Get Mystery Box with random crypto!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)

Telegram kanalining logotibi surxondaryoadliya — Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa) S
Telegram kanalining logotibi surxondaryoadliya — Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
Kanal manzili: @surxondaryoadliya
Toifalar: Qarzlar, soliqlar va qonunlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.84K
Kanalning ta’rifi

👉 Ushbu kanalda sizga siyosiy, huquqiy va boshqa mavzularda yangiliklar berilib boriladi.
📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.
Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2023-06-09 15:51:35
#Mehnat_huquqi

Mehnat kodeksida ta'tillar borasida oldingi mehnat kodeksidan farq qiladigan qanday yangi tartiblar belgilangan?

Termiz shahar adliya bo'limi YXKM bosh yuriskonsulti V.Nazarov

Kanalga ulanish   https://t.me/surxondaryoadliya

Telegram I Facebook I Youtube I Web-site
259 viewsУлуғов, 12:51
Ochish/sharhlash
2023-06-09 15:43:29
#Mehnat_huquqi

Kimlar yakka tartibdagi mehnat nizosining ko'rib chiqilishi uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega?

Denov tuman adliya bo'limi YXKM boshlig'i Sh.Xo'jamqulov

Kanalga ulanish   https://t.me/surxondaryoadliya

Telegram I Facebook I Youtube I Web-site
262 viewsУлуғов, 12:43
Ochish/sharhlash
2023-06-09 09:50:42 #Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitusiyamizning 7-moddasida "Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. O'zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko'zlab va O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan organlar tomonidangina amalga oshiriladi. Konstitusiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o'zlashtirish, hokimiyat organlari faoliyatini to'xtatib qo'yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitusiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo'ladi", deb belgilangan.

Mazkur moddada hokimiyatning yagona manbai xalq ekanligining belgilanishi, davlat boshqaruvni amalga oshirishda vakolatni xalqdan olishini anglatadi.

Konstitusiyada davlat hokimiyati – qonun chiqaruvchi organ – Oliy Majlis, sud hokimiyati – Oliy sud va Konstitusiyaviy sud, ijro hokimiyati esa Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshirilishi mustahkamlangan,

Prezident esa davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta'minlaydi.

Xalq davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi organ va mansabdor shaxslarni saylashda, tayinlashda bevosita yoki vakillari orqali ishtirok etadi.

Konstitusiyaga xilof ravishda davlat hokimiyati vakolatlarini har qanday shaklda egallab olish taqiqlanadi va javobgarlikka sabab bo'ladi.

Video:



Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
329 viewsУлуғов, 06:50
Ochish/sharhlash
2023-06-09 04:24:10
INSON HUQUQLARI OLIY QADRIYAT
MEHNAT HUQUQLARINI O'RGANAMIZ

Angor tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman hokimligi va boshqa tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida “Inson huquqlari oliy qadriyat” va "Mehnat huquqlarini o'rganamiz" huquqiy aksiyalari doirasida tumanning eng olis chekka hududlaridan biri bo‘lgan “Ilg‘or” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.

O‘tkazilgan sayyor qabul davomida “Ilg‘or” hamda “Bahor” mahallalarining fuqarolaridan kelib tushgan 15 ta turli masalalarga oid murojaatlar yuzasidan joyida huquqiy tushuntirishlar berilishi bilan bir qatorda 10 ga yaqin fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi hamda 8 nafar fuqaroning o'rganish muddat talab etadigan murojaatlari adliya bo'limi ish yurituviga olindi.

Kanalga ulanish   https://t.me/surxondaryoadliya

Telegram I Facebook I Youtube I Web-site
435 viewsУлуғов, 01:24
Ochish/sharhlash
2023-06-08 15:51:33
DIQQAT, EʼLON!

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish tizimida texnik-profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu sababdan, Haydovchilik guvohnomasini almashtirish davlat xizmatlaridan foydalanishda vaqtincha uzilishlar yuzaga kelmoqda.

Yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha soha mutaxassislari tomonidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Texnik-profilaktik tadbirlar yakunlangani haqida qoʻshimcha xabar beriladi.

Kanalga ulanish   https://t.me/surxondaryoadliya

Telegram I Facebook I Youtube I Web-site
1.0K viewsУлуғов, 12:51
Ochish/sharhlash
2023-06-08 15:00:55
#Bu_muhim

Surxondaryo viloyatida biometrik pasportni ID kartaga qayerda almashtirish mumkin?

Bugungi kunda biometrik pasportlaringizni ID-kartaga almashtirish uchun istalgan Ichki ishlar organlari yoki tegishli Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Batafsil yuqoridagi infografikada

Eslatma: Yo‘qolgan pasportni tiklash uchun faqat IIBga murojaat qilinadi.

