Get Mystery Box with random crypto!

SHERLAR

Telegram kanalining logotibi sherlar — SHERLAR
Kanaldagi mavzular:
Like
Kanal manzili: @sherlar
Toifalar: Adabiyot , Sanʼat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 21.84K
Kanalning ta’rifi

Eng sara sherlar faqat sizlar uchun,
Kanalimizga siz ham qo‘shiling!!
Admin @bek8586
REKLAMA bering @sherlar_rek
Birinchi raqamli sherlar kanali
20/12/2015

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 65

2022-01-13 14:19:37
Assalomu Alaykum 14-Yanvar Vatan Himoyachilar Kuni Bilan Barcha Yigitlarimizni tabriklaymiz

https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

anba: @sherlar

#like_boss
13.8K views E K , 11:19
Ochish/sharhlash
2022-01-13 03:41:45
Bilmaysana...
Sen haqingda o'ylar surishim
Hayolan ishq haqda suhbat qurishim
Kunu tun intizor habar kutishim
Bilmaysana...

Sezmaysana....
Sur'atinga termulib tunlar
Qalbimni azobli sog'inchlar tirnar
Yurak hapqirsada chiqolmas unlar
Sezmaysana...

Kelmaysana...
Sen daryosan men misli saxro
Yulduzim sensanku tun bo'lay qaro
Sen deya adoman senchi beparvo
Kelmaysana...

Muzaffar Olimjonov


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

anba: @sherlar

#like_boss
11.2K views E K , 00:41
Ochish/sharhlash
2022-01-12 19:34:28 "Xayolim"

Uylar tomi gul_ganjlarda,
Ayollari paranjilarda,
Bor edida yuz ibo, parda,
Qaytgim kelar uzoq oʻtmishga!

Emas edi har ishga tayyor,
Xiyonatni doʻst bilib gulyor,
Sevgida ham bor edi meyor,
Qaytgim kelar uzoq oʻtmishga!

Paxtalarga toʻla etaklar,
Ma'no bilan edi ertaklar,
Karvon yaxshi yoʻlga yetaklar,
Qizil kiyim kiymas erkaklar,
Qaytsam edi uzoq oʻtmishga!

Har bir yurak olov-cho'q edi,
Nafs pinhona, koʻzlar toʻq edi,
"Tik-Tok" degan balo yoʻq edi,
Qaytgim kelar uzoq oʻtmishga!

Yogʻoch qoshiq, yogʻoch kosalar,
Faqat taom edi "somsalar",
Yoʻq firibgar, "aldarko'salar",
Qaytgim kelar uzoq oʻtmishga!

Xazar qilinardi xaromdan,
Suvaraklar chiqmas taomdan,
"Chakka" otar har uy, har tomdan,
Qaytgim kelar uzoq oʻtmishga!

Sanʼatkorlar faqat ijodda,
Qiz-ayollar yupun xijobda,
Xabar olinardi xarobdan,
Qaytgim kelar uzoq oʻtmishga!

Tashlab ketilmasdi farzandlar,
Koʻcha toʻla xaqiqiy mardlar,
Zoʻr edida ex oʻsha paytlar,
Qaytgim kelar uzoq oʻtmishga!

Ex, doʻstlarim, koʻngil ekanda,
Men oddiy man, men oddiy banda,
Romantiksan demang - Sherali,
Qogʻoz qoraladim alamda!

Sherali Ortiqzoda



https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

anba: @sherlar

#like_boss
11.6K views E K , edited  16:34
Ochish/sharhlash
2022-01-10 16:08:18 KO’K SOMSA YEGIM KELAR

Ona sog’indim sizni,
Yonizga borgim kelar.
Bir tandir yopib bering,
Ko’k somsa yegim kelar.

Qo’llari shirin onam,
Mexrizga to’ygim kelar.
Turib tandir boshida,
Ko’k somsa yegim kelar.

Musofirman men hali,
To’lmas dunyoni kami,
Og’zimda qolgan tami,
Ko’k somsa yegim kelar.

Ona kuymang holimga,
Shoshdimda o’zga yurtga,
Lavashni surib chetga,
Ko’k somsa yegim kelar.

Ko’msab bolalik davrim,
Ortimga qaytgim kelar.
Ming dardga davo derdiz,
Ko’k somsa yegim kelar.

Ona sizni baralla,
Jannatim degim kelar.
Ona og’zim kuydirib,
Ko’k somsa yegim kelar.

Borib qolarman bir kun,
Ishlar ham tugab qolar.
Ona qo’msaganim rost,
Ko’k somsa yegim kelar.

10:30.10.01.2022

Muallif: Qodir Qaxxor


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

anba: @sherlar

#like_boss
16.7K views E K , edited  13:08
Ochish/sharhlash
2022-01-08 13:59:17
Koʻngil yaqin, yoʻllar uzoq,
Qanday ortga qaytish mumkin?
Qiynayverar jonim firoq
Undan qanday kechish mumkin?

Xayol surib tunlar bedor,
Uni qanday topish mumkin?
Ayting doʻstlar ayting bir bor,
Undan qanday kechish mumkin?

Ezdi qalbim xotiralar,
Tunlar alam yutish mumkin.
Dilda bisyor boʻz yaralar,
Undan qanday kechish mumkin?

Sabrimni koʻp sinar hayot,
Hatto oʻzdan kechish mumkin.
Ayting doʻstlar, bering najot,
Undan qanday kechish mumkin



https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

anba: @sherlar

#like_boss
19.7K views E K , 10:59
Ochish/sharhlash
2022-01-07 12:50:26
#ПРЕМЬЕРА

Ҳеч ким ўқиб тугатолмас достон Онам...

