Get Mystery Box with random crypto!

Maktabning gul davrida, Kuylaring edi yangroq. Yuragimning qar | SHERLAR

Maktabning gul davrida,
Kuylaring edi yangroq.
Yuragimning qarida,
Qolib ketgan qo'ng'iroq.

So'nggi kuying solgandi,
Yuragimga zo'r titroq.
Olislarda yangradi,
Yana so'nggi qo'ng'iroq.

Yangraganding qo'ng'iroq,
Ko'rib qol deb ko'zlarni.
Anglamabmiz biz biroq,
G'animat gul yuzlarni.

Yonmagandi o'shanda
Qalbimizda shamchiroq,
O'quvchimning qo'lida,
Yangrayotgan qo'ng'iroq.

Tugadi deb jaranglab,
Degan eding ertaklar.
Yuraklarga o't qalab,
Seni qo'lda yetaklar.

Yangrar yana kuylaring,
Bolalikka sen qaroq.
G'animatdir bo'ylaring,
Olisdagi qo'ng'iroq.

SURAYYO XATAMOVA

SAMARQAND JOMBOY


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q



anba: @sherlar


        #like_boss