Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim Bugun | Rasmiy

Telegram kanalining logotibi talim_bugun — Ta'lim Bugun | Rasmiy T
Telegram kanalining logotibi talim_bugun — Ta'lim Bugun | Rasmiy
Kanal manzili: @talim_bugun
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.53K
Kanalning ta’rifi

Oʻqituvchilar, talabalar va abituriyentlar uchun taʼlimga oid eng soʻngi yangiliklar barchasi @talim_bugun kanalida!
Reklama @javodbekn

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-09-27 19:53:23
Oʻzbekistondagi Tibbiyot sohasi boʻyicha OTMlar reytingi

Eng yuqori natija qayd etgan OTMLar:


1. Toshkent tibbiyot akademiyasi
2. Buxoro davlat tibbiyot instituti
3. Toshkent davlat stomatologiya instituti

Eng quyi natija qayd etgan OTMLar:

1. Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti
2. Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti
3. Andijon davlat tibbiyot instituti

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6
https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6
47 viewsedited  16:53
Ochish/sharhlash
2022-09-27 18:50:53
Endi play market'ning keragi yo‘q!
Sabab: @bepul_ilovalar_bot

O'z bazasida 100.000 dan ziyod ilovalarni jamlagan botimiz orqali siz barchasini bepul yuklab olishingiz mumkin!

Hattoki play market'dagi pullik o'yinlarni ham bu botdan tekinga yuklab olasiz. Shunchaki botga kerakli ilova nomini yozib qoldirsangiz bas

Botni ishlatish uchun /start buyrug'ini yuborsangiz kifoya!

LINK: @bepul_ilovalar_bot
63 views15:50
Ochish/sharhlash
2022-09-20 05:14:49 Xotin-qizlar uchun foizsiz taʼlim kredit ajratish tartibi.

Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga koʻra, toʻlov-kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladigan boʻldi.

Kredit kimlarga beriladi?

Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

Qaysi taʼlim shakliga beriladi?

Kunduzgi;
Sirtqi;
Kechki.

Masofaviy taʼlimga berilmaydi.

14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?

Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi. Aniqrogʻi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat taʼlim kreditining asosiy qismini toʻlaydi xolos.

Toʻlash qachondan boshlanadi?

Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng ettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln soʻm taʼlim krediti olinsa, oʻqishni tugatgandan soʻng, 6 oy oʻtgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming soʻmdan toʻlab boriladi.

Qanday hujjatlar kerak?

bankka ariza;
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi;
talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6
5.3K views02:14
Ochish/sharhlash
2022-09-02 16:20:53 Xushxabar: Super-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirildi

Barcha davlat OTMlarida tabaqalashtirilgan (super) toʻlov-kontrakt miqdorlari 10 foizga arzonlashtirildi.

Ilovadagi jadval orqali yoʻnalishlar kesimidagi tabaqalashtirilgan (super) toʻlov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6
10.6K viewsedited  13:20
Ochish/sharhlash
2022-09-02 16:20:52
Endi taʼlim krediti imtiyozli shartlarda 7 yilga beriladi!

“Temir daftar”dagi talabalarning bir yillik kontrakti byudjetdan toʻlanishi mumkin.“Iqtidorli, lekin oliygohda kontrakt asosida oʻqish imkoniyati boʻlmagan yoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi tizim yaratamiz.

Bugungi kunda ota-onalar farzandini oliygohda oʻqitish uchun 22-28 foiz stavkada taʼlim kreditini 3 yil muddatga olmoqda.
Yangi oʻquv yilidan barcha uchun taʼlim krediti imtiyozli shartlarda 7 yil muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasida, yaʼni joriy yilda 14 foiz stavkada ajratiladi.
11.0K views13:20
Ochish/sharhlash
2022-09-01 06:20:05
Assalomu alaykum yurtdoshlar!

Shu kunlarda Vatanimiz va xalqimiz uchun qadrli, ulug‘ sana – mustaqilligimizning 31 yillik ayyomi nishonlanmoqda!

31 yil oldin O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan suveren davlat sifatida ko‘pmillatli xalqning farovonligi va erkini ta’minlash hamda taraqqiyotning demokratik yo‘lini tanladi.

O‘tgan yillar davomida juda ko‘p yutuqlarga erishdik. Muhimi, yurtimizda tinchlik hukm surmoqda. Shu tufayli hamyurtlarimiz bilan tinchlik va xotirjamlikda, Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shib kelmoqdamiz!

Fursatdan foydalanib, Davlat test markazi jamoasi O‘zbekiston xalqini ushbu qutlug‘ va ulug‘ ayyom bilan qizg‘in muborakbod etadi! Shu bilan birga, mustahkam sog‘liq, farovonlik va omad tilaydi!

Jonajon Vatanimizda tinchlik barqaror va ulkan taraqqiyotlarga erishish bardavom bo‘laversin!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6
5.5K viewsedited  03:20
Ochish/sharhlash
2022-08-31 16:50:53 #Qabul2022 #MatbuotAnjumani
13 mingdan ziyod abituriyent qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etildi

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning:

176 mingdan ziyodi — umumiy qabul parametrlari doirasida;
13 mingdan ziyodi — imtiyozga ega abituriyentlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida tavsiya etilgan.

Jumladan:

nogironligi bo‘lgan shaxslar — 3,2 ming nafar;
“Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi bitiruvchilari bo‘lgan hamda vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar — 272 nafar;
muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar — 4,7 ming nafar;
harbiy xizmatchilarning farzandlari — 1,9 ming nafar;
Ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari — 739 nafar;
ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar — 1,9 ming nafar;
kamida 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar — 379 nafar.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6
https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6
5.1K views13:50
Ochish/sharhlash
2022-08-31 11:18:28 #Qabul2022
DTM ga murojaat qilish uchun Toshkentga borish shart emas!

2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilingandan so‘ng abituriyentlar va ularning ota-onalari tomonidan Davlat test markaziga ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Bunda abituriyentlar va ularning ota-onalari o‘zlarini qiziqtirgan mavzuda javob olish uchun viloyatlardan Toshkent shahriga kelib, Davlat test markaziga murojaat qilmoqda.

Shuni ma’lum qilamizki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda Davlat test markazining hududiy bo‘limlari mavjud bo‘lib, hududiy bo‘limlarimiz tomonidan ham abituriyentlarga to‘liq ma’lumotlar berilmoqda.

Shu sababli Toshkent shahriga kelmasdan o‘z yashash hududingizdagi Davlat test markazining hududiy bo‘limiga murojaat qilgan holda barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Davlat test markazining hududiy bo‘limlari: https://dtm.uz/page/representatives

Izoh: Abituriyentlarni tabaqalashtirilgan yoki oshirilgan kontrakt asosida talabalikka qabul qilish Davlat test markazi vakolatiga kirmaydi. Abituriyentlar mazkur masala yuzasida bevosita oliy ta’lim muassasasining o‘ziga murojaat qilishi va to‘liq ma’lumot olishi mumkin.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6
5.9K views08:18
Ochish/sharhlash
2022-08-28 19:58:43 #Qabul2022 #Apellatsiya
Apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

Apellatsiya arizalari my.dtm.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va 6-sentabrga qadar (10 kun) davom etadi.

Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi kerak.

Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2022-yil 7-sentabrdan boshlanadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6
6.4K viewsedited  16:58
Ochish/sharhlash
2022-08-27 23:18:30
#Muhim

Imtixondan yiqilgan abituriyentlar eshitsin!
Yana topshirish ehtimoli boʻlgan dunyo imtixonidan yiqilsangiz mayliku, lekin ohirat imtixonidan yiqilmang

https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6
5.8K viewsedited  20:18
Ochish/sharhlash