Get Mystery Box with random crypto!

Baxtga yetamiz... Ey goʻzalim! Tanho yagonam Dilni g'ashlab a | Sevgi She'rlari

Baxtga yetamiz...

Ey goʻzalim! Tanho yagonam
Dilni g'ashlab axir netamiz.
Koʻngling boʻlsin tinch va xotirjam,
ORZU QILGAN BAXTGA YETAMIZ...

Shubhalanma mendan malikam
Xiyonat yoʻq, kel unutamiz.
Soʻzlarim rost ishongin menga,
ORZU QILGAN BAXTGA YETAMIZ...

Sogʻinch qiynar, hozir bu jonni
Vaqtinchalik hijron yutamiz.
Kelar hali bizlar kutgan kun
ORZU QILGAN BAXTGA YETAMIZ...

Ayirmoqchi boʻlsa gʻanimlar
Qoʻllarimiz mahkam tutamiz.
Sevgimiz chin! Ikkimiz jonim,
ORZU QILGAN BAXTGA YETAMIZ...

Toʻy kechasi baxtdan boʻlib shod
Osmonlarga uchib ketamiz.
Duolarda Ollohdan soʻrab,
ORZU QILGAN BAXTGA YETAMIZ.


•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
Biz bilan Qoling
http://T.me/Sherlari_Sevgi