Get Mystery Box with random crypto!

'Xayolim' Uylar tomi gul_ganjlarda, Ayollari paranjilarda, Bo | SHERLAR

"Xayolim"

Uylar tomi gul_ganjlarda,
Ayollari paranjilarda,
Bor edida yuz ibo, parda,
Qaytgim kelar uzoq oʻtmishga!

Emas edi har ishga tayyor,
Xiyonatni doʻst bilib gulyor,
Sevgida ham bor edi meyor,
Qaytgim kelar uzoq oʻtmishga!

Paxtalarga toʻla etaklar,
Ma'no bilan edi ertaklar,
Karvon yaxshi yoʻlga yetaklar,
Qizil kiyim kiymas erkaklar,
Qaytsam edi uzoq oʻtmishga!

Har bir yurak olov-cho'q edi,
Nafs pinhona, koʻzlar toʻq edi,
"Tik-Tok" degan balo yoʻq edi,
Qaytgim kelar uzoq oʻtmishga!

Yogʻoch qoshiq, yogʻoch kosalar,
Faqat taom edi "somsalar",
Yoʻq firibgar, "aldarko'salar",
Qaytgim kelar uzoq oʻtmishga!

Xazar qilinardi xaromdan,
Suvaraklar chiqmas taomdan,
"Chakka" otar har uy, har tomdan,
Qaytgim kelar uzoq oʻtmishga!

Sanʼatkorlar faqat ijodda,
Qiz-ayollar yupun xijobda,
Xabar olinardi xarobdan,
Qaytgim kelar uzoq oʻtmishga!

Tashlab ketilmasdi farzandlar,
Koʻcha toʻla xaqiqiy mardlar,
Zoʻr edida ex oʻsha paytlar,
Qaytgim kelar uzoq oʻtmishga!

Ex, doʻstlarim, koʻngil ekanda,
Men oddiy man, men oddiy banda,
Romantiksan demang - Sherali,
Qogʻoz qoraladim alamda!

Sherali Ortiqzoda



https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

anba: @sherlar

#like_boss