Get Mystery Box with random crypto!

Siz borsizki qaddimni bukolmas alam, gʻamlar, Siz borsizki mun | Sevgi She'rlari

Siz borsizki qaddimni bukolmas alam, gʻamlar,
Siz borsizki munavvar ,orambaxsh oʻtar damlar,
Yuragimni toʻshagim kelaverar siz uchun,
Sizni sevgim keladi, meni sevgan odamlar.

Talpinaman har qachon siz tomonga intilib,
Izlaringiz izlayman ,koʻzlrimga surtinib,
Sizsiz kandoq yashardim ,bu dunyoda turtinib,
Sizni sevgim keladi ,meni sevgan odamlar.

Ketolmayman xech qachon sizdan yuzim oʻgirib,
Ayro tushsam siz,bilan yigʻlagayman oʻkirib,
Toʻylar qiling xizmatda, boʻlay yelib ,yuugurib,
Sizni sevgim keladi ,meni sevgan odamlar.

Baxtli boʻling hamisha baxtingizni koʻrayman
Ollohimdan siz uchun koʻp umrlar soʻrayman,
Kuygan dilim avaylab mehringizga oʻrayman,
Sizni sevgim keladi, meni sevgan odamlar.

Yoʻlingizga yoʻldoshman, yukingizga yelkadosh,
Soyangizda yashayman bir umr koʻtarib bosh,
Taʼftingizda isinib koʻzlarimga keldi yosh,
Sizni sevgim keladi, meni sevgan odamlar!!!

Xurshid Karim.

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
Biz bilan Qoling
http://T.me/Sherlari_Sevgi