Get Mystery Box with random crypto!

MUHTOJ KOʻNGLIM Koʻngil olmoq edi asli niyatim, Koʻngilda qo | Sevgi She'rlari

MUHTOJ KOʻNGLIM

Koʻngil olmoq edi asli niyatim,
Koʻngilda qolsam ham boʻlaverardi.
Koʻngildan qolish qanchalar oson,
Ayriliq yoʻlimdan yoʻlayveradi.

Jim boʻlsam sukunat bosdi yuragim,
Tebransam dengizlar ketdi toʻlqinlab.
Sevgi, ostonanga borsam tunov kun,
Baxt, men uchun ketdi baxt tilab.

Qalbim yoqavering dilga yoqqanlar,
Qulluqlar qilaman poy qadamimga.
Bu koʻnglim muhtojdir sizlarga emas,
Alloh va suyukli  Paygʻambarimga.


Botir Bannop

2022-yil

T.me/Sherlari_Sherlari