Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi talimuz — Ta'lim.uz | Rasmiy kanal T
Telegram kanalining logotibi talimuz — Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @talimuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 219.58K
Kanalning ta’rifi

🎓 @TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend!
O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting!
Hamkorlik: @Talimuz_murojaatbot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2024-03-09 17:01:54
ERTAGA 1-BOSQICH BO'LIB O'TADI

Ertaga Respublika miqyosida tashkil etilgan “Registon IELTS Granti" tanlovining 1-bosqichi bo'lib o'tadi.

Tanlovning 1-bosqichi Imtihonlar.uz platformasida onlayn tashkil etiladi.

Ro'yxatdan o'tish

Respublika miqyosida 30 ta filialga ega Eng yirik markazlardan biri bo'lgan Registon o'quv markazi va Xalqaro "British Council" tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan "IELTS Granti" tanlovida siz ham ishtirok eting!

Ishtirok etish

Grant g'oliblari “Registon IELTS Granti" g‘oliblik guvohnomasi, maxsus Grant, shuningdek, esdalik sovg‘alar va maxsus mukofotlarga ega bo‘lishadi.

Batafsil ma'lumot

Tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar beriladi.

Ro'yxatdan o'tish:
@IELTS_Registan_bot
@IELTS_Registan_bot
41.6K views14:01
Ochish/sharhlash
2024-03-08 11:15:22
Aziz opa-singillar, ustoz va talaba qizlar!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi barchangizni 8 mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

Yuzingizdan tabassum, labingizdan kulgu, qalbingizdan ezgulik, xonadoningizdan fayzu-baraka hech qachon arimasin.

Umringiz uzoq, istiqbolingiz ziyoda bo‘lsin!

@talimuz
50.7K viewsedited  08:15
Ochish/sharhlash
2024-03-04 17:59:17 #Bilasizmi

Oʻqishga kirishda 41 imtiyoz bor

Davlat qabul komissiyasining 2022-yil 29-dekabrdagi 10-son majlis bayoni bilan “Davlat OTMlariga kirish uchun berilgan imtiyozlarning yagona REYESTRI” tasdiqlangan.

Reyestrdan 41 ta imtiyoz turi oʻrin olgan:

1. Imtihonsiz qoʻshimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (15 ta);
2. Imtihonsiz bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (4 ta);
3. Tegishli fan boʻyicha imtihondan ozod etilib, maʼlum miqdorda ball berish boʻyicha imtiyozlar (5 ta);
4. Toʻplangan ballga nisbatan qoʻshimcha ball berish boʻyicha imtiyozlar (2 ta);
5. Qoʻshimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish boʻyicha imtiyozlar (12 ta);
6. Qoʻshimcha imtiyozlar (3 ta).

Shuningdek, reyestrda imtiyozlar tasnifi, imtiyoz berilishiga masʼul vazirlik va idoralar, imtiyoz beriladigan abituriyentlar toifasi hamda imtiyoz berilishida huquqiy asos boʻladigan normativ-huquqiy hujjatlar nomlari keltirilgan.

@talimuz
22.7K viewsedited  14:59
Ochish/sharhlash
2024-03-04 17:02:47
Rasman: IELTS endilikda BEPUL oʻqitiladi

3.4 milliard soʻmlik Grant eʼlon qilindi.

Kvota miqdori: 1200 ta

Respublika miqyosida Registon taʼlim loyihasi hamda Xalqaro "British Council" tashkiloti hamkorligida yoshlarga "Registon IELTS Granti" tanlovining III mavsumini start berildi.

Ushbu Grant orqali 1200 nafar yoshlarni mutlaqo BEPUL o‘qitish rejalashtirilgan.

Hujjatlar onlayn shaklda yagona internet portali orqali qabul qilinadi.

Batafsil maʼlumot

Manba

Ro'yxatdan o'tish:
@IELTS_Registan_bot

@talimuz
24.3K views14:02
Ochish/sharhlash
2024-03-04 10:35:10 O‘zbek tili va adabiyot fanidan o‘qish tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati

Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan umumta’lim fanlaridan, jumladan, o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazib kelinmoqda.

