Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim Bugun | Rasmiy

Telegram kanalining logotibi talim_bugun — Ta'lim Bugun | Rasmiy T
Telegram kanalining logotibi talim_bugun — Ta'lim Bugun | Rasmiy
Kanal manzili: @talim_bugun
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.53K
Kanalning ta’rifi

Oʻqituvchilar, talabalar va abituriyentlar uchun taʼlimga oid eng soʻngi yangiliklar barchasi @talim_bugun kanalida!
Reklama @javodbekn

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2022-06-16 09:36:58 Joriy yil ham 5 tagacha yoʻnalish tanlash mumkin, faqat endilikda abituriyent turli taʼlim shaklini (kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy) tanlashiga ham ruxsat beriladi.

Prezident qaroriga koʻra, abituriyentlarga:

test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil boʻlgan beshtagacha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini hamda bir vaqtning oʻzida barcha taʼlim shakllarini tanlash huquqi beriladi;

roʻyxatdan oʻtish jarayonida tanlangan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik toʻlov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish imkoniyati beriladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6
5.1K views06:36
Ochish/sharhlash
2022-06-16 05:40:38 RASMAN: endi qabul 20 iyundan boshlanadi

Prezidentning tegishli qaroriga asosan, davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali har yili 20 iyundan 20 iyulga qadar (20 iyul kuni ham), chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha esa 10 iyulga qadar (10 iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6
5.1K views02:40
Ochish/sharhlash
2022-06-15 14:19:13
Kelgusi yildan texnikumdan oliygohga imtihonsiz kirish mexanizmi bekor qilinadi

“Umuman, texnikumlarga boʻlgan yondashuvlarni oʻzgartirish kerak. Ular oliygohga kirishning oson yoʻli emas, murakkab kasb beradigan, mehnat bozorida raqobat qiladigan tizim boʻlishi kerak”, dedi davlat rahbari.

Moliya vazirligiga oliygoh talabalari uchun joriy etilgan imtiyozli taʼlim kreditini yangi oʻquv yilidan texnikum va kollej oʻquvchilari uchun ham joriy etish topshirildi.

Shuningdek, kollej va texnikumlarda oʻqish uchun davlat grantlari va ehtiyojmand oila aʼzolari uchun subsidiyalar koʻpaytiriladi.

Oliy taʼlim vazirligiga ikki oy muddatda 207 ta texnikum faoliyatini oʻrganib, samarasiz ishlayotgan 70 ta texnikumni tugatishga topshiriq berildi.

Ularning 25 tasi monomarkazlar tashkil etish uchun Bandlik vazirligiga oʻtkaziladi, qolgan 45 tasi negizida kasb-hunar maktablari tashkil etiladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6
5.2K viewsedited  11:19
Ochish/sharhlash
2022-06-15 13:31:21 Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini kasb-hunarga o‘qitish va monomarkazlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda 330 ta kasb-hunar maktabi, 173 ta kollej va 207 ta texnikuman iborat tizim samarali ishlatilmayotgani qayd etildi.

Ular mavjud quvvatlarining atigi 40-50 foizidan foydalanmoqda.

Energetika, Suv xo‘jaligi, Uy-joy kommunal vazirliklariga berilgan kollejlar 20 foiz, Qurilish, Transport vazirliklari kollejlari 10 foiz quvvatda ishlayapti.

Joriy yilda kollej va texnikumlarning 15 mingga yaqin o‘quvchilari kontrakt pulini to‘lash imkoniyati yo‘qligi bois, o‘qishni davom ettira olmagan.

Eng muhimi – kollej va texnikumlardagi kasblar ish beruvchilar talabiga mos emas. Oqibatda ular ishga olgan yoshlarni qaytadan o‘qitishga majbur bo‘lmoqda.

O’quv dasturlari zamon talablaridan ancha orqada, 1 ming 350 nomdagi kasbiy darslik va adabiyotlar yetishmaydi.

Bu muammolar yechimi bilan shug‘ullanadigan mutasaddi vazirliklar tizimli ishlamayotgani tanqid qilindi.

