Get Mystery Box with random crypto!

Rasman: 9-iyul Qurbon hayiti bayrami etib belgilandi “Qurbon | Ta'limga oid (Perevod)

Rasman: 9-iyul Qurbon hayiti bayrami etib belgilandi

“Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2022 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 9 iyul – shanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.

Qurbon hayiti arafasida ish haftasining turidan qat’i nazar 4 kun dam olinadi. Bunda:

● 9-iyul (shanba) – Qurbon hayiti bayrami;
● 10-iyul (yakshanba) – dam olish kuni;
● 11-iyul (dushanba) – barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
● 12-iyul (seshanba) – 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 16-iyul (shanba) dan ko‘chirilgan dam olish kuni.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid