Get Mystery Box with random crypto!

Ta'limga oid (Perevod)

Telegram kanalining logotibi talimgaoid_perevod — Ta'limga oid (Perevod) T
Telegram kanalining logotibi talimgaoid_perevod — Ta'limga oid (Perevod)
Kanal manzili: @talimgaoid_perevod
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 15.26K
Kanalning ta’rifi

O'qishni ko'chirishga oid ma'lumotlar berib boruvchi telegram kanali
Bog'lanish:
@TalimgaoidBot
Tijoriy hamkorlik:
@UnitedAgency

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 54

2022-09-24 16:47:15 So'raganlar uchun:

O'qishni ko'chirish bo'yicha talabalardan GPA ko'rsatkichini inobatga olish bo'yicha vazir o'rinbosari K.Karimov tomonidan oliygohlarga yuborilgan xat

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
6.2K views13:47
Ochish/sharhlash
2022-09-23 21:16:57 Murojaatlar uchun:

@muxbirgaxatbot
1.9K views18:16
Ochish/sharhlash
2022-09-23 20:48:53
Talaba yozyapti:

2020-yildan kredit-modul tizimi joriy qilindi. Lekin 2022-yilgacha o'qishini ko'chirgan talabalardan GPA ballari so'ralmadiyu bu yilda bu joriy qilinib qoldi?

JAVOB: Sababi 12.09.2022 yil sanasida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazir o'rinbosari K.Karimov tomonidan OTMlarga 87-02-784-sonli xat yuborilgan. Ushbu xatda o'qishini ko'chirgan talabalarning GPA ballari inobatga olinishi aytilgan.

Kimni duo qilish kerakligini endi bilasizlar....

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
2.7K viewsedited  17:48
Ochish/sharhlash
2022-09-23 20:25:31
Farg'ona davlat universiteti bo'yicha murojaat

Keyingi postlarda o'qishni ko'chirish bo'yicha mas'ul shaxslarning telefon raqamlari bilan birgalikda joylaymiz. Murojaatlarga shunda e'tiborli bo'lishar.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
3.2K viewsedited  17:25
Ochish/sharhlash
2022-09-23 20:17:46 TDPU talabalari ham keyingi hafta universitet binosida to'planishlari va bu masalani yoritishda yordam berishni so'rab botga yozishmoqda.

#Boshlandi

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
3.5K viewsedited  17:17
Ochish/sharhlash
2022-09-23 20:15:17 Namangan davlat universitetida esa kreditlarni bir yilda to'lash bo'yicha talabalarni yupatishmoqda ekan. Talabalar esa dushanba kuni oliygoh binosida to'planishlari, bunga OAV jalb qilinishi rejalashtirilayotgani haqida ma'lumotlar kelmoqda.

#Boshlandi

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
3.3K viewsedited  17:15
Ochish/sharhlash
2022-09-23 20:11:27
O'zMU – sobiq vazir "hukmronlik" qilayotgan oliygohdan tinimsiz shikoyatlar kelyapti

Yig'ilishlardan birida A.Toshqulov o'ziga ustoz sifatida tanishtirgan sobiq vazir I.Majidov rahbarlik qilayotgan Milliy universitetdan ham tinimsiz shikoyatlar tushmoqda. Yaqinda milliardlik nodir kitoblar o'g'irlangani bilan OAV e'tiboridan tushmagan ushbu oliygoh I.Majidov kelganidan keyin muhit ancha buzilganini aytib kelishadi.

Kelayotgan murojaatlarga ko'ra, o'qishini ko'chirgan talabalar ham GPA ham fanlardagi farq bo'yicha hisoblanyapkan va tankasi borlarni kursi pasaymay, kredit to'lamayotgani haqida aytishmoqda.

O'qishni ko'chirishda GPA ballarini hisoblash qayerdan chiqdi, qaysi nizomga ko'ra amalga oshiryapsizlar o'zi?

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
3.5K viewsedited  17:11
Ochish/sharhlash
2022-09-23 20:02:29 TerDUdan nayranglar isi kelmoqda

Botga kelatotgan murojaatlarga ko'ra, Termiz davlat universiteti mos va turdosh yo'nalishlarga ariza bergan talabalarning arizasini rad etilib, ularni qasddan 2.993.000 so'mdan kontraktdan qarz qildirib qo'yishmoqda ekan.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
3.6K views17:02
Ochish/sharhlash
2022-09-23 19:55:11
Samarqand davlat universiteti endi oshirib yubordi – bir yil avvalgi kreditlarni to'latishmoqchi ekan

Samarqand davlat universiteti bir yil avval o'qishini ko'chirgan talabalarda endi fanlardagi farqlar uchun kredit to'lashni talab qilishayotgan ekan. Bunisi endi oshib tushdi.

Bu holatda barcha talabalar rektor oldiga kirib haqqingizni talab qilib TO'POLON qilishingiz mumkin. Xo'sh qaysi kalla bilan bir yil avvalgi holatga kredit to'lovini talab qilish mumkin? Rahbarlarning ikkinchi, uchinchi xotinlariga sarflayotgan pullarini qoplash uchun talabalar kredit to'lashga majburmi?

SamDU ga oid har qanday murojaatlar qabul qilinadi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
4.5K viewsedited  16:55
Ochish/sharhlash
2022-09-23 18:01:42
#Xususiy_oliygohlar

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining diplomi davlat oliy ta’lim muassasalari qatorida tan olinadimi?

Ushbu savolga Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Axborot xizmati rahbari Shavkat Xo‘jaqulov javob beradi.

Youtube(HD) da koʻrish:



O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
6.0K views15:01
Ochish/sharhlash