Get Mystery Box with random crypto!

Davlat inspektsiyasi ogohlikka chaqirdi: O‘zbekistonda soxta u | Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Davlat inspektsiyasi ogohlikka chaqirdi: O‘zbekistonda soxta universitetlar bor

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi soxta oliy ta’lim muassasalaridan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Inspektsiyaning qayd etishicha, so‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda litsenziyaga ega bo‘lmagan bir qator tashkilotlar o‘zlarini nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari sifatida targ‘ib qilish holatlari uchramoqda. Xususan, ko‘pchilik “Valley Innovative University”, Samarqand – Koreya xalqaro universiteti, Angren – Koreya internatsional universiteti, Xalqaro Yevropa universiteti va boshqa shu kabi muassasalar tomonidan berilgan diplomlar O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasasi diplomi sifatida tan olinadimi?” deb murojaat qilmoqda.

Ularning ayrimlari hattoki xorijda ta’lim olayotgan yurtdoshlarimizga o‘qishlarini O‘zbekistonga imtihonsiz ko‘chirish bo‘yicha va’dalar berayotganligi aytilmoqda.

“Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi yuqorida nomi keltirilgan ta’lim tashkilotlari O‘zbekistonda oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish huquqini beruvchi hech qanday litsenziyaga ega emasligini ma’lum qiladi.

Qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq, Ta’lim inspektsiyasidan oliy ta’lim xizmatlari ko‘rsatish uchun litsenziya olmagan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan berilgan diplomlar tan olinmaydi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasiga asosan, nodavlat ta’lim tashkilotlari litsenziya olingan kundan e’tiboran ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanishga haqlidir”,
– deyiladi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi bayonotida.
AZON.UZ

Talabalar rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg