Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim Live

Telegram kanalining logotibi talim_live — Ta'lim Live T
Kanaldagi mavzular:
Перевод
Нодавлат
Тезкор
Qabul
Магістратура
Статистика
All tags
Telegram kanalining logotibi talim_live — Ta'lim Live
Kanaldagi mavzular:
Перевод
Нодавлат
Тезкор
Qabul
Магістратура
Статистика
All tags
Kanal manzili: @talim_live
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 22.22K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim Live™ — Ta'lim tizimiga oid eng so'nggi yangiliklar, ishonchli xabarlar va huquqiy sharhlar sodda tilda
Murojaat uchun: @TalimLiveBot
Tijoriy hamkorlik uchun: t.me/United_agentligi/43

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 50

2022-10-18 21:01:53
Namanganda yana bir nodavlat oliygohga litsenziya berildi.

"University of Business and Science" oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish vakolatiga ega bo‘ldi.

Oliygohda iqtisodiyot, buxgalteriya, axborot tizimlari, boshlang'ich va maktabgacha ta'lim, xorijiy til va adabiyoti, pedagogika va psixologiya yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, kunduzgi, kechki, sirtqi ta‘lim shakllarida ta‘lim jarayonlarini olib boradi.

O‘qish istagida bo‘lganlar uchun rasmiy sahifalari va raqamlarini aniqlab xabar beramiz. Oliygoh ma'muriyati biz bilan bog'lanib kerakli ma'lumotlarni berishadi degan umiddamiz.

@Nodavlatbot

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal
8.3K views18:01
Ochish/sharhlash
2022-10-17 09:54:02
Mana shu gap haqida fikringizni bilmoqchiman do'stlar. Siz bunga qanchalik qo‘shilasiz?

Faqat tortishmasdan shaxsiy fikringizni yozinglar.

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
10.0K views06:54
Ochish/sharhlash
2022-10-16 12:14:02 Xotin-qizlar uchun foizsiz taʼlim kredit ajratish tartibi.

Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga koʻra, toʻlov-kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladigan boʻldi.

Kredit kimlarga beriladi?

Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

Qaysi taʼlim shakliga beriladi?

Kunduzgi;
Sirtqi;
Kechki.

Masofaviy taʼlimga berilmaydi.

14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?

Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi. Aniqrogʻi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat taʼlim kreditining asosiy qismini toʻlaydi xolos.

Toʻlash qachondan boshlanadi?

Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng ettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln soʻm taʼlim krediti olinsa, oʻqishni tugatgandan soʻng, 6 oy oʻtgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming soʻmdan toʻlab boriladi.

Qanday hujjatlar kerak?

bankka ariza;
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi;
talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

Taʼlim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
10.0K views09:14
Ochish/sharhlash
2022-10-15 13:29:09
Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi Namanganda o‘qituvchi 5-sinf o‘quvchini do‘pposlaganiga munosabat bildiribdi.

Bu holatda o‘qituvchini oqlash juda qiyin, sababi bir go‘dakni tan jarohati yetkazadigan darajada do'pposlagan. Baribir barchasiga qonuniy baho berilgani yaxshi.

Bu opani farzandlarini ham shunaqa kaltaklab, munosabatlarini ko‘rish kerak, menimcha :(

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
9.9K views10:29
Ochish/sharhlash
2022-10-14 23:03:32
O‘qituvchi 6-sinf o‘quvchini kaltaklashi oqibatida shifoxonaga yotqizildi.

Namangan viloyati, Davlatobod tumanidagi 58-sonli maktabning geografiya fani oʻqituvchisi 13-oktabr kuni oʻquvchilar oldida 11 yasharlik oʻquvchisini kaltaklagan! Natijada, oʻquvchi yetkazilgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonaga yotqizilgan!

Ushbu holat IIB tomonidan nazoratga olinib, tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda ekan.

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
11.1K viewsedited  20:03
Ochish/sharhlash
2022-10-14 11:19:02 Nodavlat oliygohni bitirib magistraturada o'qib bo'lmaydimi?

JAVOB: Nodavlat oliygohlarning bakalavriat ta'lim yo'nalishini tamomlagandan so'ng davlat oliygohlarining magistraturasida yoki aksincha davlat oliygohlarining bakalavriatida o‘qib nodavlat oliygohlarning magistraturasida tahsil olish mumkin. Bu bo'yicha hech qanday cheklov va havotirlanishga asos yo'q.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal
7.4K views08:19
Ochish/sharhlash
2022-10-11 14:27:01 #rasmiy_bayonot

“Kvartira egasi talaba qizlarni kvartiradan haydamoqda” sarlavhasi ostida e’lon qilingan videolavha borasida.

"Joriy yilning 10-oktabr sanasiga o‘tar kechasi O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro va audiovizual jurnalistika fakultetining, Teleradio jurnalistikasi 1-bosqich talabasi o‘zining sahifalarida ijara uylarning narxi ko‘tarilishi yuzasidan sahnalashtirilgan video yuklagan.

Ushbu videoda uy egasi qizlarni uyidan chiqib ketishi va ularning o‘rniga 600 AQSH dollariga ijarachi kutib turganligini aytgan. Sahnalashtirilgan video kontentni tayyorlash g‘oyasi
Kun.uz internet nashrida e’lon qilingan “Xavf ostida yashayotgan ijaradagi qizlar” maqolasidan keyin tug‘ilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu video lavha bir yarim soatdan keyin tarmoqlardan olib tashlangan. Ammo qisqa vaqt davomida ayrim telegram kanallarida tarqagan ushbu videoga nisbatan o‘zgacha tus berilgan.


O‘zJOKU matbuot xizmati

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
4.3K views11:27
Ochish/sharhlash
2022-10-11 14:15:25
Hujjatlaringizni to'plashda yaqindan yordam beramiz!

Murojaat qiling!

O'zbekiston OTMlariga o'qishni ko'chirgan talabalarga,
6 kun ichida hujjatlarni yetkazib berish xizmati yo'lga qo'yildi

Aloqa xatida ko'rsatilgan hujjatlar to'liq holda taqdim etiladi.

Murojaat uchun:

+998973009903 Yozish

+998883009903 Yozish
4.3K views11:15
Ochish/sharhlash
2022-10-11 09:05:42 Joriy yilda oliy ta’lim muassasalarining birinchi kursga qabul qilingan ijarada yashayotgan talabalarning barchasiga hech qanday ijara shartnomasi yoki hujjatlarsiz sentabr-oktabr oylari ijara to‘lovi to‘lab beriladi.

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
5.4K views06:05
Ochish/sharhlash
2022-10-10 10:45:44 Kontrakt to‘lovlarini to‘lashning oxirgi muddati 2022-yilning 1-noyabri etib belgilandi.

Shu vaqtga qadar talabalar tijorat banklaridan taʼlim kreditlarini ham rasmiylashtirishlari mumkin bo‘ladi

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
4.5K views07:45
Ochish/sharhlash