Shu bois kasb-hunar ta’limini zamon talablariga moslashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinishi belgilandi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6
5.1K views10:31
Ochish/sharhlash
2022-06-15 10:03:50
Imtiyozlar guldastasi – OTMlarga o‘qishga kirishda kimda qanday imtiyoz bor?

Mard o‘g‘lon", “Nihol" va Zulfiya nomidagi mukofotlar egalari, turli-tuman tanlovlar g‘oliblari, organ xodimlari va o‘rmonchilarning farzandlari, hokim yordamchilari va muayyan hudud yoshlari uchun uchun eksklyuziv imtiyozlar. Oliy ta’limga kirishda beriladigan imtiyozlarning turi ham, ularning berilish shakllari ham har xil: ba’zilari grant uchun, ba’zilari kontraktga, ba’zilari sirtqi ta’limga, ba’zilari istalgan ta’lim shaklida o‘qishga beriladi.

Prezident qarori bilan korrupsiyaga moyil munosabatlarni bartaraf etish bo‘yicha choralar dasturi tasdiqlandi.

Dasturga ko‘ra, OTMlarga o‘qishga kirish uchun beriladigan ...


Barcha abituriyentlarga tarqating

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6
10.9K viewsedited  07:03
Ochish/sharhlash
2022-06-15 10:03:02
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi o‘tkaziladigan joylar

Ma’lumki, 2022-yil 16-17-18-iyun kunlari barcha hududlarda chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Test topshiruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida test sinovi o‘tkaziladigan joylar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va ularning geolokatsiyalari shakllantirildi.

Talabgorlar mazkur ma’lumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishishlari mumkin: https://telegra.ph/Chet-tili-06-14.
11.1K views07:03
Ochish/sharhlash
2022-06-14 11:41:52 Mavsum boshlandi: o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qiladigan firibgarlar ham ko‘paydi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX tomonidan o‘tkazilayotgan tezkor tadbirlarda:

Bag‘dod tumanida fuqaro M.Y. boshqa bir fuqaro N.ning ishonchiga kirib, uni 5 000 AQSH dollari evaziga Qo‘qon davlat pedagogika institutining jismoniy tarbiya fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, shundan 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Nurafshon shahrida fuqaro M.U. boshqa bir fuqaro Sh’ni Rossiya Federatsiyasi Texnika universitetiga imtihonlarsiz o‘qishga kiritib, keyinchalik o‘qishini Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ishlovchi tanishlari orqali ushbu universitetning 2-kursiga ko‘chirib qo‘yishni va’da qilib, evaziga 3 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Fuqaro O.T. fuqarolar F. va M’ni tanishlari yordamida Qarshi davlat universitetining “Tarix” va “Boshlang‘ich ta’lim” fakultetlariga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga jami 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Sariosiyo tuman Pedagogika kolleji direktori o‘rinbosari Sh.Q. fuqaro N’ni 5 million so‘m evaziga ushbu kollejga o‘qishga kiritib qo‘yishga yordam berishni va’da qilib, shundan 100 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6
11.1K views08:41
Ochish/sharhlash
2022-06-12 18:24:46 Oʻqishni koʻchirish hamda magistratura qabuliga oid ovozli chatning toʻliq audiosi

Ushbu audiofaylda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov bilan boʻlgan suhbatimizni tinglashingiz mumkin.

xushnudbek

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6
11.1K viewsedited  15:24
Ochish/sharhlash
2022-06-10 17:44:05
#Diqqat #Tezkor

Umumtaʼlim maktablarida 2023 yildan yakuniy davlat imtihonlarini davlat test markazi oladi.

Yakuniy davlat imtihonlaridan oʻta olmagan oʻquvchilar attestat ham ololmay qolishi mumkin.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6
11.0K viewsedited  14:44
Ochish/sharhlash
2022-06-10 14:44:27
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov ijtimoiy tarmoqlarda o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq turli xil talqin qilinayotgan fikrlarga munosabat bildiribdi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6
5.4K viewsedited  11:44
Ochish/sharhlash