Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi talimuz — Ta'lim.uz | Rasmiy kanal T
Telegram kanalining logotibi talimuz — Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @talimuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 219.58K
Kanalning ta’rifi

🎓 @TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend!
O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting!
Hamkorlik: @Talimuz_murojaatbot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2024-03-19 11:45:27 Qaysi banklar ta'lim krediti beryapti?

Hozirgi vaqtda 5 ta bank tomonidan imtiyozli taʼlim krediti ajratilmoqda (ro'yxat banklarning Bosh ofis masʼul xodimlari tomonidan berilgan maʼlumot asosida tayyorlandi).

HAMKORBANK – 1256
IPAK YOʻLI BANKI – 1296
BRB –1254
MKBANK – 1285
TURONBANK – 1220

Kredit shartlari:
Foizi: Yigitlarga 14% Qizlarga 0%;
Muddati: Oʻqish davri + 7.5 yil
Miqdori: Oʻquv yili uchun talaba va OTM oʻrtasida tuzilgan shartnoma summasi.

@talimuz
43.5K views08:45
Ochish/sharhlash
2024-03-18 12:57:59
Ro‘zadorlar uchun Telegramda ajoyib bot ishga tushdi!

@Ramazonchabot – Muqaddas Ramazon oyida barcha musulmonlarga manfaatli bo‘lgan telegram bot hisoblanadi. Unda:

Ramazon taqvimi (viloyatlar kesimi)
Saharlik va iftorlik duolari
To‘g‘ri ovqatlanish qoidalari
Qur’oni Karimdan suralar
Shayximiz ma’ruzalari
Ro‘za oyidagi makruh amallar
Va boshqa ma’lumotlar
mavjud.

Ro‘zador yaqinlaringizga yuborib qo‘ying!

@Ramazonchabot
@Ramazonchabot
@Ramazonchabot
61.2K viewsedited  09:57
Ochish/sharhlash
2024-03-18 10:02:16
To'langan kontrakt pulidan 12 foizni qaytarib olish videoqo'llanmasi

Davlat hamda nodavlat ta'lim muassasasi talabalari to'lagan kontraktidan 12 foizni miqdorida daromad soligʻini, soliq organlariga bormasdan, masofadan qaytarib olishi mumkin.

Ko'chama-ko'cha ovora bo'lish shartmas!

@talimuz
41.0K views07:02
Ochish/sharhlash
2024-03-14 14:28:51 Maktabda oltin va kumush medallar kimlarga beriladi?

Oltin medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.

Kumush medal uchun esa yillik baholar a’lo bo‘lishi yetarli.

Oltin va kumush medallarni belgilangan talablar asosida berilishiga maktab direktori javobgar.

@talimuz
20.4K views11:28
Ochish/sharhlash
2024-03-14 09:30:40 #foydali

Samarali ilm olish sirlari

. Qibla tomonga qarab dars qiling. Qibla tomonga qarab dars qilsangiz, olgan bilimingiz ziyoda va barakali bo'ladi.

. Maqsad qo'ying. Dars qilishga yoki kitob o'qishga o'tirganingizda o'z oldingizga maqsad qo'ying. Uni yakunlamaguncha o'rningizdan turmang.

. Chalg'ituvchi omillarni cheklang. Darsni hech kim sizni chalg'itmaydigan joyda qiling. Telefoningizni o'chirib qo'ying va bor diqqatingizni ilm olishga qarating.

. O'tirgan xolda dars qiling. Hech qachon yotgan holatingizda kitob o'qimang, dars qilmang. Chunki uxlab qolish extimolingiz juda yuqori.

Yaqinlaringizga yuboring!

@talimuz
24.8K views06:30
Ochish/sharhlash
2024-03-14 09:01:55
Toshkent amaliy fanlar universiteti — ta’lim va tajriba uyg‘unlashgan makon

Universitetda darslar zamonaviy o‘qitish usullari va xorij tajribasi asosida malakali mutaxassislar tomonidan o‘tiladi. Har bir yo‘nalish uchun alohida binolarda tahsil olish mumkin. Bu binolar aynan o‘sha yo‘nalishga mo‘ljallab jihozlangan va jahon standartlari talablari asosida beriladigan ta’limning zamonaviy ko‘rinishi yaratilgan.

Universitet haqida batafsil ma’lumot olish uchun rasmiy Instagram sahifasiga obuna bo‘ling:

Telegram | Instagram | Veb-sayt
21.6K views06:01
Ochish/sharhlash
2024-03-13 15:30:07
Rasman: Bojxona institutiga qabul boshlandi!

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti 2024-2025 o‘quv yili uchun bojxona ishi va yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul e’lon qilindi.

Test topshiriladigan fanlar:

Bojxona ishi:
Matematika, chet tili, majburiy fanlar;
Yurisprudensiya:
Huquq, chet tili, majburiy fanlar

Bojxona institutiga hujjatlarni topshirish uchun hududiy bojxona boshqamalariga murojaat qilishingiz mumkin.

@talimuz
37.7K viewsedited  12:30
Ochish/sharhlash
2024-03-13 12:13:56Navro'zda talabalar 4 kun dam oladi

21-mart Navro'z bayrami munosabati bilan dam olish kuni, 22-23-mart kunlari Prezident farmoni bilan qo'shimcha dam olish kunlari hisoblanadi. 24-mart yakshanba odatdagidek dam olish kuni.

Bundan ko'rinib turibdiki O'zbekistonliklar 21-22-23-24-mart kunlari dam oladi. O'z-o'zidan ma'lumki, bu tartib talabalarga ham taalluqli.

@talimuz
41.1K viewsedited  09:13
Ochish/sharhlash
2024-03-12 16:03:37
Toʻlov-kontraktni toʻlash muddati 10-aprelga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2023/2024-oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalarining ayrim talaba-oʻquvchilariga bazaviy/tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati joriy yilning 10-apreliga qadar etib belgilandi.

Ushbu uzaytirish quyidagilarga taalluqli:

oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan (OTM rahbarining farmoyishi asosida oʻqishga qatnashishga ruxsat etilgan, fanlarni oʻzlashtirgan lekin, shartnoma tuzib, toʻlovlarni belgilangan muddatlardan kechikib amalga oshirgan va bugungi kungacha talabalikka qabul qilish boʻyicha buyruq rasmiylashtirilmagan) abituriyentlar;

xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalardan oʻqishini koʻchirayotgan, koʻchirib tiklayotgan va qayta tiklayotgan talabalar;

professional taʼlim muassasalari (kollej, texnikum)ga toʻlov-kontrakt asosida oʻquvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar.

Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

@talimuz
38.1K views13:03
Ochish/sharhlash
2024-03-09 18:36:36 ​​UXLAMA, ​​ABITURIYENT!

Hoy abituriyent uxlama,
Yengilmagin g'aflatga.
Yaqin qoldi imtihon,
Qolib ketma kulfatga.

Ota-onang sen uchun,
Ishlamoqda tinmayin.

Uxlolmaydi tunlari,
Dam neligin bilmayin.

O'ylayapsan o'zingcha,
"Yiqilsam ne bo'lardi,
Baxtimga dadam borku
Kontraktim to'lardi".

Agar budjetga o'tsang
Otang hafa bo'larmu?
Yoki mushtipar onang
Baxtsiz bo'lib qolarmu?

Yigitlar hayolingiz,
Olmoqda qizlar balki.
Qalamqoshlar, zebolar
Hoy-havasku shunchaki!

Hoy, uzunsoch ishonma,
Alpqomatning so'ziga.
O'qishga o'tib ketsa,
Ko'rinmaysan ko'ziga.

Yaxshisi har biringiz,
O'ylangiz imtixonni.
Keyin topib olarsiz,
Alpqomat-u, jononni!!!

To'g'ri vaqtimiz ham,
Oz qoldi o'zi juda.
Shularni ham o'ylab SIZ,
Vaqt o'tkazmang bexuda.

Bilmingizga ishoning,
To'ldiring kamingizni.
Axir birov (sizni) o'ylamas,
Bilmaydi g'amingizni.

Mehnat qilgan albatta,
Yetadi murodiga.
Rahmatlar keltiradi,
Avlod-u ajdodiga.

Hali ko'o'o'p yozardimu,
Dars tayyorlash kerakda.
Shoirlik bir kasallik,
Bo'sh vaqtda ermakda.

Xullas har biringizga,
OMAD tilab qolaman.
Inshaalloh sizlarni,
Poytaxtda kutvolaman!

Abituriyentlarga ulashib qo'ying!

@talimuz
57.8K views15:36
Ochish/sharhlash