Get Mystery Box with random crypto!

​Bilasizmi?! O'tgan yilgi abituriyentlarning 36% qismi 56,7 ba | Ta'lim Bugun | Rasmiy

Bilasizmi?! O'tgan yilgi abituriyentlarning 36% qismi 56,7 ball ham toʻplay olmagan

DTMning mandat.dtm.uz saytidagi ochiq maʼlumotlariga koʻra, o'tgan yilda 892 ming 710 nafar abituriyent testga kirgan. Ming afsuslar boʻlsinkim, ularning 319 ming nafari (35,8%) oʻtish balining eng quyi chegarasi boʻlgan 56,7 balni ham toʻplay olmagan. Bu dahshat!

Eng yomon koʻrsatkich, Toshkent viloyatida (39,1%), nisbatan yaxshiroq natija Toshkent shahrida (29,5%) qayd etilgan (pastdagi jadvalga qarang).

56,7 ball — bu toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori 189 balning 30%i degani. Yaʼni abituriyent hech boʻlmasa 30% bilimga ega boʻlsa, ushbu koʻrsatkichni toʻplay oladi. 30% bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak toʻgʻri boʻlar balki.

Yaʼni 2 bahoga oʻqiganlar ham taxminan 35-55% natija koʻrsata olishi kerak.

Tasavvur qilyapsizmi, yaqin oʻrtada maktablarimizni tugatgan abituriyentlarning 36% foizi, aniqrogʻi 319 ming yoshlar (balki orasida kam sonli yoshi kattalar ham bordir) fanlarni 2 bahoga ham bilishmaydi.

56,7 ball toʻplash shunchalik qiyinmi? Nechta savolga toʻgʻri javob berish kerak edi?

Shunda 56,7 ball olish mumkin edi. Kechirasizlaru, buning nimasi qiyin?

Majburiy blokdagi savollar oʻta va oʻta oson darajada boʻlsa, mutaxassislik blokidagi savollarga esa hammasini bitta harf, masalan „A“ qilib belgilasa ham 4 tadan oshiq chiqsa, nahotki 319 ming abituriyentlar shuni ham eplay olmagan? Bu dahshat emasmi?

Yoshlarni gapirtirsa, darrov «ota-onam kambagʻal, sharoitimiz yoʻq, repetitorga pulimiz yetmaydi», deb gap boshlaydi va aybni osongina otasiga toʻnkab qoʻya qoladi. Vaholanki, hech boʻlmasa 2 baho darajasida oʻqish uchun repetitorga borish shartmas. Ozgina qoʻliga kitob olsa, salgina koʻnglida xohish boʻlsa yetarli edi.

Tez orada joriy yilgi kirish ballari haqida ham tahlillarimni eʼlon qilaman. Unda ham koʻrish mumkinki, kirish ballari anchayin past, Oʻzbekistondagi barcha yoʻnalishlarning 70%ida kirish bali 100 baldan past boʻlgan. Boshqacha aytganda 100 ball toʻplay olgan abituriyent 2720 ta yoʻnalishga kira olar edi. Demak, oʻqishga kirish aslida qiyinmas, shunchaki ommaviy bilimsizlik bizni qamrab olgan.

Raqamlardan koʻrinib turibdiki, abituriyentlarning umumiy bilim darajasi ancha past. Yillar davomida taʼlimning tashlab qoʻyilgani, bugun oʻzining salbiy «mevasini» bermoqda. Bu bizni koʻproq tashvishga solishi, xalq taʼlimi tizimiga bor kuchimizni, mablagʻimizni ayamasdan tashlashimiz kerakligini anglatadi.

https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6