Get Mystery Box with random crypto!

Turkiya, Hatay. Aholi va xizmatchilarga ovqat tarqatish uchun | Sanjar Xo‘ja

Turkiya, Hatay.
Aholi va xizmatchilarga ovqat tarqatish uchun joy surishtirdik. Fikrini o‘rganish maqsadida qutqaruvchi, askar va politsiya bilan gaplashdim.

Bir politsiya bilan suhbatim:

Men: Ovqatlanishga sharoit qanday?

Xodim: Agar tashkillashtirilsa yaxshi bo‘lardi. Uzoqqa borib, topganimizni yeb kelyapmiz. Sen qayerdansan?

Men: O‘zbekistondan.

Xodim: Iye, men ko‘p o‘zbeklarni qo‘lga olganman. Mening xizmatim Istanbulda. Bu yerga safarbar qilindim. Ko‘p o‘zbeklarni psixotprop modda bilan tutdim. Nega o‘zbeklar bunday jinoyatchi?

Men: Siz qaerliksiz?

Xodim: Bitlis

Men: Bitlis Turkiyaning sharqiy qismida, to‘g‘rimi? Turkiyadagi hamma narkobaronlar sharqdan chiqqan. Endi, hamma sharqliklar jinoyatchimi? Yo‘q! Yomon odam millatdan emas, onadan tug‘iladi. Bir kishini aybi uchun millatga umumiylashtirish kasallik.

Politsiya gapimni tushundimi, bilmadim. "Hammamiz aka-ukamiz", deb qo‘ydi.

O‘sha gapni o‘zimizga ham takrorlayman: "Turklar falondaqa" deb millatni umumiylashtirish - kasallik!

@sanjar_xoja