Get Mystery Box with random crypto!

SHERLAR

Telegram kanalining logotibi sherlar — SHERLAR
Kanaldagi mavzular:
Like
Kanal manzili: @sherlar
Toifalar: Adabiyot , Sanʼat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 21.84K
Kanalning ta’rifi

Eng sara sherlar faqat sizlar uchun,
Kanalimizga siz ham qo‘shiling!!
Admin @bek8586
REKLAMA bering @sherlar_rek
Birinchi raqamli sherlar kanali
20/12/2015

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 63

2022-01-20 09:14:16 ONAM

Nuri bor yuzlarida,
Jannat bor izlarida,
Mehri bor so‘zlarida.
Chin mehribonim onam.

Boshimni silaguvchim,
Baxtimni tilaguvchim,
Meni ko‘p o‘ylaguvchim.
Qadri osmonim onam.

Hech kimdan etmagan kam,
Bolam deguvchi har dam.
Men uchun hammadan ham,
Aziz insonim onam.

Duogo‘yim, duoim,
O‘zi meni dunyoyim,
Umr bergin Xudoim.
Jonu jahonim onam.

Borligi baxtim bo'lgan,
Ifori jannat bo‘lgan.
Fayzidan uyim to‘lgan,
Gulu rayxonim onam.

Alloh bergan yagonam,
Yolg‘izgina birdonam,
Bebahoyim durdonam,
O‘xshashi yo‘g‘im onam.

Tashvishimni o‘y etar,
Yo‘g‘imda yo‘lim kutar,
Bolam deb shoshib ketar.
Meni giryonim onam.

Duosi g‘amdan huzur,
Bolam deyishi g‘urur.
Borligingizga shukur,
Chin hokisorim onam...

Odilbek Qodirov

https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

anba: @sherlar

#like_boss
5.6K views E K , edited  06:14
Ochish/sharhlash
2022-01-20 07:17:36 ONA SIZNI DOYIM UNUTDIM

Mol dunyoni ortidan quvdim,
Nafs yo’lidan yeldim yugurdim,
Mexrimga zor mushtoq edingiz,
Ona sizni doyim unutdim,

Unutmadim do’stu yorimni,
Ular uchun berdim jonimni,
Siz so’raysiz faqat xolimni,
Ona sizni doyim unutdim,

Do’stlar bilan yurib tolmadim,
Sizni bir bor esga olmadim,
Bir qong’iroq qilib qo’ymadim,
Ona sizni doyim unutdim.

So’vg’alarga ko’mdim ayolim,
Mol dunyoda edi hayolim,
Shunchalar ham bo’ldimmi zolim,
Ona sizni doyim unutdim,

Har nafasda omad tilaysiz,
Kelmasamda yo’lim poylaysiz,
Nega meni yomon demaysiz,
Ona sizni doyim unutdim.

Kech bo’lsa ham bildim qadringiz,
Baxtu davlat ekan boringiz,
Kechiring siz Qodir o’g’lingiz,
Ona sizni doyim unutdim.

01:30.17.01.2022

Muallif: Qodir Qaxxor

https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

anba: @sherlar

#like_boss
6.2K views E K , edited  04:17
Ochish/sharhlash
2022-01-18 20:46:34 Сиз ДИЛДОРА АБДИНАЗАРОВА ни излаяпсизми???
Мархамат каналига ташриф буюринг

https://t.me/joinchat/T2U_1rarNYC6GUkp
2.2K views E K , 17:46
Ochish/sharhlash
2022-01-18 20:46:14
АЛДАНИШНИ ЯХШИ КЎРАМАН

Мени алдаш мушкул, алдамоқ қийин,
Ҳар сўзинг маьносин англайман бир- бир,
Алдайсан, аврайсан, қилиб сўз ўйин,
Айтгим келар гоҳо тошларингни тер.



Ақлим юз бурса ҳам сендан тескари,
Қалбим талабига ожиз тураман.
Биламан…., сўзларинг ёлғондир, аммо
Сенга алданишни яхши кўраман.

ДИЛДОРА АБДИНАЗАРОВА

Каналга марҳамат
2.3K views E K , 17:46
Ochish/sharhlash
2022-01-17 18:19:26 ҒИЙБАТ ҚИЛМАНГ МЕНИ..


Ғийбат қилманг мени, айб изламангиз.
Ё ҳасад этингиз кемирмоқдами.!?
Иғво илон каби танангиз ичра,
Ёки қонингизни симирмоқдами !?


Гўё сиз оппоқсиз, бошқалар қора.
Иғво иси анқир каломингиздан.
Одам гўштин ейиш қилдингиз одат,
Кўнглим озар еган таомингиздан.


