Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar uchun voha viloyatlariga qo'shimcha avtobuslar qo'yi | Talabalar | Rasmiy kanali

Talabalar uchun voha viloyatlariga qo'shimcha avtobuslar qo'yildi

23-dekabr kuni soat 10 dan eʼtiboran Toshkent shahri, Talabalar shaharchasida joylashgan Oʻzbekiston Milliy universiteti (moʻljal: Beruniy metrosi) bosh binosi qarshisidagi maydonda (kirish darvozasi, arka oldida) Toshkent shahrida tahsil oluvchi va qishki taʼtil munosabati bilan doimiy yashash joylariga joʻnab ketuvchi talabalar uchun qoʻshimcha avtobus yoʻnalishlari tashkil etildi.

Avtobuslar qatnovi talab (buyurtma) mavjud boʻlgan quyidagi yoʻnalishlarda tashkil etilmoqda:

Toshkent — Olot (Buxoro);
Toshkent — Qarshi;
Toshkent — Termiz.

Chiptalar Oʻzbekiston Milliy universiteti bosh binosida tashkil etilgan sayyor kassada sotiladi.

Izoh: Toshkent-Olot (Buxoro) yoʻnalishi boʻyicha avtobuslar Jizzax, Samarqand, Navoiyga boradigan talabalar uchun yoʻnalishda belgilangan narxlarda xizmat koʻrsatishi mumkin.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Namangan, Fargʻona, Andijon viloyatlariga joʻnab ketuvchi talabalar uchun alohida qoʻshimcha temir yo'l vagonlari tashkil etilgan. Ushbu yoʻnalishlarda imtiyozli temiryoʻl chiptalari Oʻzbekiston Milliy universiteti bosh binosida tashkil etilgan sayyor kassa (moʻljal: Beruniy metrosi) orqali beriladi.

Instagram'da bizni kuzating :)

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi