Get Mystery Box with random crypto!

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Telegram kanalining logotibi talabauz — Talaba.uz | Rasmiy kanal | T
Kanaldagi mavzular:
Статистика
Qabul
Abituriyent
Telegram kanalining logotibi talabauz — Talaba.uz | Rasmiy kanal |
Kanaldagi mavzular:
Статистика
Qabul
Abituriyent
Kanal manzili: @talabauz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13.88K
Kanalning ta’rifi

Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal
▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari
Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!
Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz
Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 141

2022-01-14 04:45:10
JUMA AYYOMINING BAROKATI SIZGA MUKAMMAL YOG'ILSIN, AZIZ DINDOSHIM!

Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi siz-u bizlarga boʻlsin

Do'stlaringizga ulashing
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
8.1K views01:45
Ochish/sharhlash
2022-01-13 22:05:25
14 - yanvar Vatan himoyachilari kuni!

Bugungi bayram bilan barcha yigitlarimizni va Vatan oldidagi xizmat burchini o'tayotgan askarlarimizni (qiz va yigit) chin qalbimizdan tabriklaymiz.

Kecha-yu kunduz tinchligimiz uchun jon kuydirib xizmat qilayotgan Vatan himoyachilarimizning umri uzoq bo'lsin Rahmat sizlarga. Bayram muborak...

Armiyaga bormaganlar borib kelsin

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
2.6K viewsedited  19:05
Ochish/sharhlash
2022-01-13 15:41:02 15-yanvardan o‘qishni tiklash bo‘yicha arizalar qabuli boshlanadi

Talabalar o‘qishini bahorgi semestrga qayta tiklash bo‘yicha ariza topshirish 15-yanvardan 25-yanvarga qadar davom etadi. Arizalar 25-yanvardan 15-fevralgacha ko‘rib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi.

Talabalar safidan chetlashtirilganlar o‘qishini boshqa OTMga mos ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirish uchun ariza berishi mumkin. O‘qishga qayta tiklash to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Quyidagilar o‘qishga davlat granti asosida qayta tiklanishi mumkin:

yetimlar, I va II guruh nogironligi bo‘lganlar;
muddatli harbiy xizmatni o‘tagan (zaxiraga bo‘shaganidan 3 yilda) akademik ta’tildan belgilangan muddatda qaytganlar;
davlat buyurtmasi bilan xorijga o‘qishga yuborilgan va belgilangan muddatda qaytganlar.

Talaba.uz rasmiy kanali

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
7.4K views12:41
Ochish/sharhlash
2022-01-13 15:10:56 Bizning o'quv markazimizda malakali ustozlardan online ta'lim olishingiz mumkin.

Rus tili (razgovorniy) 80.000 so‘m
Fransuz tili 70.000 so‘m
Ona tili va adabiyoti 70.000 so‘m
Ingliz tili – 0 dan boshlangan guruh 80.000 so‘m
Koreys tili 80.000 so‘m
Nemis tili (B1. B2)
–B1 guruh 80.000 so‘m
–B2 guruh 90.000 so‘m
Biologiya 70.000 so‘m
Kimyo 70.000 so‘m
Matematika 70.000 so‘m
Fizika 70.000 so‘m
Tarix 70.000 so‘m
Rus tili (grammatika abituriyent tayyorlash) 100.000 so‘m

Bizning o'quv markaz ishonchli.
Biz bilan sifatli ilm oling

Shoshiling joylar chegaralangan.

Murojaat uchun
@Masofaviy

Shu profillarga murojaat qiling.

––––––––––––––––––––––––
Рус тилини ўргатамиз
@Rus_online_edu

Obuna bòling
https://t.me/joinchat/1VAdMvZ08vY5Y2My
7.7K viewsedited  12:10
Ochish/sharhlash
2022-01-13 08:22:15
O‘zbekistonda koronavirusga chalinayotganlar soni oshib boryapti

12-yanvar kuni 710 kishida virus aniqlangan. Bir kunda kasallanganlar 100 kishiga ko‘paygan. Bir necha kun oldingi bilan solishtirganda esa kunlik kasallanishlar 300dan oshgan.

SSV vaziyat poytaxt Toshkentda og'irroq ekanini ma'lum qilgandi.

P.s: Maxsus komissiya vaziyat og'irlashsa, barcha ta'lim muassasalari masofaviy (onlayn) ta'limga o'tkazilishini aytgandi.

Agar ahvol shu darajada bo'ladigan bo'lsa, tezroq masofaviy ta'limga o'tkazilgan ma'qul. Yana talabalarni sarson qilib, bilet olib yana uni qayta topshirish... (((

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
10.6K views05:22
Ochish/sharhlash
2022-01-12 21:44:59
Haligacha uylanmagan bo'ydoqlar uchun Putindan maxsus qo'shiq

Gap yo'q montaj uchun kamida 1 hafta vaqt sarflagan shekilli)

Bo'ydoqlarga yuboramiz
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg


ㅤ ♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
3.3K viewsedited  18:44
Ochish/sharhlash
2022-01-12 16:47:52 ​​«Uzbekistan Airways» talabalar uchun qo‘shimcha qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

Qo‘shimcha reyslar 20 – 23 yanvar kunlari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi

20 yanvar

Toshkent – Urganch 12:50/14:20
Urganch – Toshkent 15:00/16:20

Toshkent – Nukus 19:00/20:40
Nukus – Toshkent 21:20/22:40

21 yanvar

Toshkent – Urganch 12:50/14:20
Urganch – Toshkent 15:00/16:20

Toshkent – Buxoro 07:30/08:40
Buxoro – Toshkent 09:20/10:20

23 yanvar

Toshkent – Farg‘ona 12:50/13:40
Farg‘ona – Toshkent 14:20/15:10

Toshkent – Qarshi 08:00/09:00
Qarshi – Toshkent 09:40/10:40

Toshkent – Termiz 07:30/08:50
Termiz – Toshkent 09:30/10:40

Toshkent – Buxoro 07:30/08:40
Buxoro – Toshkent 09:20/10:20

Toshkent – Urganch 12:50/14:20
Urganch – Toshkent 15:00/16:20

Toshkent – Andijon 12:30/13:30
Andijon – Toshkent 14:10/15:00.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
10.5K viewsedited  13:47
Ochish/sharhlash
2022-01-12 11:15:28 Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTMlarga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi tasdiqlandi

Hukumat qarori (17-son, 11.01.2022) bilan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Mazkur Nizom bilan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarining 2-bosqichidan o‘qishini davom ettirish uchun qabul qilish tartibi belgilandi.

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga texnikumdagi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari "5 (a’lo)" va "4 (yaxshi)", biroq o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun kamida 85 foizi) "5 (a’lo)" bo‘lgan bitiruvchilar kiradi.

Mazkur tartib 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, bitiruvchi texnikumni tamomlagan yildan boshlab ikki yil mobaynida tatbiq etiladi.

Yuqorida qayd etilgan toifaga kirmaydigan hamda texnikumni bitirganiga ikki yildan oshganlar o‘qishga kirish istagini bildirganda ularni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

O‘qishga qabul qilish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Bitiruvchilar har yili 5 iyuldan 25 iyulga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadilar.

Bunda bitiruvchilar

pasport yoki ID-karta nusxasi,

texnikumni bitirganlik to‘g‘risidagi hujjat

va unga ilovaning nusxasini yuklashi talab etiladi:

Onlayn ro‘yxatdan o‘tgan bitiruvchilarning tizimga yuklangan hujjatlari oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan har yili 5 avgustga qadar o‘rganib chiqiladi

O‘rganish natijalari bo‘yicha abituriyentlarning shaxsiy kabineti orqali ularga xabar beriladi.

Bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan suhbat jarayoni har yili 10 avgustdan 25 avgustgacha, oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan muddatda o‘tkaziladi.

Ushbu Nizom

oliy harbiy, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga;

Toshkent davlat yuridik universitetiga;

O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Ta’lim inspeksiyasi

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
8.6K views08:15
Ochish/sharhlash
2022-01-12 09:31:02
Telegram ijtimoiy tarmog'ida qishki ta’til "9-martga qadar uzaytirilgani" haqida xabar tarqalyapti

Xozircha bunaqa xabar yo‘q, bu talaba yigitlarning 8-martda qizlarga sovg‘a bermaslik uchun tarqatgan xabari bo‘lishi mumkin, ishonib qolmang))

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
9.1K viewsedited  06:31
Ochish/sharhlash
2022-01-12 09:02:07
Yaqinlaringizni 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan kreativ tabriklang!

Siz uchun maxsus tabriknoma bot tayyorladik. Faqat kerakli rasmni tanlab, ismni kiritsangiz kifoya.

Rahmatni keyin aytasiz. Sinab ko'ring:
@vatanparvar_tabrikbot
7.9K views06:02
Ochish/sharhlash