Қуёш недир, нурларидан олам яшар,
Шу қуёшга нур улашган хирмон онам.
Майли йиллаб уринса ҳам жумла- башар,
Ҳеч ким ўқиб тугатолмас достон Онам...

Кўнгил боғи ичра кезса, қувнар диллар,
Тарифига сўзлар ёзса етмас йиллар,
Ўрнак олса арзийдия баҳор, гуллар,
Доим гуллаб турадиган бўстон Онам...

Чиройда ой ундан ҳусн талаш қилса,
Йигит ахли, у гўзал деб кўксин тилса,
Менинг Онам ундан минг бор гўзал, билса,
Гўзаллардан гўзал, хури-ғилмон Онам...

Баъзан душман танмас, қалбим қилса яро,
Фақат онам куйди, бу кенг олам аро,
Бемор бўлсам ҳоли ҳароб, мотамсаро,
Давоси йўқ дардимга ҳам дармон Онам..

Бизлар дея меҳнатларда қадоқ қўли,
Фақат фарзанд томон экан умр йўли,
Энди бахтга ўрай ўзим ўнгу сўли,
Қадди эгик бироқ, қадри осмон онам...

Беминнатим, копҳимматим, беғуборим,
Розилигин олмоқ учун берай борим,
Хизматига лаббай деб тур сен ҳам ёрим,
Жаннат иси келиб турган райхон Онам..

Муаллиф: Зоҳид Зиё

https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

anba: @sherlar
21.8K views E K , 09:50
Ochish/sharhlash
2022-01-07 05:14:08
Kim muhabbat ko‘chasida yurar erkin,
Kimlar baxtli, yana kimdir qalbi bedor.
Kulib, kulib turadiyu ammo, lekin.
Taqdiriga ko‘nolmagan oshiqlar bor.

Armonlari yashiringan kulguchida.
Dardlarini olib yurar baxt ichida.
Taqdirga sevaman deb til uchida.
Taqdiriga ko‘nolmagan oshiqlar bor.

Alamlarning og‘ushida ishqi o‘lgan.
Bu dunyoda hijron bilan ko‘ngli to‘lgan.
Chinda o‘zga, tushlarida o‘zga bo'lgan.
Taqdiriga ko‘nolmagan oshiqlar bor.

Sog‘inch bilan ko‘ngillarin hushlaguvchi.
Har kun bir bor ko‘zlarini yoshlaguvchi.
Ota ona rizosi deb yashaguvchi.
Taqdiriga ko‘nolmagan oshiqlar bor.

Omadlari kelmagandek ishq bog'ida,
Diydorlari unit o‘zga firog‘ida.
O‘zgasini sevib, o‘zga quchog'ida.
Taqdiriga ko‘nolmagan oshiqlar bor.

Ne qilmasin istagiga yetolmagan.
Ikki o‘tda qololmagan ketolmagan.
Sevgisi deb dunyolardan kecholmagan.
Taqdiriga ko‘nolmagan oshiqlar bor.

Odilbek Qodirov



https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

anba: @sherlar

#like_boss
17.6K views E K , 02:14
Ochish/sharhlash
2022-01-06 15:36:50 YURAK SENI SO’RAYVERADI

Qanday yashay ayt bu dard bilan,
Ko’zlar seni izlayveradi.
Bir so’z demay ketganing bilan,
Yurak seni so’rayveradi.

Go’yo kuzgi daraxtman bexol,
Barglarimni uchurar shamol,
Azoblardan qutqar jonim ol,
Yurak seni so’rayveradi.

O’zgaga dil berolmasam men,
Baxtli inson bo’lolmasam men,
Dunyo uzra bittamiding sen,
Yurak seni so’rayveradi.

Bir kulishing dardga davoda,
Tengsiz eding ibo hayoda,
Tag’dir ekan bir kam dunyoda,
Yurak seni so’rayveradi.

Mexrga zor mayus ko’zlarim,
Bir boqishing qo’msayveradi.
Ming uzatsam yetmas qo’llarim,
Yurak seni so’rayveradi.

Yor ishqida kurashgan botir,
Suyib sevsang azobdur oxir,
O’zgasini sevolmas Qodir,
Yurak seni so’rayveradi.

23:30.04.01.2022

Muallif: Qodir Qaxxor



https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

anba: @sherlar

#like_boss
17.7K views E K , edited  12:36
Ochish/sharhlash
2021-02-23 18:20:45
Muchalingiz siz haqingizda nimalar deydi?

Astrologlar fikricha insonning tugʻilgan sanasi uning feʼl atvori shakllanishida ahamiyat kasb etadi.

Oʻzingiz va oʻzgalar feʼl atvorini muchallarga qarab aniqlash uchun @muchallar kanaliga tashrif buyuring!

Obuna boʻlish: @Muchallar
1.9K views E K , 15:20
Ochish/sharhlash
2021-02-23 17:07:53

Ассалом алейкум хайрли Кун хаммага Азиз дустларим сизларни уз видео энг сунгги мусикалар мазмунли статуслари бн барчага бирдек манзур булиб келаётган уз шеьрларида инсонлар дардларини акс эттирган Армонли Дунё каналимизга таклиф этамиз мухими сиз азизлар учун килаётган хизматимизга бахо Беринг Сизларни уз каналимизда кутамиз хаммаларингга катта РАХМАТ оллох панохида асрасин
Манзил___
@armonlidunyo571P634
1.0K views E K , 14:07
Ochish/sharhlash