Get Mystery Box with random crypto!

SHERLAR

Telegram kanalining logotibi sherlar — SHERLAR S
Telegram kanalining logotibi sherlar — SHERLAR
Kanal manzili: @sherlar
Toifalar: Adabiyot , Sanʼat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 19.85K
Kanalning ta’rifi

Eng sara sherlar faqat sizlar uchun,
Kanalimizga siz ham qo‘shiling!!
Admin @bek8586
REKLAMA bering @sherlar_rek
Birinchi raqamli sherlar kanali
20/12/2015

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-05-31 14:33:23 PREMYERA

Suyunbek Kuchkarov - Gulimsiz Ona

Zohid Ziyo

Onajonlarimizni umrlari uzoq boʻlsin Ilohim




https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q



anba: @sherlar


        #like_boss
15.2K views11:33
Ochish/sharhlash
2023-05-31 06:52:31
Примера
ОНА МЕХРИ БОШҚАЧА
Кўзлари қувнаб кетар,
Она кўрган онида,
То умри тугагунча.
Асраб турар жонида.

Ишонганиг сийласа,
Миннат қилар забони.
Ҳатто пулга сотади,
Табиатда ҳавони.

Умр бир зум ўтади,
Қорнинг очса ошгача.
Дунёда бир туйғу бор,
Она меҳри бошқача.

Кўзинг ўяр хатто дўст,
Ғийбат қилар қоқилсанг.
Лек она бор оламда,
Тиргак бўлар йиқилсанг.

Шуниг учун қилинган
Она пойини жаннат.
Оналар бор дунёда,
Мехри эрур беминнат.

муаллиф: Дилфуза Саттарова


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q



anba: @sherlar


        #like_boss
14.3K views03:52
Ochish/sharhlash
2023-05-30 04:22:44
ШУНЧАКИ  ЯШАМАНГ....

Оддийгина севманг, шунчаки севманг,
Бутун борлиғингиз бериб севингиз.
Ёр жамолин кўрмоқ ишқида ёниб,
Энтикиб, орзиқиб, эриб севингиз

Шунчаки яшаманг, оддий яшаманг,
Ўлмайдиган эзгу излар қолдиринг.
Яхшилик уруғин тинмай сепувчи,
Илмли ўғилу-қизлар қолдиринг.

Оддийгина кулманг, завқланиб кулинг,
Жўр бўлсин оламлар, шодлигингизга.
Шунчаки курашманг, ўзгача бўлинг,
Душманлар тан берсин мардлигингизга.

Оддий "шукр" деманг, шунчаки деманг,
Роҳатбахш лаззатни туйинг бу сўздан.
Фақат чиройига махлиё бўлмай,
Маьно, мазмун изланг Ойдан, юлдуздан.

Саждага шунчаки бош қўйманг, балки,
Ҳаяжон, титроққа тана кўмилсин.
Шунчаки йиғламанг, бошқача йиғланг,
Кўзёшга қалбдаги доғлар ювилсин.

Шунчаки яшаманг, оддий яшаманг,
Туғилиш - ўлимнинг илк қадамидир....

Иймон йўлин маҳкам тутган инсонлар,
Ажал келса ҳам, Қалб хотиржамидир.

Шунчаки яшаманг, шунчаки ўлманг

ДИЛДОРА АБДИНАЗАРОВА


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q



anba: @sherlar


        #like_boss
13.6K views01:22
Ochish/sharhlash
2023-05-29 13:00:25
Maktabning gul davrida,
Kuylaring edi yangroq.
Yuragimning qarida,
Qolib ketgan qo'ng'iroq.

So'nggi kuying solgandi,
Yuragimga zo'r titroq.
Olislarda yangradi,
Yana so'nggi qo'ng'iroq.

Yangraganding qo'ng'iroq,
Ko'rib qol deb ko'zlarni.
Anglamabmiz biz biroq,
G'animat gul yuzlarni.

Yonmagandi o'shanda
Qalbimizda shamchiroq,
O'quvchimning qo'lida,
Yangrayotgan qo'ng'iroq.

Tugadi deb jaranglab,
Degan eding ertaklar.
Yuraklarga o't qalab,
Seni qo'lda yetaklar.

Yangrar yana kuylaring,
Bolalikka sen qaroq.
G'animatdir bo'ylaring,
Olisdagi qo'ng'iroq.

SURAYYO XATAMOVA

SAMARQAND JOMBOY


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q



anba: @sherlar


        #like_boss
13.9K views10:00
Ochish/sharhlash
2023-05-25 08:47:53
JANNAT IZI O'ZIMMAN


Holvalarim ko'p demang,
Berganini cho'p demang.
O'g'il istar yuragim,
Noliyabdi xo'p demang.

Jannat izi o'zimman,
Shukur qizi o'zimman
Jannatiga eltguvchi,
Poylariga izinman.

Zor yuraklar bor axir,
Qancha ko'zlar zor axir,
Mensiz shox-u koshona.
Kulbachadek tor axir,

Yuraklarda men edim,
Tilaklarda keng edim,
Ochiq qo'llar samoda ,
Dunyolarga teng edim.

