Get Mystery Box with random crypto!

DIQQAT BUGUN OXIRGI KUN 30-maydan ehtiyojmand oilalar | Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)

DIQQAT

BUGUN OXIRGI KUN

30-maydan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning OTM ga o‘qishga kirishlari uchun taviyanomaga arizalarni qabul qilish boshlangan edi. Arizalarni qabul qilish muddati bugun tugaydi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi VMQ-402-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan,

  Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga OTMga kirishda davlat granti asosidagi qabul doirasidagi tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berilishi va ushbu tavsiyanomaga asosan ular oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli ravishda o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi

Tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:

kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar;

to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

2 va undan ortiq farzandini tarbiyalayotgan, qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;

ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham I yoki II guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

Yaqinlaringizga ushbu ma’lumotni yetkazib qo‘yishni unutmang!

Kanalga ulanish  
https://t.me/surxondaryoadliya

Telegram I Facebook I Youtube I Web-site