Get Mystery Box with random crypto!

Jaloliddin Rumiy 🍃

Telegram kanalining logotibi rumiy_jaloliddin — Jaloliddin Rumiy 🍃 J
Telegram kanalining logotibi rumiy_jaloliddin — Jaloliddin Rumiy 🍃
Kanal manzili: @rumiy_jaloliddin
Toifalar: Iltimoslar , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.12K
Kanalning ta’rifi

Ishqqa tashnalar maskani...
Ikkkinchi kanalimiz: @Rumiy_Aforizmlarim
💰Reklama: @Tijoriy_taklif1
Aloqa: @Bobomurod_o36
15-aprel 2020.

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2023-04-18 07:23:10 SABR HAQIDA

Sabr achchiq boʻladi, ammo natijasi shirindir, bu qiyin ish, lekin u mushkulotning (baloning) oldini oladi. Sabr yoʻlidan borib, omadsizlikka yoʻliqqan odam boʻlmaydi, sabr yoʻlidan borib baxtini topmagan odam ham boʻlmaydi. Sabr - taskin topish kalitidir, muammoni yechish yoʻlidir. U - insonni maqsad sari yetkazuvchi zerikarli hamroh; istaganiga yetkazuvchi zerikarli doʻstdir; u kerakli manzilga olib boruvchi ogʻir qadamli ot; manzilga sekin eltuvchi xachir misoli.

– Alisher Navoiy

@Rumiy_Jaloliddin
2.1K views04:23
Ochish/sharhlash
2023-04-17 18:31:56 #TARQATING

QADR KECHASINING TARTIB JADVALI:

- soat 21:00 dan soat 23:00 gacha xufton, taroveh namozlari va ilm majlislarida (uyda) boʻlish.

- soat 23: 00 dan 00:00 gacha zikr, duo va munojot.

- soat 00:00 dan 00:30 gacha biroz dam olish

- soat 00:30 dan 01:15 gacha tahajjud namozini oʻqish.

- soat 01:15 dan 01:45 gacha zikr va tasbeh aytish.

(Masalan: “Subhonallohi valhamdulillahi valaa ilaahaa illallohu vallohu akbar” 100-marta.

“Subhonallohi va bihamdihi subhonallohil ʼaziym”ni 100-marta.

“Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku valahul hamdu vahuva ʼala kulli shayʼin qodiyr”ni 100-marta .

“Astagʻfirullohal ʼaziym va atubu ilayh”ni 100-marta.

“Allohumma solli ʼala Muhammadin va ʼala oli Muhammad”ni yoki boshqa salavotni 100-marta aytish).

- soat 01:45 dan 02:15 gacha yana zikr, duo va munojotga mashgʻul boʻlish.

- soat 02:15 dan 03:15 gacha xatmi Qurʼon va uning duosi bilan mashgʻul boʻlish.

- soat 03:15 dan 03:30 gacha agar vitr oʻqimagan boʻlsa, uni ado etish.

- soat 03:30 dan 04:00 gacha saharlik tanovul qilish.

Bu aytganlarimiz Qadr kechasida nima bilan mashgʻul boʻlaylik, deb soʻraganlar uchundir. Umuman olganda qadr kechasida zikr, ibodat, Qurʼon tilovati, tahajjud va duoga mashgʻul boʻlinadi. U kechada Allohdan gunohlarini kechirib, afv qilishini soʻrab, qalbining toʻridagi istaklarini Allohdan ixlos bilan soʻrashga mashgʻul boʻlinadi. Har orada “Allohumma innaka afuvvun, tuhibbul afva, faʼfu ʼanniy”, deb aytib turiladi.

Maʼnosi: Allohim, Sen afv qiluvchisan, afv qilishni sevasan, meni afv qilib kechirgin.

Bomdod namozi vaqti kirgach masjidga borib, bomdodni jamoat bilan oʻqiydi. Quyosh chiqqach dam olishi mumkin boʻladi.

@Rumiy_Jaloliddin
1.5K views15:31
Ochish/sharhlash
2023-04-17 17:00:18
Bir inson sizdan yordam istasa siz uni shunday tushuning:
“U Allohdan yordam soʻradi, Alloh taolo esa sizni manzilingizni berdi”.

— Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin
2.1K views14:00
Ochish/sharhlash
2023-04-17 16:30:12
Tengdoshlardan bir qadam oldinda bo’ling

10-11-sinfdan talaba bo’ling!

Maktabni bitirish arafasidagi o’quvchi bo’lsangiz Sizda erta talaba bo’lish va vaqtdan yutish imkoniyati mavjud. Bundanda yaxshisi esa, JIU’da 80%lik Grant yutib olishingiz mumkin.

JIU’da Siz quyidagi eng talabgir yo’nalishlarda ta’lim olib, zamonaviy va professional mutaxassis bo’lishingiz mumkin:

Biznes Boshqaruv
Moliya
IT
Pedagogika
Turizm

Navbatdagi imtihonlarda ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’ting va sinfdoshlaringiz qatorida birinchilardan bo’lib talabaga aylaning.

https://jiuuz.info/rmyy

Telegram | Facebook
2.2K views13:30
Ochish/sharhlash
2023-04-17 09:47:05
Abu Homid G'azzoliy ( 1058- 1111) o'z davrida " Hujjatul islom" ( islom dalili) nomi bilan mashhur bo'lgan.G'azzoliy Sharq va G'arbda ilohiyotchi, faylasuf sifatida tanilgan.
G'azzoliyning "Ihyou ulumid-din" asarining "Ilm kitobi" qismida "ta'lim oluvchi va ta'lim beruvchi odoblari haqida" ibratli fikrlar bayon qilingan.
U " Ilmning avvali sukut qilish, keyin tinglash, keyin uni yod olish, keyin unga amal qilish, keyin esa tarqatish – boshqalarga o'rgatishdir", – deb yozadi.
Ilmni kimlarga o'rgatmoq lozim, degan savolga "dunyoviy va diniy ilmlarni faqat qalbi ezgulikka limo-lim insonlarga o'rgatish lozim.
Ilm faqat ezgulikka xizmat qilishi kerak", degan fikrni ilgari suradi.

— Tarix

@Rumiy_Jaloliddin
3.3K views06:47
Ochish/sharhlash
2023-04-17 05:42:16 G'azzoliy Abu Homid Muhammad ibn
Muhammad al-G'azzoliy ‐ islom ilohiyotchisi, faylasuf.

Abdulloh domla

@Rumiy_Jaloliddin
3.6K views02:42
Ochish/sharhlash
2023-04-17 04:12:41
#Xayrli_tong

Assalomu alaykum. Ramazon oyining 26-kuni, Dushanba tongi muborak boʻlsin.

Bugungi boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va barokatli boʻlsin!

Siz va yaqinlaringizga Alloh chiroyli sabr bersin


@Rumiy_Jaloliddin
4.2K viewsedited  01:12
Ochish/sharhlash
2023-04-16 19:54:52 Shaxsiyatimga qiziquvchilar uchun lifestyle ko’rinishida yuritiluvchi blogimni ochdim.

Ha aytkancha kanalimdagi hamma malumotlar ham shaxsiy hayotga tegishli bo'lavermaydi

Pastdagi link ustiga bosib blogimga tashrif buyurishingiz mumkin

https://t.me/nimasini_aytasan
1.6K views16:54
Ochish/sharhlash
2023-04-16 19:03:08 Qalbing va ruhing seni bir kun Sevgilingga eltadi. Aslo qayg'uda yo'q bo'lib ketma. Bilki, chekkan g'amlaring bir kuni darmoning bo'ladi.

— Mavlono Rumiy


@Rumiy_Jaloliddin
2.2K views16:03
Ochish/sharhlash
2023-04-16 05:20:50 SEVMAGAN ODAM YUKSALMAYDI

Kunlardan bir kun bir odam Abdurahmon Jomiyning oldiga kelib o‘zining ul hazratga murid bo‘lish istagi borligini bildiribdi. Shunda Jomiy «Siz o‘z hayotingiz mobaynida biror kimsani sevganmisiz», deya so‘rabdi. «Yo‘q» javobini eshitgach, «Bir murid uzoq yillar o‘z murshidi xizmatida bo‘lgan ekan, lekin bilim olishda ilgari siljiy olmabdi va ko‘ngli ravshanlashmabdi. Shunda u murshidi oldiga borib «Men ko‘ngliga ravshanlik kelgan ko‘plab muridlaringizni ko‘rdim, lekin har qancha urinsam ham menga ilgari siljish nasib qilmayotir. Shuning uchun umidsizlikka tushdim va sizdan oq fotiha olib hayotda o‘z o‘rnimni topmoqchiman», debdi. Shunda murshid o‘z muridiga yurtiga ketgunicha xonaqadan uncha uzoq bo‘lmagan uyda hech qanday ruhini rivojlantiradigan ijodiy mashg‘ulotsiz yashab turishlikni hamda har kun unga juda yaxshi taomlar yuborib turib, hayotning barcha qulayliklari xotirjamligi bilan lazzatlanishni buyuribdi. Murid ertaga yurtiga ketadi, deyilgan kun murshid muridiga go‘zal bir qizdan anvoyi mevalar bilan to‘ldirilgan savat jo‘natibdi. U qiz savatni gilam ustiga qo‘yib­di-yu,­ shu zahoti jo‘nab qolibdi. U qizning xusni-jamoli murid yigitni shu darajada o‘ziga rom qilib olibdiki, u endi u qizdan bo‘lak biror narsa haqida o‘ylay olmay qolibdi. Har on o‘tgan sari u qizni yana bir ko‘rishlikka bo‘lgan ishtiyoq muridda kuchaygandan-kuchayib boribdi. U taom yeyishni butkul unutib, kunini oh-voh bilan, ko‘z yoshi bilan o‘tkaza boshlabdi, chunki uning yuragiga muhabbat alangasi tushib, erib ketgan ekan. Birmuncha vaqt o‘tib murshid shogirdi oldiga kirib bir boqishdayoq uning ko‘ngliga ravshanlik hadya qilgan ekan. Hattoki po‘latni ham olovga tutgach, qolipga solish mumkin, shuning­dek, yurak ham muhabbat olovida eriydi. Avvaliga kimnidir seva biling, so‘ngra mening oldimga keling», deya Jomiy u muridlik talabida bo‘lgan odamni to‘g‘ri yo‘lga solib yuborgan ekan.

@Rumiy_Jaloliddin
3.8K views02:20
Ochish/sharhlash