Get Mystery Box with random crypto!

Qabul — 2022: Joriy yilda abituriyent-yoshlar uchun qanday yan | Ta'lim Bugun | Rasmiy

Qabul — 2022: Joriy yilda abituriyent-yoshlar uchun qanday yangiliklar kutilmoqda?

Abituriyentlarga bir vaqtning o‘zida bir nechta ta’lim shakliga hujjat topshirish imkoni berilishi kutilmoqda. Bu fanlar ketma-ketligi mos kelsa, sirtqi, kunduzgi, kechki yoki masofaviy shakli aralash holda 5 ta yo‘nalishni tanlash mumkin bo‘lishini bildiradi. Hozirga qadar abituriyentlar faqat bir ta’lim shaklini tanlashi mumkin edi.

Mazkur yangilik qabul kvotasiga oid Prezident qarori loyihasida ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, qaror loyihasi bilan O‘zbekistonda ilk marta masofaviy ta’lim uchun kvotalar ajratilmoqda.

Bundan tashqari, xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha — 100 nafar kvota ajratilishi kutilmoqda.

https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6