Get Mystery Box with random crypto!

INSON HUQUQLARI OLIY QADRIYAT MEHNAT HUQUQLARINI O'RGANAMIZ | Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)

INSON HUQUQLARI OLIY QADRIYAT
MEHNAT HUQUQLARINI O'RGANAMIZ

Angor tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman hokimligi va boshqa tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida “Inson huquqlari oliy qadriyat” va "Mehnat huquqlarini o'rganamiz" huquqiy aksiyalari doirasida tumanning eng olis chekka hududlaridan biri bo‘lgan “Ilg‘or” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.

O‘tkazilgan sayyor qabul davomida “Ilg‘or” hamda “Bahor” mahallalarining fuqarolaridan kelib tushgan 15 ta turli masalalarga oid murojaatlar yuzasidan joyida huquqiy tushuntirishlar berilishi bilan bir qatorda 10 ga yaqin fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi hamda 8 nafar fuqaroning o'rganish muddat talab etadigan murojaatlari adliya bo'limi ish yurituviga olindi.

Kanalga ulanish   https://t.me/surxondaryoadliya

Telegram I Facebook I Youtube I Web-site