Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi talimuz — Ta'lim.uz | Rasmiy kanal T
Telegram kanalining logotibi talimuz — Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @talimuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 219.58K
Kanalning ta’rifi

🎓 @TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend!
O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting!
Hamkorlik: @Talimuz_murojaatbot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2024-04-13 06:01:21 #foydali

Abituriyentlar uchun ilm olish sirlari

. Qibla tomonga qarab dars qiling. Qibla tomonga qarab dars qilsangiz, olgan bilimingiz ziyoda va barakali bo'ladi.

. Maqsad qo'ying. Dars qilishga yoki kitob o'qishga o'tirganingizda o'z oldingizga maqsad qo'ying. Uni yakunlamaguncha o'rningizdan turmang.

. Chalg'ituvchi omillarni cheklang. Darsni hech kim sizni chalg'itmaydigan joyda qiling. Telefoningizni o'chirib qo'ying va bor diqqatingizni ilm olishga qarating.

. O'tirgan xolda dars qiling. Hech qachon yotgan holatingizda kitob o'qimang, dars qilmang. Chunki uxlab qolish extimolingiz juda yuqori.

Barcha abituriyentlarga tarqating!

@talimuz
28.6K views03:01
Ochish/sharhlash
2024-04-11 14:09:36
«Agar shu maktabning 11-sinf bitiruvchilaridan 70 foizi oliy ta’limga o‘qishga kirsa, hamma ustozlarni Turkiyaga dam olgani yuboraman»

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning Paxtaobod tumani 45-maktab ustozlari va bitiruvchilari bilan uchrashuvidan lavha.

@talimuz
21.8K views11:09
Ochish/sharhlash
2024-04-08 12:16:02Dunyoning eng yaxshi TOP-200 ta universitetlari qaysi davlatlarda joylashgan:

AQSH: 56
Britaniya: 25
Germaniya: 21
Xitoy: 13
Avstraliya: 11
Niderlandiya: 11
Kanada: 8
Shveysariya: 7
Janubiy Koreya: 6
Shvesiya: 6
Fransiya: 5
Gong Kong: 5
Yaponiya: 5
Belgiya: 4
Daniya: 3
Italiya: 3
Singapur: 2
Avstriya: 1
Finlyandiya: 1
Irlandiya: 1
Makao: 1
Yangi Zelandiya: 1
Norvegiya: 1
Rossiya: 1
Janubiy Afrika: 1
Ispaniya: 1
Tayvan: 1

Times Higher Education 2024

@talimuz
38.3K views09:16
Ochish/sharhlash
2024-04-08 11:46:26
Hurmatli ilm ahli! Sizlarga ilm-fanga yo'naltirilgan 4 telegram guruh va kanallarni taklif qilamiz!

Kanal nomi: Nashrlar_uz.
Kanal tavsifi: Ushbu kanalda barcha turdagi (Scopus, Web of science, Impact factorli, OAK) jurnallar va konferensiyalar haqida e'lonlar va postlar joylab boriladi.
Kanalga ulanish:
https://t.me/articlepublishing_uz


Kanal nomi: OAK ro‘yxatidagi jurnallar.
Kanal tavsifi: Ushbu kanalda Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan doktorlik dissertatsiyalari ilmiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan xalqaro va mahalliy jurnallar haqida e'lonlar va postlar joylab boriladi.
Kanalga ulanish:
https://t.me/OAK_jurnallar_uz


Kanal nomi: Scopus & Web of science
Kanal tavsifi: Ushbu kanalda nufuzli Scopus va Web of science xalqaro ilmiy bazalarda aktiv bo‘lgan jurnallar va konferensiyalar haqida e'lonlar va postlar joylab boriladi.
Kanalga ulanish:
https://t.me/scopus_web_of_science1


Guruh nomi: Publication.
Guruh tavsifi: Ushbu guruhda xalqaro va mahalliy impact factorli hamda OAK tan oladigan xalqaro ilmiy bazalarda indekslanuvchi jurnallar va konferensiyalar haqida e'lonlar va postlar joylab boriladi.
Guruhga ulanish:
https://t.me/articlepublication_uz


Ushbu telegram kanal va guruhlarga a'zo bo'lishingizni tavsiya qilamiz!

Murojaat uchun:
t.me/publish_assistant
34.2K viewsedited  08:46
Ochish/sharhlash
2024-04-08 10:48:34
Rasman! 10-aprel – Ramazon hayiti

O‘zbekiston musulmonlari idorasi mamlakatda joriy yilda Ramazon hayiti 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi.