Mendek ne'mat olmagan ,
Yuraklari bor axir.
Istar yurak qonmagan,
Tilaklari bor axir.

Yuborildim panohga,
Shukurlikka ogohga.
Mehir nomli koshona,
Yurak nomli dargohga.

Holvalarim ko'p demang,
Berganini cho'p demang.
O'g'il istar yuragim,
Noliyabdi xo'b demang.

SAMARQND JOMBOY

Surayyo Xatamova

https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q



anba: @sherlar


        #like_boss
21.9K views05:47
Ochish/sharhlash
2023-05-24 19:31:54 #ПРЕМЬЕРА

Иқрорим...

Дунё ўзи шунақа,
Бир камлиги намоён...
Шу дунё деб мен сизни,
Куттирганман Онажон...

Мен туфайли кўп ғамлар,
Кўзларингизда намлар,
Соғинтириб аламлар,
Юттирганман Онажон...

Сочингиз бўяб оққа,
Кетиб гоҳо йироққа,
Қалбингизни фироққа,
Туттирганман Онажон...

Тингламай арзингизни,
Билмасдан қадрингизни,
Олмасдан дардингизни,
Орттирганман Онажон...

Саволларга йўқ жавоб,
Топганим оддий сароб,
Тинмай сизга изтироб,
Торттирганман Онажон...

Юрак виждон дорида,
Дилим дард озорида,
Ўзни ғам бозорида,
Соттирганман Онажон...

Дунё ўзи шунақа,
Бир камлиги намоён...
Шу дунё деб мен сизни,
Куттирганман Онажон...

Муаллиф: Зоҳид Зиё...



https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q



anba: @sherlar


        #like_boss
18.8K viewsedited  16:31
Ochish/sharhlash
2023-05-23 20:11:06
Yangi sherimizdan parcha o’zim o’qishga harakat qildim baxo berasilada

Qodir Qaxxor - Yaxshi odam bo’lganim yo’q onajon


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q



anba: @sherlar


        #like_boss
18.7K views17:11
Ochish/sharhlash
2023-05-23 08:03:36 PREMYERA

Suyunbek Kuchkarov - Janonim boʻlmaysanmi?

Qodir Qaxxor

Boʻydoqlar uchun maxsus sheʼr.




https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q



anba: @sherlar


        #like_boss
17.6K viewsedited  05:03
Ochish/sharhlash
2023-05-22 18:37:08
𝘽𝙀𝙋𝙐𝙇 𝙐𝙈𝙍𝘼 𝙎𝘼𝙁𝘼𝙍𝙄𝙂𝘼 𝙔𝙊'𝙇𝙇𝘼𝙉𝙈𝘼

ER-XOTIN PSIXOLOGLAR: Elyor Bahodirovich va Malohat Ravshanovna
7yil yillik Tajribaga ega Psixolog va Xalqaro murabbiylardan:

PULSIZLIK VA QARZDORLIK SABABLARI:

- Jinsiy travmalar
- Genetikadan oʻtgan Pulsizlik
- Ota-ona oldida qarzdorlik hissi
- Erini urug’ini tan olmaslik
- Chuqur aybdorlik va gunohkorlik hissi;
- Doimiy hayotidan qoniqmaslik, doimiy charchoqlar
- Xasislik va Nafrat hislari
- Doimiy munosabatlardagi muammolar
Bularning bari barakadan ayiruvchi sabablardir

Bularning barchasiga: 𝘽𝙀𝙋𝙐𝙇 𝙑𝙀𝘽𝙄𝙉𝘼𝙍 da javob olasiz.
(shu bilan birga - Umra Safariga bepul yo’llanmani yutish imkoniyati).

23- ⒶⓎ  ⓈⓄⒶⓉ  20:00

Bepul webinarga ulanish:
https://t.me/+DCRNCmL-KmoxODRi
https://t.me/+DCRNCmL-KmoxODRi
17.9K views15:37
Ochish/sharhlash
2023-05-21 18:37:16 BAXTGA YETGUNCHA...

Zulmatning bagʻridan ketaylik bir zum,
Orzular qilamiz to tong otguncha.
Yugurib yelamiz, keladi shu kun,
Qoʻlimdan mahkam tut, baxtga yetguncha.

Hijronlar chorlasa,ketma yonimdan
Qalqon boʻl, koʻngildan qaygʻu ketguncha.
Yuragim oynasin sinmasin chil chil,
Qoʻlimdan mahkam tut, baxtga yetguncha.


Yulduzdir sirdoshim, eshitadi jim,
Tong otib, quyosh ham yana botguncha.
Sabrimni sinama,yor boʻlgin hamroh,
Qoʻlimdan mahkam tut, baxtga yetguncha.

Baxt yoʻllari bizni chorlaydi hamon,
Sevgi dilda misli ochilgan gʻuncha.
Tugamas ishqdan tonggacha suhbat
Qoʻlimdan mahkam tut, baxtga yetguncha.

IRODAXON QOSIMOVA.
28.09.2022. 20:50.
She'r qóshiq uchun berildi.

IRODAXON QOSIMOVA...



IJODKOR BEK...



https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q



anba: @sherlar


        #like_boss
3.6K views15:37
Ochish/sharhlash