Get Mystery Box with random crypto!

#Konstitutsiyani_oʻrganamiz Konstitusiyamizning 7-moddasida ' | Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)

#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitusiyamizning 7-moddasida "Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. O'zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko'zlab va O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan organlar tomonidangina amalga oshiriladi. Konstitusiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o'zlashtirish, hokimiyat organlari faoliyatini to'xtatib qo'yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitusiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo'ladi", deb belgilangan.

Mazkur moddada hokimiyatning yagona manbai xalq ekanligining belgilanishi, davlat boshqaruvni amalga oshirishda vakolatni xalqdan olishini anglatadi.

Konstitusiyada davlat hokimiyati – qonun chiqaruvchi organ – Oliy Majlis, sud hokimiyati – Oliy sud va Konstitusiyaviy sud, ijro hokimiyati esa Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshirilishi mustahkamlangan,

Prezident esa davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta'minlaydi.

Xalq davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi organ va mansabdor shaxslarni saylashda, tayinlashda bevosita yoki vakillari orqali ishtirok etadi.

Konstitusiyaga xilof ravishda davlat hokimiyati vakolatlarini har qanday shaklda egallab olish taqiqlanadi va javobgarlikka sabab bo'ladi.

Video:



Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin