Get Mystery Box with random crypto!

Ta'limga oid (Perevod)

Telegram kanalining logotibi talimgaoid_perevod — Ta'limga oid (Perevod) T
Telegram kanalining logotibi talimgaoid_perevod — Ta'limga oid (Perevod)
Kanal manzili: @talimgaoid_perevod
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 15.26K
Kanalning ta’rifi

O'qishni ko'chirishga oid ma'lumotlar berib boruvchi telegram kanali
Bog'lanish:
@TalimgaoidBot
Tijoriy hamkorlik:
@UnitedAgency

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 59

2022-09-06 08:33:02
Qaysi banklar taʼlim krediti ajratmoqda? Ular qanday shartlar asosida beriladi?

Bu haqidagi batafsil maʼlumotni yuqoridagi videolavha orqali bilib olasiz.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
8.7K views05:33
Ochish/sharhlash
2022-09-06 08:01:40
Abituriyentlar va Talabalar diqqatiga

O'zbekistondagi TOP oliygohlarda o'qish endi orzu emas !

O'qishni ko'chirish imkoniyatini qo'ldan boy bermang

Hozirning o'zidayoq 2-kursni O'zbekistonda davom ettiring.

Abituriyentlar uchun 1-kursdan qabul davom etmoqda

Bizga murojat qiling va talabalar safidan joy egallang!

FAKULTETLAR
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA
MAKTABGACHA TA'LIM
BOSHLANG‘ICH TA'LIM
XORIJIY TIL VA ADABIYOTI
ONA TILI VA ADABIYOTI
TA’LIM MENEJMENTI

Sirtqi va kunduzgi ta'lim turlari mavjud!

Online murojaat: @worldforum_qabul_2

97-264-58-58
97-312-58-58
8.2K viewsedited  05:01
Ochish/sharhlash
2022-09-05 21:55:36
Ta'lim krediti bo'yicha o'yinlar hali ham mavjud – Xalq banki misolida

Banklar ta'lim krediti bo'yicha turli xil nayranglar qilishga usta. Sababi eng kam foizda bo'lgan kreditni talabaga berishni istamaydi negadir. Shaxsan menda Xalq banki va Agrobank bo'yicha mana shunday holat kuzatilgan.

Huquqiy jihatdan bilimim mavjudligi sababli baribir ishimni bitirganman, lekin boshqa bank orqali.

Mayli mavzuga o'tamiz. Bunday o'yinlarga ancha "pishib" ketgan Xalq banki ustidan shikoyatlar kelmoqda. Jimjimador qilib reklamalarga ishonib borgan fuqarodan ortiqcha hujjatlar talab qilish holatlari kuzatilmoqda ekan.

Demak reklamalar faqat xisobot uchun ekan-da?

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
9.0K views18:55
Ochish/sharhlash
2022-09-05 10:10:26 ​​ XUSUSIY OLIYGOHLARDA QABUL VA O‘QISHNI KO‘CHIRISH HAQIDA!

Xorijdan xususiy oliygohlarga o‘qishni ko‘chirish mumkinmi?

Xorijdan xususiy oliygohlarga o‘qishni ko‘chirish mumkin. Bu vaziyatga OO‘MTV aralashmaydi, tartibini xususiy oliygoh belgilaydi.

Imtihon yoki imtihonsiz?

Ayrim oliygohlar imtihon asosida qabul qiladi, ayrimlari suhbat asosida. Qanday shaklda bo‘lishini xususiy OTM o‘zi hal qiladi.

Diplomi o‘tadimi o‘zi?

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiya tomonidan litsenziyalangan bo‘lsa, Respublika hududida albatta diplomi o‘tadi. Inspeksiyaning ochiq ma'lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda litsenziya olgan xususiy oliygohlar 47 taga yetdi.

Xususiyda o‘qiganlarga ish yo‘qmi?

"Xususiyda o‘qiganga ish topilmaydi" degan gaplar o‘tmishda qolgan. Xususiy oliygohlarning diplomi davlat oliygohlarining diplomi bilan teng kuchga ega. Kimdir sizga bu xususiy, buning diplomi o‘tmaydi, menga davlat oliygohi diplomi kerak desa, mana bunday yo‘l tuting: https://t.me/Talim_Live/1491

Qabul qachongacha davom etadi?

Bu ham xususiy oliygoh ixtiyorida, qabul o‘zi belgilagan vaqtda bo‘ladi. Hozirda ayrimlari qabulni yakunladi, ayrimlarida davom etyapti.

Consulting orqali kirish kerakmi yoki o'zimiz borsak bo‘ladimi?

Bu OTMga bog'liq. Masalan, ba‘zi xususiy oliygohlar umuman consultinglar bilan ishlamaydi, ba‘zilari consulting firmalar bilan ishlashni tizimlashtirgan. Bu oliygohga kirmoqchi yoki ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabgor o‘zi borgandan ko'ra, consulting bilan ishi tez bitadi, ayniqsa suhbatga tayyorlanishda.

Litsenziyasi borligini qayerdan tekshirsam bo‘ladi?

Odatda oliygohlar litsenziyalarini binoning kirishi qismiga ilib qo‘yishadi. Consultinglar esa sizga elektron (pdf, jpg) qilib tashlab berishlari yoki oflayn ko‘rsatishlari mumkin. Siz litsenziyadagi QR kodni scaner qilish orqali haqiqiy yoki soxta ekanligini tekshirishingiz mumkin. Eng afzal yo‘li – taʼlim inspeksiyasining rasmiy web-sayti TDI.UZ orqali litsenziyalangan oliy ta'lim tashkilotlarining ro'yxati bilan tanishsangiz bo'ladi.

