Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim Bugun | Rasmiy

Telegram kanalining logotibi talim_bugun — Ta'lim Bugun | Rasmiy T
Telegram kanalining logotibi talim_bugun — Ta'lim Bugun | Rasmiy
Kanal manzili: @talim_bugun
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.53K
Kanalning ta’rifi

Oʻqituvchilar, talabalar va abituriyentlar uchun taʼlimga oid eng soʻngi yangiliklar barchasi @talim_bugun kanalida!
Reklama @javodbekn

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2022-06-09 10:54:26
2022-yilning 2-yarmi uchun chet tili imtihonlariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

2022-yil oktabr, noyabr va dekabr oylarida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qaroriga muvofiq my.gov.uz sayti orqali amalga oshiriladi (my.gov.uz/oz/service/559).

Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida talabgorlar imtihon topshirish hududi sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan birini tanlab, o‘zlari tanlagan hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, onlayn ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Batafsil ma'lumot
https://regulation.gov.uz/uz/d/61078
5.2K viewsedited  07:54
Ochish/sharhlash
2022-06-08 14:10:14 2022-2023-oʻquv yili uchun OTMga qabul kvotalari soni eʼlon qilindi

Prezidentning “2022/2023-oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga eʼlon qilindi.

Qayd etilishicha, 2022-2023-oʻquv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari:

bakalavrlar tayyorlash boʻyicha:

• kunduzgi taʼlim shakliga —76 728 nafar;
• sirtqi taʼlim shakliga — 27 365 nafar;
• kechki taʼlim shakliga — 2 575 nafar;
• masofaviy taʼlim shakliga — 3 610 nafar;

magistrlar tayyorlash boʻyicha — 11 082 nafar.

Kvotalar OTMlar kesimida: https://regulation.gov.uz/uz/d/61078

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6
5.1K viewsedited  11:10
Ochish/sharhlash
2022-06-03 09:20:02 Malaka oshirish kurslariga qabul davom etmoqda

Ma’lumki, Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan bir qator malaka oshirish kurslari tashkil etilib, o‘tkazib kelinmoqda.

Ayni vaqtda chet tili mutaxassislari uchun mo‘ljallangan 3 turdagi malaka oshirish kurslariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish davom etmoqda:

Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi;

Arab tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi;

Chet tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi bo‘yicha malaka oshirish kursi.

Malaka oshirish kurslari 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, darslar nazariy va amaliy mashg‘ulotlar asosida o‘zbek tilida olib boriladi.

Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlariga shartnoma asosida ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

Malaka oshirish kurslari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar bilan Ilmiy-o‘quv amaliy markazining rasmiy telegram kanalida tanishish mumkin: @dtmilmiymarkaz.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6
5.7K views06:20
Ochish/sharhlash
2022-06-01 14:29:02
#bilasizmi #qabul2022

Maqsadli qabul qanday amalga oshirilishini bilasizmi?

Maqsadli qabulni tanlagan abituriyent mazkur taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha ham maqsadli (abituriyentning doimiy yashash hududi uchun maqsadli qabul parametrlari ajratilgan bo‘lsa), ham umumiy tanlovda ishtirok etadi.

Maqsadli qabulni tanlamagan abituriyent esa mazkur taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha umumiy tanlovda ishtirok etadi.

Eslatma: maqsadli qabul asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasini tamomlagandan so‘ng tegishli hududda 5 yil ishlab berish majburiyati yuklanadi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6
5.6K views11:29
Ochish/sharhlash
2022-05-23 10:15:23
#MatbuotAnjumani #SavollargaJavoblar

2023-yildan Toshkent davlat yuridik universitetiga kirishda huquq fanidan test sinovi topshirilar ekan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro huquq yo‘nalishiga kirishda ham huquq fanidan test topshiriladimi?

Mazkur savolga Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Zafarbek Olimbekov javob berdi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6
1.2K views07:15
Ochish/sharhlash
2022-05-19 17:30:44 Qabul — 2022: Joriy yilda abituriyent-yoshlar uchun qanday yangiliklar bor? (2-qism)

Qonunchilikka muvofiq, kirish imtihoni o‘tkazilayotgan yildan oldingi yillarda maktab, kollej, litseyni tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun BHMning yarim baravari (hozirda 135 ming so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi.

O‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va mehribonlik uylari bolalari, bolalar shaharchasining bitiruvchilaridan bunday to‘lov undirilmaydi.

Prezident farmoniga ko‘ra, joriy yildan to‘lov undirilmaydigan abituriyentlar toifasi yana 2 taga ko‘paydi. Endilikda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kirgan yoshlar ham imtihon uchun pul to‘lashmaydi.

https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6
5.1K views14:30
Ochish/sharhlash
2022-05-19 17:09:07 Qabul — 2022: Joriy yilda abituriyent-yoshlar uchun qanday yangiliklar kutilmoqda?

Abituriyentlarga bir vaqtning o‘zida bir nechta ta’lim shakliga hujjat topshirish imkoni berilishi kutilmoqda. Bu fanlar ketma-ketligi mos kelsa, sirtqi, kunduzgi, kechki yoki masofaviy shakli aralash holda 5 ta yo‘nalishni tanlash mumkin bo‘lishini bildiradi. Hozirga qadar abituriyentlar faqat bir ta’lim shaklini tanlashi mumkin edi.

Mazkur yangilik qabul kvotasiga oid Prezident qarori loyihasida ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, qaror loyihasi bilan O‘zbekistonda ilk marta masofaviy ta’lim uchun kvotalar ajratilmoqda.

Bundan tashqari, xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha — 100 nafar kvota ajratilishi kutilmoqda.

https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6
5.1K views14:09
Ochish/sharhlash
2022-05-17 08:04:00
“One Million Uzbek Coders” bitiruvchilari uchun kompyuter sotib olish uchun foizsiz kreditlar!

