Get Mystery Box with random crypto!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)

Telegram kanalining logotibi surxondaryoadliya — Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa) S
Telegram kanalining logotibi surxondaryoadliya — Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
Kanal manzili: @surxondaryoadliya
Toifalar: Qarzlar, soliqlar va qonunlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.84K
Kanalning ta’rifi

👉 Ushbu kanalda sizga siyosiy, huquqiy va boshqa mavzularda yangiliklar berilib boriladi.
📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.
Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 100

2023-01-04 13:30:25
Yo'l harakati qoidalari yuridik shaxs transportida sodir etilsa, unga mas’ul shaxs javobgarlikka tortiladi.

Batafsil

Muallif: Boysun tuman Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti - A.N.Abdiraximov

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram I Facebook I Youtube I Web-site
761 viewsMadina Mirzayeva, 10:30
Ochish/sharhlash
2023-01-04 13:09:46
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar davlat bog'chalari va maktablarga navbatga qo'yilmasdan joylashtiriladi.

Ularga texnikum, kollej, akademik litsey yoki OTMda o'qiyotganda har o'quv yilida 1 marotaba o'quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun BHMning 5 baravari (1 mln 500 ming so'm) miqdorida subsidiya beriladi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar o'qishni davlat OTMlarida davom ettirganda ularga stipendiya 50 foizga oshirilgan holda to'lanadi.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
429 viewsMadina Mirzayeva, 10:09
Ochish/sharhlash
2023-01-04 10:56:32 #Маъмурий_ислоҳот

Раҳбарларнинг аҳоли таклифлари асосида фаолиятини йўлга қўйиши қандай ижобий натижалар беради?

Батафсил
:



Каналга уланиш
https://t.me/huquqiyaxborot
158 viewsUlug'ov Quvondiq, 07:56
Ochish/sharhlash
2023-01-04 10:48:40
#Bilasizmi

I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qo'shib hisoblanadi.

Shuningdek, I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega bo'lsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi. Bunda pensiyani qayta hisoblash fuqaro pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan sanadagi yoshga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
184 viewsMadina Mirzayeva, 07:48
Ochish/sharhlash
2023-01-04 09:41:43 #maqola Ushbu maqolada ko’p bolali oilalarga qanday imtiyoz va kafolatlar berilganligi haqida to’xtalganmiz. Oila kodeksi 4-1-moddasiga ko'ra, 4 nafar va undan ortiq 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan oila ko‘p bolali oiladir. Bunda, agar 4 nafar va undan ortiq bolalaridan bir nafari yoki undan ko‘prog‘i ta’limning kunduzgi shaklida (o‘rta maxsus va professional, oliy ta’lim) ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan hamda yigirma ikki yoshga to‘lmagan bo‘lsa, bu oila ham ko‘p bolali oila deb hisoblanadi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi
410 viewsUlug'ov Quvondiq, 06:41
Ochish/sharhlash
2023-01-04 09:40:10
Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransportni ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha uzaytirilgan:

2010-yilgacha bo'lgan davrda berilganlari – 2023-yil 31-martgacha;
2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-iyungacha;
2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-sentabrgacha;
2015-yildan keyin berilganlari – 2023-yil 31-dekabrgacha.

Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram I Facebook I Youtube I Web-site
296 viewsMadina Mirzayeva, 06:40
Ochish/sharhlash
2023-01-04 08:54:23
#MAXSUS_REPORTAJ
#ADLIYA_SARHISOBI

Inson sha’ni - oliy qadriyat. Shu boisdan yurtimizda olib borilayotgan barcha sa’y-harakatlar, islohotlar markazida shaxs va uning manfaatlari turadi. Fuqarolarning huquq va erkinliklari himoyasini ta’minlashda esa adliya organlarining alohida o‘rni bor.

Ayni maqsadda Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari tomonidan 2022 yil davomida qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Xususan, 2022 yil mobaynida adliya boshqarmasiga jismoniy va yuridik shaxslardan 7000 dan ziyod murojaat kelib tushdi. Ularning 6500 dan ortig‘i ko‘rib chiqilib, 4400 ga yaqini ijobiy qanoatlantirildi.

Batafsil

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram I Facebook I Youtube I Web-site
320 viewsMadina Mirzayeva, 05:54
Ochish/sharhlash
2023-01-04 07:48:12 BOGʻCHALARDA XODIMLARNING OYLIGIGA QO‘SHIMCHA HAQ TO‘LASH

Vazirlar Mahkamasining 24.12.2019 yildagi 1030-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, bog‘chalarda xodimlarning maoshiga bir martalik qo‘shimcha haq ularning erishgan natijalardan kelib chiqib yoki quyidagi zarur shartlar bajarilganda beriladi:

ko‘rik-tanlovlardagi ishtiroki uchun lavozim maoshiga nisbatan:

tuman va viloyat miqyosdagi natijalar uchun 15 foizgacha;
respublika miqyosdagi natijalar uchun 20 foizgacha;

o‘yin tamoyiliga asoslangan zamonaviy mashg‘ulotlarni tashkil qilganligi uchun 15 foizgacha;

tarbiyalanuvchilarni ilm-fanga qiziqishini oshirishga qo‘shgan hissasi uchun 20 foizgacha.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram I Facebook I Youtube I Web-site
532 viewsMadina Mirzayeva, edited  04:48
Ochish/sharhlash
2023-01-04 06:53:47
Litsenziya axborot tizimi orqali "Temir yo‘l shoxobcha yo‘llarini, shuningdek, yuklash, tushirish hamda vagon va konteynerlarni tozalash uchun mo‘ljallangan qurilmalarni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini kelishish" mumkin.

Batafsil

Muallif: Sariosiyo tuman adliya bo’limi Davlat xizmatlari mazrkazi bo'lim boshlig'i - M.Muhammadiyev.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram I Facebook I Youtube I Web-site
376 viewsMadina Mirzayeva, 03:53
Ochish/sharhlash
2023-01-04 06:35:01
#Bilasizmi

Ota-ona yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish 4,5 mln so'm jarima solishga sabab bo'ladi.

Ushbu qilmish ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Ma'lumot uchun nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilangan.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
443 viewsMadina Mirzayeva, 03:35
Ochish/sharhlash