Davlat xizmatlari markazlari manzillari ro'yxati

Kanalga ulanish   https://t.me/surxondaryoadliya

Telegram I Facebook I Youtube I Web-site
1.0K viewsУлуғов, 12:00
Ochish/sharhlash
2023-06-08 13:18:11
#Ҳуқуқий_ахборот_минбари

Меҳнат ҳуқуқлари бўйича экперт билан суҳбат ўтказилади

Хабарингиз бор, Адлия вазирлиги томонидан “Меҳнат ҳуқуқларимизни ўрганамиз“ ҳуқуқий акцияси ўтказилмоқда. 

Акция доирасида Меҳнат кодекси бўйича аввалги ва янги тартибларни қиёсий тушунтириш ҳамда бу орқали фуқароларнинг ҳуқуқий билимларини янада ошириш мақсадида экперт билан суҳбат ташкил этилади.

Овозли чат 9 июнь куни соат 17:00 да Huquqiy axborot телеграм каналида бошланади.

Суҳбат спикери: Муҳаммадамин Каримжонов Тошкент давлат юридик университети масъул ходими.

Саволларингизни @mehnatpodkast_bot телеграм боти орқали олдиндан ёки тўғридан-тўғри онлайн мулоқот вақтида беришингиз мумкин.

Мазмунан бир-бирига яқин саволларга умумлаштирилган ҳолда жавоб берилади.

Эслатиб ўтамиз, суҳбатнинг 2 июндаги сонини бу ерда кузатишингиз мумкин.

Kanalga ulanish   https://t.me/surxondaryoadliya

Telegram I Facebook I Youtube I Web-site
778 viewsУлуғов, 10:18
Ochish/sharhlash
2023-06-08 10:58:31
#Bilasizmi

Chet elga chiqish taqiqini qanday aniqlash mumkin?

Chet elga sayohat qilishni rejalashtirishdan oldin barchasini tekshirib olgan maʼqul, xususan turli yoʻnalishdagi qarzdorliklarni mavjud yoki mavjudmasligini ham.

Maʼlum bir shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishga vaqtinchalik cheklov bor yoʻqligini onlayn tekshirish mumkin.

Buning uchun my.gov.uz portalida mavjud davlat xizmati orqali tekshirish mumkin.

Kanalga ulanish   https://t.me/surxondaryoadliya

Telegram I Facebook I Youtube I Web-site
1.1K viewsУлуғов, 07:58
Ochish/sharhlash
2023-06-08 10:13:35 DIQQAT

BUGUN OXIRGI KUN

30-maydan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning OTM ga o‘qishga kirishlari uchun taviyanomaga arizalarni qabul qilish boshlangan edi. Arizalarni qabul qilish muddati bugun tugaydi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi VMQ-402-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan,

  Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga OTMga kirishda davlat granti asosidagi qabul doirasidagi tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berilishi va ushbu tavsiyanomaga asosan ular oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli ravishda o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi

Tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:

kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar;

to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

2 va undan ortiq farzandini tarbiyalayotgan, qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;

ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham I yoki II guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

Yaqinlaringizga ushbu ma’lumotni yetkazib qo‘yishni unutmang!

Kanalga ulanish  
https://t.me/surxondaryoadliya

Telegram I Facebook I Youtube I Web-site
1.2K viewsУлуғов, 07:13
Ochish/sharhlash
2023-06-08 09:52:13
#Mehnat_huquqi

Ishni o‘qish bilan birga olib borayotgan xodimlar ikkinchi mutahassislikka o‘qisa, ish haqi saqlanmaydimi?

Maktabimiz informatika o‘qituvchisi hozirda ikkinchi mutahassislik bo‘yicha TerDUninig matematika yo‘nalishi sirtqi ta’lim shaklida tahsil olmoqda, tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markaziga buyruq loyihasida “Ish haqi saqlangan holda o‘quv ta’tiliga yuborilsin” degan mazmunda buyruq chiqarsak, markaz xodimi “Ish haqi saqlanishi uchun ish beruvchi tomonidan ichki hujjatlar, mehnat shartnomasi yoki ish beruvchi va xodim o‘rtasida tuzilgan alohida kelishuv bormi” deb hujjatni qaytardi, endi bakalavrni tugatgan xodim ikkinchi mutahassislikka o‘qisa, ish haqi saqlanmaydimi?

HUQUQSHUNOS JAVOBI

Denov tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Xatamov

Kanalga ulanish   https://t.me/surxondaryoadliya

Telegram I Facebook I Youtube I Web-site
910 viewsУлуғов, edited  06:52
Ochish/sharhlash