Get Mystery Box with random crypto!

SHERLAR

Telegram kanalining logotibi sherlar — SHERLAR
Kanaldagi mavzular:
Like
Kanal manzili: @sherlar
Toifalar: Adabiyot , Sanʼat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 21.84K
Kanalning ta’rifi

Eng sara sherlar faqat sizlar uchun,
Kanalimizga siz ham qo‘shiling!!
Admin @bek8586
REKLAMA bering @sherlar_rek
Birinchi raqamli sherlar kanali
20/12/2015

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 61

2022-01-28 19:27:10 «ОТА РИЗОЛИГИ»

Отанг бўлса қилгин хурмат,
Мадор кетса бўлгин қувват.
Бу дунёда билгин фарзанд,
Хаётинг хам нурга тўлар,
Отанг сендан рози бўлса.

Бўлмаганинг бўлдиради,
Армонларинг ўлдиради,
Бахт кўзларинг тўлдиради,
Обод уйинг файзга тўлар,
Отанг сендан рози бўлса.

Яшнаб турсин кўнгил боғи,
Бўлгин унинг суянч тоғи,
Дуосин ол хаёт чоғи,
Чин дунёда қийналмайсан,
Отанг сендан рози бўлса.

Кўзингга сурт босган изин,
Хикмат билгин айтган сўзин,
Оқла берган нон-у тузин,
Топганинг хам халол бўлар,
Отанг сендан рози бўлса.

Бор умиди сендан ахир,
Бўлма нокас, бўлмаа бахил,
Қайтар дунё қайтар охир,
Фарзандларинг бахти кулар,
Отанг сендан рози бўлса.

Тўйлар қилсанг кўрки отанг,
Уйлар қурсанг кўрки отанг,
Ғаниматдир қилма аттанг,
Билгин, Аллох рози бўлар,
Отанг сендан рози бўлса....

Абдумуталиб Эргашалиев

https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

anba: @sherlar

#like_boss
3.1K views E K , edited  16:27
Ochish/sharhlash
2022-01-28 18:01:51
Alloh panohida asrasin sizni, Nurlangan to‘ldirsin bu yorug‘ yuzni, Kutmoqda do‘stlarim qiyomat bizni, Bilingki siz Alloh panohidasiz.

Assalomu alaykum xayrli kuni qadrdon obunachilarimiz omonmisiz kuniz mazmunga boy bulsin to xayrli kechga qadar aziz obunachilar:BUGUN 28-YANVAR SOAT 21:00 da barchangizni IJODIY KECHAMIZGA taklif qilamiz IJODIY kechamizni ishtirokchisi bo'lsangiz xursand bo'lamiz

xurmat bilan @SHIRINGINA_XOTIRALAR kanali adminlari...


Bizning kanalga a'zo boling

@shiringina_xotiralar
╚══❖• •❖══╝
3.5K views E K , 15:01
Ochish/sharhlash
2022-01-28 17:32:54
ONAMNI MEN QARITYAPMAN

Har kun injiqlik qilib,
Har kun qalbin og'ritib,
Bilmasdan emas-bilib
Onamni men QARITYAPMAN!

Arzimagan matohni Deb,
Pok ko'nglini og'rityapman,
O'ldim ,kuydim , oh-vohni deb,
Onamni men QARITYAPMAN

Aytaverib kamlarimni,
Orttiryapman g'amlarini,
Nursiz qilib kunlarini,
Onamni men QARITYAPMAN

Men tufayli sochlari oq,
Mehnatdan-chi qo'li qadoq,
O'zing kechir!!!Robbim-Alloh
Onamni men QARITYAPMAN!

Mehnat qilib meni boqqan,
Uning qadrin bilmayapman,
O'zi meni nega tuqqan???
Onamni men QARITYAPMAN!

Menga bergan oq sutini,
Raxmatini aytmayapman,
Qaytaraman goh so'zini-,
Onamni men QARITYAPMAN!

Asli onam jannatimdir,
Nega buni aytmayapman?,
Borligiga Ming bor shukur!!!
Onamni men QARITYAPMAN!!!

Begi ( Mumtozbegim)

Mumtozbegim


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

anba: @sherlar

#like_boss
3.9K views E K , 14:32
Ochish/sharhlash
2022-01-28 15:18:41
2022-yilning eng TOP dagi kanali bu @FRESH_NEWS_UZ kanali bo'lmoqda
Bu Kanalda siz O'zbekistondagi ENG so'ngi va QIZIQARLI yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkun
Kuniga bu kanalga 200tadan ko'p odamlar kirmoqdalar VA bu kanalni doimiy kuzatib borishmoqda
TEZROQ kanalga ulanib oling
AFSUSLANMAYSIZ
4.3K views E K , 12:18
Ochish/sharhlash
2022-01-27 16:10:59 Yuragingda bahor mujassam!

Yuragingda bahor mujassam!
Nigohingda chaqnaydi yulduz.
Faqatgina men bo'lsaydim shu -
Yuragingda yagona, yolg'iz!

Ko'zlaringda yashasaydim men,
So'zlaringda yashasaydim men.
Ulg'aysaydim nigohlaringda,
Yuragingda yashasaydim men.

Ikki qoshing - ikkita irmoq,
Ikkisi ham mening qanotim.
Hayotimga kirgan kuningdan
Boshlangandi mening hayotim.

