Get Mystery Box with random crypto!

Olimlarning fikricha, Amerika qita'siga dastlabki odamlar Shi | Shuhratbek Solihov blogi

Olimlarning fikricha, Amerika qita'siga dastlabki odamlar Shimoliy Osiyodan hozirgi Bering bog'ozi orqali buyuk muzik davrida, bundan 40 ming yil avval o'ta boshlashgan va bu jarayon uzoq davom etgan.
Natijada ko'plab elat va millatlar shakllangan.
Quyidagilar esa shular jumlasidandir:
MAYYALAR DAVLATI
-> joylashuv: Markaziy Amerikaning Yukatan y.o. da (hozirgi Meksika)
-> hukmdori: Buyuk kishi
-> poytaxt: Chichen ltsa
-> mashg'ulot: dehqonchilik
-> ixtirolari: - "piktografik yozuv"
- "nol"
- taqvim
->qo'shimcha ma'lumot:
- hukmdorning hokimiyati merosiy bo'lgan
- kohinlar muhim o'rin tutgan
- saroy va zinapoyali ehromlar, ibodatxonalar
- toshdan ravon va tekis ko'chalar
- Quyosh va oy tutilishini oldindan aytib berganlar
ASTEKLAR DAVLATI
-> joylashuv: Markaziy Amerikaning hozirgi Meksika hududida
-> hukmdori: Tlatoani
-> poytaxt: Tenochtitlan ( XII asr)
-> mashg'ulot: sug'orma dehqonchilik, kulolchilik, to'qimachilik, zargarlik
-> dini: ko'pxudolik
-> ixtirolar: - "suzuvchi dalalar"
- quyosh taqvimi (mayyalar ixtirosi asosida)
-> qo'shimcha ma'lumot:
- zodaginlar va oddiy xalq uchun alohida maktablar bolgan
- xalq bolalari uchun maktablarda dehqonchilik, hunarmanchilik, harbiy ish orgatilgan
- zodagonlarning bolalari uchun esa, astrnomiya, she'riyat, notiqlik,
- har yili Tenochtitlanda madhiya, qissalar yozadigan shoir-qo'shiqchilar musobaqasi o'tkazilgan va mukofotlanilgan
- asosan makkajo'xori yetishtirilgan
- bolta va pichoqlarni toshdan yasashgan
INKLAR DAVLATI
-> joylashuv: Janubiy Amerikaning And tog'lari yonbag'irlarida gi vohalarda
-> hukmdori: Oliy lnka
-> poytaxt: Kusko ( Xll - XIII asrlarda Urumbamba daryosi havzasida)
-> mashg'ulot: chorvachilik, dehqonchilik, kulolchilik, zargarlik, to'qimachilik, bo'yoqchilik, qurilish sohalari
-> ixtirolar: tugunli xat, aniq taqvimi (12 oy), pochta xizmati, uzunligi 15 minglab km tosh yo'llar
-> qo'shimcha ma'lumot: - chorvachilikda lama va alpakalarni juni, go'shti va yuk tashishda foydalanishgan
- matematika, astronomiya, geografiya, tibbiyot, botanika boyicha chuqur bilimga ega bo'lishgan
- hatto insonning bosh suyagida jarrohlik muolajalarini o'tkashini bilganlar
- jamoalar yetishtirgan hosilning 2/3 qismini davlat va ibodatxonalarga topshirganlar
- lnklar asosan, kartoshka va makkajo'xori yetishtirishgan
- dehqonlar qovoq, paxta, ananas, banan yetishtirganlar
- zaxira ombori ham bo'lgan