O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar test sinoviga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun mustaqil o‘qish tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilingan.

Unda 40 ta badiiy adabiyot ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, ushbu adabiyotlar 2024-yilda o‘tkaziladigan o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya sifatida taqdim etilgan.

Mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan badiiy adabiyotlar ro‘yxati bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin.

@talimuz
28.2K views07:35
Ochish/sharhlash
2024-02-29 10:02:25Avval test ishlab, keyin qayerda o‘qish tanlanadi – 2024 yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi

Keyingi yilgi qabuldan OTMga hujjat topshirgan abituriyentlar avval kirish imtihonlarida qatnashib, so‘ngra to‘plagan balliga qarab yo‘nalishlarni tanlashi mumkin bo‘ladi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi xodimi bu haqida Kun.uz ga intervyu berdi:

"Keyingi yildan yangi tartib ishga tushsa, ro‘yxatdan o‘tish 2 bosqichdan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqichda abituriyentlar agentlik tizimiga o‘zining shaxsiy ma’lumotlari bilan birgalikda faqatgina test topshirish fanlari, test topshirish tili va joyini tanlaydi. Lekin OTMlar va yo‘nalishlarni tanlamaydi. Dastlabki ma’lumotlar abituriyentlarning test sinovida ishtirok etishi uchun yetarli bo‘ladi xolos. So‘ng abituriyentlar imtihonga kirib chiqadi. Mana shundan keyin abituriyentning qo‘lida o‘z to‘plagan balli bo‘ladi va u prognoz qila oladi.

Masalan, abituriyent imtihonda 120 ball to‘plagan va u tibbiyot oliygohlariga kontraktga o‘tish balli 150 dan kam bo‘lmasligini biladi. Tibbiyot yo‘nalishlarini tanlasa, kira olmasligi ehtimoli yuqori. Buni oldindan to‘la prognoz qilib bo‘lmasligi mumkin, biroq oldingi yillardagi o‘tish ballariga asoslanib, ancha aniq qaror qabul qilish mumkin. Shunda abituriyent balli pastroqligini hisobga olib, bir yil yo‘qotmaslik uchun biologiya yo‘nalishini tanlashi mumkin.
Yoki teskari holat ham bo‘lishi mumkin. O‘zim abituriyent bo‘lgan vaqtda bir kursdoshim poytaxtdagi OTMga grantga kira olmayman deb viloyatdagi OTMga hujjat topshirgan. Lekin u juda yuqori ball to‘plagandi va balli bemalol Toshkentdagi OTMlarga grantga yetardi.

Yangi tizimda abituriyent avval imtihon topshirib, keyin yo‘nalish tanlasa, bu kabi abituriyentlar to‘g‘ri tanlov qila olishi mumkin."

@talimuz
61.5K views07:02
Ochish/sharhlash
2024-02-28 15:20:33Abituriyent milliy sertifikat olsa kirish imtihoni topshirmasa ham bo'ladimi?

Albatta bo'ladi! Abituriyentlar quyidagi fanlar bo'yicha sertifikat uchun imtihon topshirib oldindan ballni naqd qilib qo'yishi mumkin:

. Matematika
. Biologiya
. Kimyo
,
. Fizika
. Ona tili va adabiyot (rus, qoraqalpoq)
. Tarix
. Geografiya

Eslatma: Boshqa fanlardan ayni vaqtda milliy sertifikat olish imkoni yo'q (chet tillaridan boshqa) balki kelgusi yillardan qo'shilishi mumkin.

Masalan, tibbiyot universitetiga topshirayotgan abituriyent kimyo, biologiyadan sertifikat olib qo‘ysa, imtihonda faqat majburiy blokdagi 3 ta fandan test ishlaydi xolos.

Yoki bo'lmasa, asosiy blok fani tarix va ona tili va adabiyoti bo'lgan pedagogika yo'nalishiga kirmoqchi bo'lgan abituriyent Tarix va Ona tili fanlaridan milliy sertifikat olishga muvaffaq bo'lsa unga ham asosiy ham majburiy fan ballarini oldindan naqd qilib qo'yadi. Kirish imtihonida faqat Matematika fanidan majburiy blok teslarini ishlaydi holos! Agar Matematika majburiy blokni ham ishlagisi kelmasa bu fandan ham milliy sertifikat olib qo'yishi mumkin.

Mazzami? Qarang, qanday imkoniyatlar bor!

Shu yilning may oyiga qadar bo'lib o'tishi rejalashtirilgan milliy sertifikat imtihonlari sanalari quyida keltirilgan:
https://t.me/talimuz/99

@talimuz
49.4K viewsedited  12:20
Ochish/sharhlash
2024-02-28 10:01:09 Abituriyentlar 2024-yilgi kirish imtihonlarida qaysi fanlardan imtihon topshiradi?

2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan.

Shuningdek, 2024/2025-o‘quv yili qabul kvotalari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi.

@talimuz
49.0K viewsedited  07:01
Ochish/sharhlash
2024-02-25 14:43:49
2024-yil fevral-may oylarida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari

2024-yil fevral-may oylarida ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.

Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.

Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: my.gov.uz/oz/service/891

Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.

@talimuz
76.6K views11:43
Ochish/sharhlash
2024-02-15 08:16:53 Maktabda ishlab qancha topish mumkin, maktabda oylik qancha ?

Umumta’lim maktablarida maosh oyligi xodimlarning toifasi va ma’lumotiga ko‘ra farqlanadi:

Direktor:
3 mln 816 ming 991 soʻm (400 oʻquvchi);
4 mln 75 ming 625 soʻm (401-880 oʻquvchi);
4 mln 321 ming 742 soʻm (881-1600 oʻquvchi);
4 mln 571 ming 634 soʻm (1600dan ortiq).

Direktor oʻrinbosarlari: (MMIBDOʻ, OʻTIBDOʻ)
3 mln 564 ming 956 soʻm (400 oʻquvchi);
3 mln 816 ming 991 soʻm (401-880 oʻquvchi);
4 mln 75 ming 625 soʻm (881-1600 oʻquvchi);
4 mln 321 ming 742 soʻm (1600dan ortiq)

Oʻqituvchilar:
Oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchi
– 2 mln 575 ming 884 soʻm;
Oliy maʼlumotli oʻqituvchi – 2 mln 755 ming 648 soʻm;
Ikkinchi toifali oʻqituvchi – 3 mln 85 ming 100 soʻm;
Birinchi toifali oʻqituvchi – 3 mln 437 ming 741 soʻm;
Oliy toifali oʻqituvchi – 3 mln 798 ming 941 soʻm.

Psixologlarning maoshi:
Oliy ma’lumotli psixolog – 2 mln 480 ming 85 so‘m;
O‘rta maxsus ma’lumotli psixolog – 2 318 295 so‘m;
Ikkinchi toifali psixolog – 2 mln 655 ming 871 so‘m;
Birinchi toifali psixolog – 2 mln 836 ming 138 so‘m;
Oliy toifali psixolog – 3 mln 8 ming 762 so‘m.

Kutubxonachilarning maoshi:
Kutubxona mudiri:
O‘rta maxsus ma’lumotli – 1 mln 814 ming 665 so‘m;
Oliy ma’lumotli – 1 mln 979 ming 953 so‘m.
Kutubxonachi:
O‘rta maxsus ma’lumotli – 1 mln 573 ming 586 so‘m;
Oliy ma’lumotli – 1 mln 656 ming 406 so‘m.

CHQBT rahbari:
2 mln 755 ming 648 soʻm.

Tuman (shahar) maktabgachacha maktab ta'limi bo'limlari metodistlari – 3 798 941 so'm.

Manba

@talimuz
107.1K viewsedited  05:16
Ochish/sharhlash