Kurslarni tugatib sertifikat olgan yoshlarga “Aloqabank”, “Mikrokreditbank” va “Xalq bank” tomonidan kompyuter xaridlari uchun BHMning 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda (6 mln. 750 ming so‘m) iste’mol kreditlari ajratiladi.

Kredit 2 yilgacha berilib, uning foizi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kompensatsiya qilinadi. Asosiy qarzni kredit oluvchining o‘zi to‘laydi. (1 oyga~ 281 250 soʻmdan tushadi).

Kredit olish uchun:
“One Million Uzbek Coders” bitiruvchisi kompyuter sotuvchi doʻkon topib, kompyuterni sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzishi kerak.
Soʻng, kredit kompensatsiyasini olish uchun ushbu havola orqali onlayn ariza yuborishi lozim.
Yoshlar ishlari agentligi kredit kompensatsiyasi to‘g‘risida ma’lumotnoma yuborganidan keyin, bank bitiruvchining kredit olish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqib, shartlarga toʻgʻri kelsa, texnika sotuvchisining hisob raqamiga mablag‘larni o‘tkazadi.
5.2K views05:04
Ochish/sharhlash
2022-05-15 09:37:02Bilasizmi?! O'tgan yilgi abituriyentlarning 36% qismi 56,7 ball ham toʻplay olmagan

DTMning mandat.dtm.uz saytidagi ochiq maʼlumotlariga koʻra, o'tgan yilda 892 ming 710 nafar abituriyent testga kirgan. Ming afsuslar boʻlsinkim, ularning 319 ming nafari (35,8%) oʻtish balining eng quyi chegarasi boʻlgan 56,7 balni ham toʻplay olmagan. Bu dahshat!

Eng yomon koʻrsatkich, Toshkent viloyatida (39,1%), nisbatan yaxshiroq natija Toshkent shahrida (29,5%) qayd etilgan (pastdagi jadvalga qarang).

56,7 ball — bu toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori 189 balning 30%i degani. Yaʼni abituriyent hech boʻlmasa 30% bilimga ega boʻlsa, ushbu koʻrsatkichni toʻplay oladi. 30% bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak toʻgʻri boʻlar balki.

Yaʼni 2 bahoga oʻqiganlar ham taxminan 35-55% natija koʻrsata olishi kerak.

Tasavvur qilyapsizmi, yaqin oʻrtada maktablarimizni tugatgan abituriyentlarning 36% foizi, aniqrogʻi 319 ming yoshlar (balki orasida kam sonli yoshi kattalar ham bordir) fanlarni 2 bahoga ham bilishmaydi.

56,7 ball toʻplash shunchalik qiyinmi? Nechta savolga toʻgʻri javob berish kerak edi?

Shunda 56,7 ball olish mumkin edi. Kechirasizlaru, buning nimasi qiyin?

Majburiy blokdagi savollar oʻta va oʻta oson darajada boʻlsa, mutaxassislik blokidagi savollarga esa hammasini bitta harf, masalan „A“ qilib belgilasa ham 4 tadan oshiq chiqsa, nahotki 319 ming abituriyentlar shuni ham eplay olmagan? Bu dahshat emasmi?

Yoshlarni gapirtirsa, darrov «ota-onam kambagʻal, sharoitimiz yoʻq, repetitorga pulimiz yetmaydi», deb gap boshlaydi va aybni osongina otasiga toʻnkab qoʻya qoladi. Vaholanki, hech boʻlmasa 2 baho darajasida oʻqish uchun repetitorga borish shartmas. Ozgina qoʻliga kitob olsa, salgina koʻnglida xohish boʻlsa yetarli edi.

Tez orada joriy yilgi kirish ballari haqida ham tahlillarimni eʼlon qilaman. Unda ham koʻrish mumkinki, kirish ballari anchayin past, Oʻzbekistondagi barcha yoʻnalishlarning 70%ida kirish bali 100 baldan past boʻlgan. Boshqacha aytganda 100 ball toʻplay olgan abituriyent 2720 ta yoʻnalishga kira olar edi. Demak, oʻqishga kirish aslida qiyinmas, shunchaki ommaviy bilimsizlik bizni qamrab olgan.

Raqamlardan koʻrinib turibdiki, abituriyentlarning umumiy bilim darajasi ancha past. Yillar davomida taʼlimning tashlab qoʻyilgani, bugun oʻzining salbiy «mevasini» bermoqda. Bu bizni koʻproq tashvishga solishi, xalq taʼlimi tizimiga bor kuchimizni, mablagʻimizni ayamasdan tashlashimiz kerakligini anglatadi.

https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6
5.0K views06:37
Ochish/sharhlash
2022-05-12 16:59:31
Rasman! Bu yilgi kirish imtihonlarning 15% testlari murakkab darajadagi testlar boʻladi!

DTM boshqarma boshligʻi Zafarbek Olimbekovning qayd etishicha, kirish imtihonlarida tushadigan testlar sodda, oʻrta va murakkab darajalarga boʻlinadi.

Test variantidagi savollar soni 100 foiz deb olsak, 15 foizi oson darajada, 70 foizi oʻrta qiyinlik darajada, qolgan 15 foizi esa murakkab darajada boʻladi.

Mutaxassislik fanlar blokidagi birinchi va ikkinchi fanlardan tuzilgan testlar qiyinlik darajasiga koʻra bir-biridan farq qilmaydi. Lekin majburiy fanlar blokidagi: ona tili, matematika hamda Oʻzbekiston tarixi fanlaridan beriladigan test savollari mutaxassislik fanlariga qaraganda soddaroq boʻladi. 

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6
5.2K views13:59
Ochish/sharhlash