Get Mystery Box with random crypto!

JANNAT IZI O'ZIMMAN Holvalarim ko'p demang, Berganini cho'p | SHERLAR

JANNAT IZI O'ZIMMAN


Holvalarim ko'p demang,
Berganini cho'p demang.
O'g'il istar yuragim,
Noliyabdi xo'p demang.

Jannat izi o'zimman,
Shukur qizi o'zimman
Jannatiga eltguvchi,
Poylariga izinman.

Zor yuraklar bor axir,
Qancha ko'zlar zor axir,
Mensiz shox-u koshona.
Kulbachadek tor axir,

Yuraklarda men edim,
Tilaklarda keng edim,
Ochiq qo'llar samoda ,
Dunyolarga teng edim.

Mendek ne'mat olmagan ,
Yuraklari bor axir.
Istar yurak qonmagan,
Tilaklari bor axir.

Yuborildim panohga,
Shukurlikka ogohga.
Mehir nomli koshona,
Yurak nomli dargohga.

Holvalarim ko'p demang,
Berganini cho'p demang.
O'g'il istar yuragim,
Noliyabdi xo'b demang.

SAMARQND JOMBOY

Surayyo Xatamova

https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q



anba: @sherlar


        #like_boss