Get Mystery Box with random crypto!

​Rash modeli bo'yicha milliy sertifikat imtihoni natijasi qand | Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Rash modeli bo'yicha milliy sertifikat imtihoni natijasi qanday hisoblanadi?

Hozirda milliy sertifikat imtihonlarining test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanmoqda. Bunda talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
65 - 69,9 ball — A daraja;
60 - 64,9 ball — B+ daraja;
55 - 59,9 ball — B daraja;
50 - 54,9 ball — C+ daraja;
46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

@talimuz