassik jihozlashdan zerikkan ustozlar uchun ajoyib yechimlar keltirilgan.

Sizga qaysi usul ko'proq yoqdi?

@talimuz
28.1K viewsedited  12:40
Ochish/sharhlash
2024-04-13 08:49:46
2024/2025-o‘quv yiliga qadar barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi lozim

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2021-yil 19-maydagi 312-son qaroriga muvofiq:

2024/2025-o‘quv yiliga qadar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilangan.

Ushbu xabarni B2 sertifikatni olmasdan ishlab yurgan ustozlarga yuborib qo'ying!

@talimuz
36.3K viewsedited  05:49
Ochish/sharhlash
2024-04-13 08:02:16BUGUN ONLAYN TEST BO'LADI!

Bugun, 13-aprel kuni @imtihonmarkazi tomonidan 3-onlayn test tashkil etiladi. Testda kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan barcha abituriyentlar ishtirok etishi lozim!

Test vaqti: 13-aprel (kun davomida)
Test formati: Onlayn
Ishtirok etish narxi: BEPUL
Ro‘yxatdan o‘tish shart

Yo‘nalish tanlang va ro‘yxatdan o‘ting:
Huquq + Ingliz tili
Ingliz tili + Matematika
Ingliz tili + Ona tili
Kimyo + Biologiya
Matematika + Ingliz tili
Matematika + Ona tili
Matematika + Fizika
Ona tili + Ingliz tili
Ona tili + Matematika
Ona tili + Tarix
Tarix + Geografiya
Tarix + Ingliz tili
Tarix + Ona tili
Biologiya + Ona tili
Biologiya + Kimyo
Kimyo + Matematika
Geografiya + Matematika
Boshqa yo‘nalish tanlash

Testga ro‘yxatdan o‘tish:
Ro‘yxatdan o‘tish

Test yakunida sertifikat beriladi!
21.1K views05:02
Ochish/sharhlash