Mensiz o'tgan shu hayotingga
Kirmaganga o'xshaydi sevgi!
Hatto sening borligingni ham
Bilmaganga o'xshaydi sevgi!

Sen bilmagan o'shal sevgini
Yuragingga joylamoqchiman.
Dilginangga oshiq dilimni,
Abadiyga boylamoqchiman.

Men sen bilan qarimoqchiman!
Bahoringga bo'lsaydim sherik.
Sen bilmaysan, mushtiparginam,
Solih Sulton sen bilan tirik!

Solih Sulton / 2021


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

anba: @sherlar

#like_boss
4.2K views E K , edited  13:10
Ochish/sharhlash
2022-01-27 15:06:35
IQ darajangizni tekshirib koʻring!

Atigi 25% foiz odamlar bu savolning javobi topa oladi.

• Qaysi ayol boyroq?
4.3K views E K , 12:06
Ochish/sharhlash
2022-01-26 19:53:10
Yigʻlasam maylimi???

Yuragim azoblar oʻyib ketganda,
Taqdir ustimdan hoʻp kulib ketganda,
Soʻz kelmay koʻzga yosh toʻlib ketganda,
Yigʻlasam maylimi,toʻyib yigʻlasam?!

Yupatmang! Bir kunga meni tinch qoʻying,
Sizni ham yigʻlatmay, narirogʻ turing,
Hohlasanggiz mayli ustimdan kuling,
Yigʻlasam maylimi toʻyib yigʻlasam?!

Sabrimning kosasi toʻlib, toshganda,
Ba'zilar oʻylamay haddan oshganda,
Koʻzlarim mavjlanib, oqib, shoshganda,
Yigʻlasam maylimi toʻyib yigʻlasam?!

Sirtimda kulishdan charchadim doʻstlar!
Bahtlidek yurishdan charchadim doʻstlar,
Indamang bir kunga mavjlansin koʻzlar,
Yigʻlasam maylimi toʻyib yigʻlasam?!

Erta tong sahardan kulib uygʻonib,
Yuraman yolgʻondan baxtdan quvonib,
Bu tunga iltimos, soʻray yolvorib,
Yigʻlasam maylimi toʻyib yigʻlasam?!

Dildagi dardlarim bilmaysiz sizlar,
Aytsam yonginamda qolmaysiz sizlar,
Nega yigʻlashimga qoʻymaysiz sizlar?
Yigʻlasam maylimi toʻyib yigʻlasam?!

Mumtozbegim


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

anba: @sherlar

#like_boss
2.8K views E K , 16:53
Ochish/sharhlash
2022-01-26 16:30:44 ENG SO'NGI,YANGI VA QIZIQ YANGILIKLARNI SHU KANALGA JOYLAB BORYAPMIZ

@Fresh_news_UZ

KANALIMIZGA QO'SHILIB QOYSANGIZ XURSAND BO'LAR E'DIM

Raxmat


https://t.me/fresh_news_uz
https://t.me/fresh_news_uz
3.8K views E K , 13:30
Ochish/sharhlash
2022-01-26 14:23:30 Дилдора Абдиназарова
Маржона

АЛИШДИМ СЕНИ...

Кечир мени, азиз инсоним,
Дунёларга алишдим сени.
Олмос каби кўринган сароб
Рўёларга алишдим сени.


Аччиқ эмас, шириндан ширин
Ёлғонларга алишдим сени.
Озодлигим буғиб тургувчи
Қўрғонларга алишдим сени.


Армонларга, соғинчга тўла
Уммонларга алишдим сени.
Ишончни еб, шубҳада ёнган
Гумонларга алишдим сени.


Кечир… мени азиз инсоним,
Қўрқувларга алишдим сени.
Юрагимга кира олмаган
Сулувларга алишдим сени.


Қўл узатдинг ортимдан зор-зор,
Ёмонларга алишдим сени.
Йўлларимиз бўлинди, айро
Томонларга алишдим сени.


Муҳаббатга тупурдим, афсус,
Азобларга алишдим сени.
Нафратдан кўр бўлиб кўзларим
Ғазабларга алишдим сени.

Кечир мени азиз инсоним...

ДИЛДОРА АБДИНАЗАРОВА


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

anba: @sherlar

#like_boss
4.4K views E K , 11:23
Ochish/sharhlash
2022-01-26 14:15:44
Кўнгил юртингизга кўнглим мусофир,
Зарурат,тасодиф ё қисмат зайли.
Балким юрагингиз саломат,соғдур,
Мусофир дуоси вожиб туфайли.

Қошларнинг остидан боқмайсиз қиё,
Мўлтираб қолади изларингиздан.
Беписанд қарайди унга кенг дунё,
Сурати сиғмаган кўзларингиздан.

Гуноҳкор битта у,ҳариталардан,
Аҳтариб-аҳтариб топган ери сиз!
Қайдан билардингиз сизнинг ватандан,
Ўзга ҳар гўшада эканин ёлғиз.

Кетарга чора йўқ, қоларга сабаб,
Умид оқаяпди томирларида,
Ҳар тун бир кечага бошпана сўраб,
Тақдирнинг тинмаган ёмғирларида.

Асло юзларига ёпманг эшикни,
Келса кошонангиз остонасига,
Найласин, абадий мусофирликни,
Ҳудойим ёзибмиш пешонасига.

Малика Тавфиқ



https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

anba: @sherlar

#like_boss
4.1K views E K , 11:15
Ochish/sharhlash