@talimuz
39.0K viewsedited  07:48
Ochish/sharhlash
2024-04-06 19:17:06
Rasman: Prezident maktablari ustozlarining oylik maoshiga 350% ustama to‘lanadi

Prezident farmoniga ko‘ra:

Prezident maktablarining mahalliy o‘qituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 350 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lash tartibi joriy etiladi.

Bunda, ustama pedagoglar tomonidan quyidagi shartlarning barchasi bajarilgan taqdirda to‘lanadi:

Kembridj (Cambridge Assessment International Education) xalqaro ta’lim dasturlari asosida dars beriladigan fanlarni o‘qitish bo‘yicha 3 ta (Introductory, Extension, Marking) kursni muvaffaqiyatli tugatish va bu haqida tegishli sertifikat olish;

Prezident maktablarida kamida 1 yillik ish stajiga va chet tilini bilish bo‘yicha kamida C1 darajadagi yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lish.

@talimuz
24.6K viewsedited  16:17
Ochish/sharhlash
2024-04-05 18:36:40Rasman: Ko‘p tarmoqli shifoxonalarda talabalar uchun internatura tashkil etildi

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan 2024/2025-o‘quv yilidan tibbiyot OTMlarining bitiruvchi kurs talabalari uchun ko‘p tarmoqli tibbiyot tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari (internatura) tashkil etiladi.

Unga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yili qabulida hujjat topshiruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ro‘yxatdan o‘tish jarayoni onlayn tarzda – ta’lim muassasalarining rasmiy veb-saytlari orqali amalga oshiriladi.

Qabul 5–20-avgust kunlari (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

@talimuz
31.2K views15:36
Ochish/sharhlash
2024-04-05 18:05:16
Toshkent amaliy fanlar universitetida tadqiqot va ilmiy salohiyatni rivojlantirish bo‘limi o‘z faoliyatini boshladi.

Yangi ishga tushirilgan ushbu bo‘lim universitet doirasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini jadallashtirish va universitetning global akademik o‘rnini oshirish uchun mo‘ljallangan.

Ushbu tashabbusga taniqli ikki olim — o‘zbekistonlik tadqiqotchi, TAFU rektori maslahatchisi Raufxon Salaxodjayev va dunyodagi ilg’or akademik tadqiqotchilardan biri doktor Asongu Simplice boshchilik qilishmoqda.

Telegram | Instagram | Veb-sayt

Reklama
27.7K views15:05
Ochish/sharhlash
2024-04-04 22:07:46
Magistraturaga kirishdagi majburiy chet tili sertifikat talabi sabab oliygohlar 3 yilda 206 mlrd 435 mln so‘m yo‘qotgan!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ–5117-son qarori tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazilmoqda.

Vazirlik tomonidan mazkur qaror bo‘yicha to‘ldirilgan TSTB hisoboti e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, til sertifikati talabi natijasida magistratura uchun ajratilgan kvotalar ochiq qolganligi tufayli oliy ta’lim muassasalari uchun yuzaga kelgan moliyaviy yo‘qotishlar 2021–2023-yillar oralig‘ida jami 206 mlrd 435 mln so‘mni tashkil etgan.

Bu borada moliyaviy yo‘qotishlar 2021-yilda 18 mlrd 690 mln so‘mni, 2022-yilda 101 mlrd 865 mln so‘mni, 2023-yilda 85 mlrd 880 mln so‘mni tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, til sertifikati talabi natijasida magistratura uchun 2021-yilda 20,7 foiz kvota ochiq qolgan bo‘lsa, 2022-yilda 80,2 foiz, 2023-yilda 62,6 foiz kvota ochiq qolgan.

Shuningdek, hujjat topshirgan yoki talabgorlar soni so‘nggi 3 yilda 12,5 baravarga kamaygan.

@talimuz
25.7K views19:07
Ochish/sharhlash
2024-04-04 07:24:06 TOP-1000 oliygohlar-2024

Ushbu ro‘yxatda dunyoning xalqaro darajada e’tirof etilgan QS reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatidan joy olgan eng kuchli xorijiy oliy ta’lim muassasalari keltirilgan.

Birorta O‘zbekiston oliygohi bu ro‘yxatdan joy olmagan, lekin qo‘shni Qozog‘iston Respublikasining naqd 20 ta oliygohi ushbu reytingdan joy olgan.

@talimuz
29.7K viewsedited  04:24
Ochish/sharhlash