Get Mystery Box with random crypto!

Qonunchilik.uz

Telegram kanalining logotibi sherzodbek78 — Qonunchilik.uz Q
Telegram kanalining logotibi sherzodbek78 — Qonunchilik.uz
Kanal manzili: @sherzodbek78
Toifalar: Telegram , Qarzlar, soliqlar va qonunlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 828

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 33

2022-08-06 18:01:59
257 viewsХонмирзо-Шерзодбек Хакимович, 15:01
Ochish/sharhlash
2022-08-06 18:01:59
253 viewsХонмирзо-Шерзодбек Хакимович, 15:01
Ochish/sharhlash
2022-08-06 18:01:59
257 viewsХонмирзо-Шерзодбек Хакимович, 15:01
Ochish/sharhlash
2022-08-06 18:01:59
262 viewsХонмирзо-Шерзодбек Хакимович, 15:01
Ochish/sharhlash
2022-08-06 18:00:37 Ассалому алайкум ҳурматли канал аъзолари!
Кеча, 5 август куни Халқ таълими вазирлиги билан ҳамкорликда Ҳуқуқий саводхонлик дарсини ўтказдик. Ўйлайманки ўтказилган вебинаримиз соҳа мутахассисларига фойдали бўлди.
259 viewsХонмирзо-Шерзодбек Хакимович, 15:00
Ochish/sharhlash
2022-08-05 14:30:21 #qonunbilan Sentabrdagi dam olishlar hisobiga ta’tillar muddatini qanday to’g’ri hisoblash kerak
Mustaqillik bayramida barcha xodimlar ish haftasining turidan qat’i nazar 4 kun ketma-ket dam olishadi. Lekin bu dam olishlar kadroviklar uchun ta’til muddatini hisoblashda qiyinchiliklar tug’diradi. Demak, sentavrdagi dam olishlar ta’tillar muddatiga qanday ta’sir qiladi?

Mehnat kodeksi 139-moddasiga ko’ra, ta’tillarning muddati kunlik ish haftasi yuzasidan kalendar bo‘yicha ish kunlari bilan hisoblab chiqariladi.

Ta’til davriga to‘g‘ri kelib qolgan va ushbu Kodeksning 131-moddasiga muvofiq ishlanmaydigan kunlar ( 9 ta ishlanmaydigan bayram kunlari) deb hisoblanadigan bayram kunlari ta’til muddatini belgilashda hisobga olinmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining 2018-yil 28-fevraldagi 8-q/q, 47-son qaroriga ilova “Yillik mehnat ta’tili vaqtida saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risida” gi 2985-sonli Yo‘riqnomaning (https://lex.uz/docs/-3590278) 16-bandiga ko’ra, ta’til kunlarini hisob-kitob qilishda mehnat ta’tili davriga to‘g‘ri keladigan

dam olish (yakshanba)

ish kuni bo‘lmagan bayram kunlari (131-moddasiga muvofiq ishlanmaydigan 9ta bayram kunlari )

qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar hisobga olinmaydi.

Demak, qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar ta’til kunlarini hisob-kitob qilishda hisobga olinmaydi ya'ni ta'til kunlariga qo’shilmaydi.

1-sentabr (payshanba) – bayram (ishlanmaydigan) kun kun. Asos: Mehnat kodeksi 131-moddasi.

2-sentabr (juma) – ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun qo‘shimcha ishlanmaydigan kun.

3-sentabr(shanba):

6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha ishlanmaydigan kun;
5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun kalendar dam olish kuni. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-35-son Farmoni (https://lex.uz/uz/docs/-5990048)

4 sentabr (yakshanba) – ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun kalendar dam olish kuni.

Ta’tilni hisob-kitob qilishda sentabrning qaysi kunlarini kiritamiz.
“5 kunliklar” uchun – 1, 2 va 4 sentabr kiritilmaydi (3-sentabr ta’tillar hisob-kitobiga kiritiladi chunki shanba “5 kunliklar” uchun shundoq ham dam olish kuni va ta’tillarning muddati 6 kunlik ish haftasi yuzasidan kalendar bo‘yicha ish kunlari bilan hisoblab chiqariladi.

