Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar | Rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi talabalar — Talabalar | Rasmiy kanali T
Telegram kanalining logotibi talabalar — Talabalar | Rasmiy kanali
Kanal manzili: @talabalar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 46.26K
Kanalning ta’rifi

• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!
• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!
• Reklama va hamkorlik: @MenedjerUzb

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2024-01-05 08:19:04
Tark etishingiz kerak bolgan 5ta odat

Dangasalik;

Tavakkal qilishdan qo'rqish;

O'tmishdan afsuslanish;

Kelajakdan xavotir olish;

"Ertadan" deb vaqtni surish orqali vaqt yo'qligi haqida bahonalar yaratish.



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
17.9K views05:19
Ochish/sharhlash
2024-01-04 08:30:52
10 ming soat sarflashga tayyor bo‘lgan yo‘nalishingiz bormi?

Agar kimdir bir yo‘nalishda mahoratli bo‘lishni istasa, u kuniga o‘rtacha 5 soat o‘rganish uchun vaqt sarflasa, taxminan, 5 yildan oshiqroq vaqtda professional darajaga chiqishi mumkin. Bu – 10 ming soat qoidasi.

10 ming soat qoidasiga ko‘ra, biror sohada muvaffaqiyatga erishishni istagan odam unga yetarlicha vaqt sarflasa va e’tibor qaratsa, iqtidor darajasidan qat’i nazar natijaga erishishi mumkin.

Bunda aniq maqsadga yo‘naltirilgan amaliyot olib borish va inson o‘zi o‘rganayotgan narsasiga kuchli diqqat qarata olishi kerak bo‘ladi. Qoidaning muvaffaqiyati ham shunda.

Siz bu qarashga qo‘shilasizmi?



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
19.3K views05:30
Ochish/sharhlash
2024-01-03 08:37:39 Yangi 2024-yil boshlandi. Bu yilda ta’limni qanday o‘zgarishlar kutyapti?

Yangi tibbiyot yo'nalishlari

2024/2025-o‘quv yilidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Chirchiq filialida “sport shifokori”, “sport dietologi”, “sport farmakologi” bilan birga “sport psixologi” mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

Qabuldagi o'zgarish

2024-yildan abituriyentlar uchun "avval test, keyin tanlov" tartibi amal qiladi. Bunda abituriyent avval imtihon topshirib, keyin to‘plagan balliga qarab OTM yo‘nalishlarini tanlaydi.

Majburiy jismoniy tarbiya

2024-2025-o‘quv yilidan boshlab, tajriba sifatida Surxondaryo viloyatidagi barcha OTMlarning ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejasiga “Jismoniy tarbiya va sport” fani kiritiladi.

Yangicha attestatsiya

2024-yildan o'qituchilar yangi tartibda 2 bosqichli attestatsiya topshirishadi.

Sertifikat

Maktab direktorlari lavozimda qolishi uchun menejerlik sertifikati olishlari kerak.

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
21.7K views05:37
Ochish/sharhlash
2023-12-31 22:09:44
yil Muborak!

Yangi yilda barcha hayrli ishlaringizda sizga omad yor bo‘lsin. Qalbingizdan quvonch, dasturxoningizdan qut-baraka va oilangizdan shodu hurramlik aslo arimasin. Yangi yil qutlug‘ bo‘lsin!

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
24.5K viewsedited  19:09
Ochish/sharhlash
2023-12-28 17:40:36
Ukasi yo singlisining kontraktini to‘layotganlarga ham soliq imtiyozi berish taklif qilindi

Hozir bolasi uchun kontrakt to‘layotgan ota-onalarga, turmush o‘rtog‘ining kontraktini to‘layotgan fuqarolarga va o‘zining kontraktini to‘laydigan talabalarga 12 foiz daromad solig‘i qaytarib beriladi.

Lekin o‘zining uka yo singlisi, akasi uchun kontrakt to‘laydigan farzandlarga bu imtiyoz berilmagan.

Shuning uchun ham Ombudsman ta’lim xarajatlarini qoplayotgan boshqa farzandlar, ya’ni opasini, singlisini, akasini, ukasini o‘qishiga yordam berayotgan aka-uka va opa-singillarga nisbatan ham soliq imtiyozini qo‘llashni taklif qilmoqda.

Instagram'da bizni kuzating :)

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
23.6K views14:40
Ochish/sharhlash
2023-12-27 14:34:28
Qiyin yo’llarni tanlang - qiynalmaysiz!

Sport - qiyin, sog’liq pand berishni boshlaganda tiklash - yanada qiyinroq.

Muammolarni gaplashish qiyin, yechilmagan muammolardan kelgan arazlash, ajralish - qiyinroq.

O’qish, o’rganish qiyin. Bilimsizlik sabab yaxshi Ish topolmay tentirash - qiyinroq.

Qiyin ishlarni tanlaganda, aslida osonroq hayotni tanlayapmiz.

Oson yo’llarni tanlayotganda - qiyin hayotni tanlayapmiz. Shunchaki u hayot hali kelmagani uchun - bilmayapmiz.

Instagram'da bizni kuzating :)

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
22.2K views11:34
Ochish/sharhlash
2023-12-23 07:39:58
Talabalar uchun voha viloyatlariga qo'shimcha avtobuslar qo'yildi

23-dekabr kuni soat 10 dan eʼtiboran Toshkent shahri, Talabalar shaharchasida joylashgan Oʻzbekiston Milliy universiteti (moʻljal: Beruniy metrosi) bosh binosi qarshisidagi maydonda (kirish darvozasi, arka oldida) Toshkent shahrida tahsil oluvchi va qishki taʼtil munosabati bilan doimiy yashash joylariga joʻnab ketuvchi talabalar uchun qoʻshimcha avtobus yoʻnalishlari tashkil etildi.

Avtobuslar qatnovi talab (buyurtma) mavjud boʻlgan quyidagi yoʻnalishlarda tashkil etilmoqda:

Toshkent — Olot (Buxoro);
Toshkent — Qarshi;
Toshkent — Termiz.

Chiptalar Oʻzbekiston Milliy universiteti bosh binosida tashkil etilgan sayyor kassada sotiladi.

Izoh: Toshkent-Olot (Buxoro) yoʻnalishi boʻyicha avtobuslar Jizzax, Samarqand, Navoiyga boradigan talabalar uchun yoʻnalishda belgilangan narxlarda xizmat koʻrsatishi mumkin.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Namangan, Fargʻona, Andijon viloyatlariga joʻnab ketuvchi talabalar uchun alohida qoʻshimcha temir yo'l vagonlari tashkil etilgan. Ushbu yoʻnalishlarda imtiyozli temiryoʻl chiptalari Oʻzbekiston Milliy universiteti bosh binosida tashkil etilgan sayyor kassa (moʻljal: Beruniy metrosi) orqali beriladi.

Instagram'da bizni kuzating :)

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
14.6K views04:39
Ochish/sharhlash
2023-12-20 11:21:48
Qanday qilib rejali tarzda maqsadga erishish mumkin?

Oldingizga qo‘ygan maqsadingiz real va erishish imkoni bor bo‘lsin;

Kunlik topshiriqlarni mayda bo‘laklarga taqsimlab oling;

Kuchsizlanib qolmaslik uchun doimiy tanaffuslar qiling;

Har bir kichikroq muvaffaqiyatni ham nishonlang;

Sizga birga shug‘ullanishda yaxshi sherik va mentor bo‘lsa, bu ham yaxshi variant;

O‘zingizni mukofotlab turing.

Instagram'da bizni kuzating :)

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
17.6K views08:21
Ochish/sharhlash
2023-12-18 17:03:01
Sessiya qachon ekan?

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
21.8K views14:03
Ochish/sharhlash
2023-12-17 06:09:53
Shaka boom

Instagram'da bizni kuzating :)

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
23.6K viewsedited  03:09
Ochish/sharhlash