Одамлар гуноҳин ортмоқлаб олиб,
Умрингиз ўтмоқда ночор бечора.
Ўттиз икки тишлар бир тилингизни
Ҳатто қўриқлолмас афсус, начора.

ДИЛДОРА АБДИНАЗАРОВА


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

anba: @sherlar

#like_boss
3.5K views E K , edited  15:19
Ochish/sharhlash
2022-01-17 16:04:17
Siz sheriyatga qiziqasizmi unda bu kanalga qo'shilishiz shart

https://t.me/sherlar_shoirlar_va_shoiralar
https://t.me/sherlar_shoirlar_va_shoiralar

SHERLAR | SHERIYAT |
Kanalda

Eng Sara sherlar

Sizning yozgan sheringiz

Zakaz sherlar Siz istagan sherlar
Qoyib boriladi


Sher yozasizmi unda gruhimizga qo'shiling
Gruh: @yosh_shoirlar_va_shoiralar
Grupamizdagi shoirlarning sifatli sherlari ham kanalda qo'yib boriladi

Kanalga qo'shilish uchun ustiga bosing
https://t.me/sherlar_shoirlar_va_shoiralar
4.2K views E K , edited  13:04
Ochish/sharhlash
2022-01-17 15:08:31
Ушбу шеър шаҳарда ўқиб юриб кибрга берилган , ота - онаси кетидан йўқлаб кўришга борса ўртоқлари олдида ўз ота - онаси билан кўришишдан уяладиган , фарзандлар ҳақида.

ОТАНГДАН УЯЛИБ ҚОЛДИНГМИ....

Сени деб эрта - кеч тиним билмади,
Неча йўқчиликлар бағрин тилмади,
Бир бурда нонни ҳам миннат қилмади,
Сени деб орттириб олганида дард,
Отангдан уялиб қолдингми номард.

Сени деб орзусин суриб бир ёнга,
Сени деб ботдику , ғиж - ғиж армонга,
Суяниб қолдику дори , дармонга,
Сени деб орттириб олганида дард ,
Отангдан уялиб қолдингми номард.

Қайтар дунёни ҳам бир бор ўйлагин,
Ҳар битта гапингни ўйлаб сўйлагин,
Оринга тегдими , эски кўйлаги,
Сени деб орттириб олганида дард,
Отангдан уялиб қолдингми номард.

Ёш пайтинг , бир кулгинг қалбин ёритган,
Ўша кўйлагига сўлагинг артган,
Сенинг орзуларинг умрин қаритган,
Сени деб орттириб олганида дард,
Отангдан уялиб қолдингми номард.


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

anba: @sherlar

#like_boss
4.7K views E K , 12:08
Ochish/sharhlash
2022-01-17 13:59:59 https://t.me/+FRVxLY3C7mg5ZmMy
4.2K views E K , 10:59
Ochish/sharhlash
2022-01-16 18:37:05
@SHERLAR kanalida o‘z reklamangizni faqat bugun va ertaga arzon narxlarda joylashtiring!!

1soat top keyin 23soat lenta 14ming

24-soat top 27ming so‘m

1 haftalik reklama 70ming so‘m

Murojaat uchun @bek8586

https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

anba: @sherlar

#like_boss
3.0K views E K , edited  15:37
Ochish/sharhlash
2022-01-16 13:24:26
"Turmush mushtlari"ni totib koʻrdim men,
Bariga koʻz yumdim, sabr qildim men,
"Hiyonat" qilishdi, tamom boʻldim men,
Koʻnglim qolib ketdi erkak zotidan!

"Qayda hato qildim?" Hech bilolmadim,
Savolimga javob topa olmadim,
Kechib ketolmadim... Kechirolmadim,
Koʻnglim qolib ketdi erkak zotidan!

"Nima kamchilik bor?" oʻzimda deyman,
Oynaga bir kunda ming bor qarayman,
Oʻzimga achinib tinmay yigʻlayman,
Koʻnglim qolib ketdi erkak zotidan!

Qarorim: "u emas men uchun muhim"
Koʻcha ayolini qoʻydi-ku ustun,
Bir onda , yonidan ketishim mumkin,
Koʻnglim qolib ketdi erkak zotidan!

Meni vaqtinchalik qilibti ermak,
Qulogʻimga faqat aytibti ertak,
Farzandlarim uchun yashashim kerak!
Koʻnglim qolib ketdi erkak zotidan!

Barcha" kuni kelib koʻr boʻlar"deydi,
"Qariganda yolgʻiz, hor boʻlar" deydi,
Men uchun qiziqmas, qanday yashaydi?
Koʻnglim qolib ketdi erkak zotidan!

Begi( Mumtozbegim)


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

anba: @sherlar

#like_boss
4.8K views E K , 10:24
Ochish/sharhlash