“6 kunliklar” uchun – 1, 2, 3, 4-sentabr kiritilmaydi, chunki 3 sentabr “6 kunliklar” uchun qo‘shimcha ishlanmaydigan kun deb e’lon qilingan.

Misol, “5 kunlik” xodim 1-sentabrdan 15 ish kuniga ta’tilga chiqsa, uning ishga chiqish sanasi 21-sentabr bo’ladi (1, 2,4, 11, 18 – sentabrlar ta’tillar muddatiga kirmaydi).

“6 kunlik” xodim 1-sentabrdan 15 ish kuniga ta’tilga chiqsa, uning ishga chiqish sanasi 22-sentabr bo’ladi (1, 2,3, 4, 11, 18 – sentabrlar ta’tillar muddatiga kirmaydi).

Murojaatlar uchun: @MehnathuquqimurojaatBot Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://t.me/mehnathuquqi
213 viewsХонмирзо-Шерзодбек Хакимович, 11:30
Ochish/sharhlash
2022-07-26 16:09:54 1 сентябрдан туғруқ ва ҳомиладорлик нафақасини тўлаш тартиби ўзгаради.

Президент «Ўзбекистон аҳолисини ижтимоий ҳимоя қилиш стратегиясини тасдиқлаш тўғрисида»ги фармонни имзолади.

Ҳужжатга кўра, Молия вазирлиги таркибида юридик шахс мақомига эга бўлмаган Ижтимоий суғурта жамғармаси ташкил этилди.

Жамғарма фаолиятини молиялаштириш манбалари давлат бюджети ва қонун ҳужжатларида тақиқланмаган бошқа манбалар ҳисобланади.

Ижтимоий суғурта жамғармаси маблағлари ҳисобидан:

жорий йилнинг 1 сентябридан бошлаб давлат ижтимоий суғуртаси доирасида туғуруқ ва ҳомиладорлик нафақаси энг кам истеъмол харажатлари ҳисобида тўланади. Шу билан бирга, агар ходимнинг иш стажида бир ойгача бўлган танаффуслар бўлса, у ҳолда узлуксиз иш стажини ҳисоблашда танаффуслардан олдинги ва кейинги ойлар ҳисобга олинади;

келгусида давлат ижтимоий суғуртаси бўйича нафақаларни тўлаш «Ижтимоий ҳимоя ягона реестри» ахборот тизими орқали босқичма-босқич амалга оширилади.

7 март куни президент «Оила ва хотин-қизларни тизимли қўллаб-қувватлаш борасидаги ишларни янада жадаллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги фармонни имзолаган эди.

Ҳужжатда 2022 йил 1 сентябрдан бошлаб барча юридик шахсларда охирги 6 ой давомида узлуксиз иш стажига эга бўлган аёлларга, бюджет ташкилотлари бундан мустасно, ойлик истеъмол харажатларининг энг кам миқдоридан келиб чиққан ҳолда, давлат бюджети маблағлари ҳисобидан туғуруқ ва ҳомиладорлик нафақалари тўланиши белгиланди.

Жорий йилнинг январь ойида Давлат статистика қўмитасининг маълум қилишича, энг кам истеъмол харажатлари ҳар бир киши учун ойига 498 минг сўмни ташкил қилган. Ўтган йили у 440 минг сўмни ташкил этди.
386 viewsХонмирзо-Шерзодбек Хакимович, 13:09
Ochish/sharhlash
2022-07-25 19:49:48 Live stream finished (48 minutes)
16:49
Ochish/sharhlash
2022-07-25 19:00:57 Live stream started
16:00
Ochish/sharhlash
2022-07-25 18:51:27 Мактаб директори лавозимини эгаллаш масаласида

2022 йил 1 сентябрдан бошлаб:

мактаб директорларини сертификатлаш тизими жорий этилиб, директорликка номзодлар ушбу тизим орқали танланади ҳамда лавозимга тайинланади.

@segmentuz
222 viewsХонмирзо-Шерзодбек Хакимович, 15:51
Ochish/sharhlash