Get Mystery Box with random crypto!

Ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan y | Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi

Vazirlar mahkamasining "Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" qaroriga ko‘ra:

Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qishi hamda ushbu sertifikatlarni olish uchun sarf qilgan xarajatlarining 60 foizgacha bo‘lgan qismini qoplab beriladi.

Shuningdek, ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlarini to‘liq qoplab berish belgilandi.

Bunda yoshlar xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron tarzda ariza yuboradi.

@talimuz