Xususiydan litsenziya olib qo‘yilsa talabalar taqdiri nima bo‘ladi? Batafsil...

P/S. Bu reklama emas, xolis tavsiya

Post olinganda manba ko'rsatilishi shart!

Ta’lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
816 views07:10
Ochish/sharhlash
2022-09-03 14:22:04 Xotin-qizlar uchun foizsiz taʼlim kredit ajratish tartibi.

Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga koʻra, toʻlov-kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladigan boʻldi.

Kredit kimlarga beriladi?

Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

Qaysi taʼlim shakliga beriladi?

Kunduzgi;
Sirtqi;
Kechki.

Masofaviy taʼlimga berilmaydi.

14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?

Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi. Aniqrogʻi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat taʼlim kreditining asosiy qismini toʻlaydi xolos.

Toʻlash qachondan boshlanadi?

Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng ettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln soʻm taʼlim krediti olinsa, oʻqishni tugatgandan soʻng, 6 oy oʻtgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming soʻmdan toʻlab boriladi.

Qanday hujjatlar kerak?

bankka ariza;
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi;
talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
8.9K views11:22
Ochish/sharhlash
2022-09-03 13:44:27 ​​ Talabalarga ta’lim krediti ajratuvchi alohida banklar belgilandi

Ma’lumki, hukumat qarorlari bilan oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi belgilangan.

Ushbu jarayonlarda kredit oluvchilarga qulaylik yaratish va amaliy ko‘mak berish maqsadida ta’lim kreditlari taklif etayotgan tijorat banklarida alohida mas’ullar belgilandi.

Ta’lim krediti ajratuvchi banklar quidagilar:

Agrobank;
Aloqabank;
Asakabank;
Hamkorbank;
Ipotekabank;
Mikrokreditbank;
Milliybank;
OrientFinancebank;
Qishloqqurulishbank;
Sanoatqurilishbank;
Turonbank;
Xalqbanki.

O‘zingizga qulay va yaqin joylashgan bankni tanlang va bank nomlariga biriktirilgan ilovalarni yuklab olib, barcha ta’lim kreditlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Manba: @eduuz

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
7.4K views10:44
Ochish/sharhlash
2022-09-03 12:35:24
Super yoki tabaqalashtirilgan kontraktni har yili to'lanadimi

Super yoki tabaqalashtirilgan kontraktni faqat o'qishga kirgan yili bir marta to'lanadi. Keyingi yildan oʻrnatilgan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorini toʻlanadi.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
8.4K views09:35
Ochish/sharhlash
2022-09-03 12:01:37
Universitetga kira olmagan abiturientlar diqqatiga maxsus taklif

Toshkentda joylashgan TOP Universitet talabasi bo’ling

Yutuqlaringiz;
Diplomi O’zbekistonda 100% o’tishi
Kontrakt to’lovini bo’lib to’lash
O’qib ishlash imkoniyati

Yo’nalishlar;

Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
Iqtisodiyot
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
Soliqlar va soliqqa tortish
Dasturiy injinering
Sun’iy intelekt
Ona tili va adabiyoti
Rus tili adabiyoti
Ingiliz tili adabiyoti
Arab tili adabiyoti
Pedagogika va psixologiya
Boshlang’ich ta’lim
Maktabgacha ta’lim
Turizm
Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish
Sport faoliyati

2-3-kursdan perevod qilish imkoniyati ham mavjud

Toshkent Bosh ofis;
+99897-567-0999 @stars_edu2
+99897-569-0999 @stars_edu3
Surxondaryo;
+99897-662-0505 @stars_edu7
Jizzax;
+99897-643-9999 @stars_edu9
Buxoro;
+99897-908-0999 @stars_edu_Bukhara

Bayram Munosabati bilan Chegirma olish uchun @Stars_edu2

REKLAMA
8.6K views09:01
Ochish/sharhlash
2022-09-03 09:12:02 O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalarini qabul qilish davom etmoqda.

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

Apellatsiya arizalari 6-sentabrga qadar my.dtm.uz sayti orqali (talabgorning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinadi.

Talabgor apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasib va vaqti ko‘rsatilganb xabarnoma beriladi.

Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Davlat test markaziga kelishi lozim.

Oʻqishni koʻchirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
3.0K viewsedited  06:12
Ochish/sharhlash
2022-09-03 09:01:55
Yangi imkoniyat! O'zbekistonda qonunga muvofiq davlat diplomi bilan bir xil kuchga ega oliygohlarga bugunoq talaba bo'ling!

Agar siz chet elda talaba bo'lsangiz va o'qishingizni O‘zbekistondagi oliy talim muassalarida davom ettirishni xohlasangiz yoki abuturentlikdan O'zbekistondagi oliygohlarga bugunoq talaba bo'lishni istasangiz biz sizga yordam beramiz!

Yo'nalishlar:
! Bank ishi va auditi
! Buxgalteriya hisobi va audit
! Iqtisodiyot
! Moliya va moliyaviy texnologiyalar
! Multimediya texnologiyalari
! Axborot xavfsizligi
! Kompyuter injiniringi
! Pedagogika va psixologiya
! Boshlang'ich ta'lim
! Tarix
! Maktabgacha ta'lim
! O'zbek tili va adabiyoti
! Xorijiy til va adabiyoti: Ingliz tili
! Rus tili
! Jismoniy tarbiya va sport

Ta'lim shakli
Kunduzgi
kechki
sirtqi

Online murojat uchun: @Qabuladmin

Bepul konsultatsiya

770063237
3.4K views06:01
Ochish/sharhlash