Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim Bugun | Rasmiy

Telegram kanalining logotibi talim_bugun — Ta'lim Bugun | Rasmiy T
Telegram kanalining logotibi talim_bugun — Ta'lim Bugun | Rasmiy
Kanal manzili: @talim_bugun
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.53K
Kanalning ta’rifi

Oʻqituvchilar, talabalar va abituriyentlar uchun taʼlimga oid eng soʻngi yangiliklar barchasi @talim_bugun kanalida!
Reklama @javodbekn

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2022-05-10 10:51:02
Nodavlat oliy ta'lim muassalari diplomlari O'zbekistonda tan olinadimi

Turin, Inha, Yodju, Webster va MDIS kabi STARS Internetional University, ISFT Instituti hamda PROFY university kabi nodavlat ta'lim muassasi bo'lib, diplomlari O'zbekistonda tan olinadimi?

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6
5.4K views07:51
Ochish/sharhlash
2022-05-06 08:38:02
Qabul-2022: Bu yil abituriyentlar o'tgan yilgidan boshqacha baholanadi

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6
5.8K views05:38
Ochish/sharhlash
2022-05-06 08:22:16
Imtihonda telefon yoki shpargalka bilan qoʻlga tushgan abituriyentlar birdaniga 5-7 yilgacha chetlashtirilishi mumkin.

DTM Adliya vazirligi va Bosh prokuratura bilan hamkorlikda taqiqlangan vositalardan foydalangan abituriyentlar uchun qonuniy choralar koʻrish yoʻllari ustida ishlamoqda.

Barcha abituriyentlarga ulashing
https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6
5.6K views05:22
Ochish/sharhlash
2022-05-04 12:01:02
Rasman! Bu yilgi kirish imtihonlarning 15% testlari murakkab darajadagi testlar boʻladi!

DTM boshqarma boshligʻi Zafarbek Olimbekovning qayd etishicha, kirish imtihonlarida tushadigan testlar sodda, oʻrta va murakkab darajalarga boʻlinadi.

Test variantidagi savollar soni 100 foiz deb olsak, 15 foizi oson darajada, 70 foizi oʻrta qiyinlik darajada, qolgan 15 foizi esa murakkab darajada boʻladi.

Mutaxassislik fanlar blokidagi birinchi va ikkinchi fanlardan tuzilgan testlar qiyinlik darajasiga koʻra bir-biridan farq qilmaydi. Lekin majburiy fanlar blokidagi: ona tili, matematika hamda Oʻzbekiston tarixi fanlaridan beriladigan test savollari mutaxassislik fanlariga qaraganda soddaroq boʻladi. 

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6
148 views09:01
Ochish/sharhlash
2022-05-02 18:17:02 Oʻqishga kirishda beriladigan imtiyozlar xatlovdan oʻtkaziladi!

Oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun berilgan imtiyozlarni xatlovdan oʻtkazib, ularni qayta koʻrib chiqqan holda yagona hujjatda qatʼiy roʻyxatini shakllantirish hamda ushbu imtiyozlarni umumiy kvotaga kiritmaslik toʻgʻrisidagi qoidani belgilash rejalashtirilmoqda.

Bunda:

oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda imtiyozlar berishni toʻliq raqamlashtirish hamda elektron platforma orqali amalga oshirilishini yoʻlga qoʻyish;
oʻqishga kirishda imtiyozlar berishning shaffof tartibini belgilash amalga oshiriladi.

Xulosa: Imtiyozlar aslo bekor qilinmaydi. Shunchaki, umumiy kvotadan chiqarilishi va tizim raqamlashtirishi kutilmoqda xolos.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6
5.8K views15:17
Ochish/sharhlash
2022-05-02 05:14:08
Qadrli yurtdoshlar!

Davlat test markazi barchani dillarimizga quvonch, dasturxonlarimizga qut-baraka, oilamizga tinchlik ne’matlarini olib keluvchi, mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ramzi bo‘lgan Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) bilan samimiy muborakbod etadi!

Xalqimizni marhamatli Alloh ezgulik va shukronalik, Haq yo‘lida sobitqadamlik bilan siylasin! Orzularingiz ijobatini ziyodasi bilan tuhfa etsin! Ramazon oyining muqaddas kunlarida qilingan savob ishlaringiz, pok niyatlaringiz, ibodatlaringiz va ezgu duolaringiz ro‘yobi nasib etsin!

Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!


https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6
5.8K viewsedited  02:14
Ochish/sharhlash
2022-04-30 11:17:18
Akademik litseylar bitiruvchilari uchun chet tili imtihonlari

28-29-aprel kunlari akademik litseylar bitiruvchi bosqich o‘quvchilarining chet tilini bilish darajasini aniqlash uchun malaka imtihoni bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910 qaroriga asosan bepul tarzda tashkil etilgan malaka imtihonining tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish qismi yakunlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan test sinovida jami 4 604 nafar talabgordan 4 049 nafari (87,9%) ishtirok etdi, 555 nafari (12,1%) test sinovlarida qatnashmadi. Shuningdek, amaldagi tartibni buzganligi uchun 9 nafar test topshiruvchi jarayondan chetlashtirildi.

Mazkur jarayonning gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 17-20- va 23-25-may kunlari o‘tkazilishi belgilangan.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E
5.9K views08:17
Ochish/sharhlash
2022-04-29 10:29:02
Қабул-2022: Абитуриентларни баҳолаш мезони ўзгарди, бу 5 та йўналишни танлаш қамровини ҳам ўзгартиради

Энди абитуриентларга ўтган йилгидек мутахассислик блокидаги 2 та фан учун ҳам бирдай 3,1 баллдан берилмайди, 2-фанга 2,1 баллдан берилади. Мутасаддилар бундай ўзгариш нега киритилганига изоҳ беришди.

https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E
5.9K views07:29
Ochish/sharhlash
2022-04-28 14:05:31 Texnikum bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalarining 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘lgan o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Ushbu ro‘yxat orqali texnikum bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalarining qaysi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qishni davom ettirishlari mumkinligini bilish mumkin.

Ma’lumot uchun, 2022/2023-o‘quv yili qabulidan boshlab texnikumlarda o‘rta maxsus professional ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-bosqichdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega.

https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E
6.0K views11:05
Ochish/sharhlash
2022-04-27 16:17:03 2022-2023-o‘quv yilidan yangi Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti o‘z faoliyatini boshlaydi

Birinchi o‘quv yilida universitetda 7 ta mutaxassislik bo‘yicha 200 nafar talaba o‘qitiladi.

Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev agrar sohada ta’limni yanada rivojlantirish masalalari hamda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi loyihalarning borishi yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilishda aytib o‘tdi.

2022-2023-o‘quv yilidan yangi Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti o‘z faoliyatini boshlaydi

Birinchi o‘quv yilida universitetda 7 ta mutaxassislik bo‘yicha 200 nafar talaba o‘qitiladi.

https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E
6.1K views13:17
Ochish/sharhlash