Get Mystery Box with random crypto!

Koʻngil yaqin, yoʻllar uzoq, Qanday ortga qaytish mumkin? Qiyn | SHERLAR

Koʻngil yaqin, yoʻllar uzoq,
Qanday ortga qaytish mumkin?
Qiynayverar jonim firoq
Undan qanday kechish mumkin?

Xayol surib tunlar bedor,
Uni qanday topish mumkin?
Ayting doʻstlar ayting bir bor,
Undan qanday kechish mumkin?

Ezdi qalbim xotiralar,
Tunlar alam yutish mumkin.
Dilda bisyor boʻz yaralar,
Undan qanday kechish mumkin?

Sabrimni koʻp sinar hayot,
Hatto oʻzdan kechish mumkin.
Ayting doʻstlar, bering najot,
Undan qanday kechish mumkin



https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

anba: @sherlar

#like_boss