Get Mystery Box with random crypto!

#TARQATING QADR KECHASINING TARTIB JADVALI: - soat 21:00 dan | Jaloliddin Rumiy 🍃

#TARQATING

QADR KECHASINING TARTIB JADVALI:

- soat 21:00 dan soat 23:00 gacha xufton, taroveh namozlari va ilm majlislarida (uyda) boʻlish.

- soat 23: 00 dan 00:00 gacha zikr, duo va munojot.

- soat 00:00 dan 00:30 gacha biroz dam olish

- soat 00:30 dan 01:15 gacha tahajjud namozini oʻqish.

- soat 01:15 dan 01:45 gacha zikr va tasbeh aytish.

(Masalan: “Subhonallohi valhamdulillahi valaa ilaahaa illallohu vallohu akbar” 100-marta.

“Subhonallohi va bihamdihi subhonallohil ʼaziym”ni 100-marta.

“Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku valahul hamdu vahuva ʼala kulli shayʼin qodiyr”ni 100-marta .

“Astagʻfirullohal ʼaziym va atubu ilayh”ni 100-marta.

“Allohumma solli ʼala Muhammadin va ʼala oli Muhammad”ni yoki boshqa salavotni 100-marta aytish).

- soat 01:45 dan 02:15 gacha yana zikr, duo va munojotga mashgʻul boʻlish.

- soat 02:15 dan 03:15 gacha xatmi Qurʼon va uning duosi bilan mashgʻul boʻlish.

- soat 03:15 dan 03:30 gacha agar vitr oʻqimagan boʻlsa, uni ado etish.

- soat 03:30 dan 04:00 gacha saharlik tanovul qilish.

Bu aytganlarimiz Qadr kechasida nima bilan mashgʻul boʻlaylik, deb soʻraganlar uchundir. Umuman olganda qadr kechasida zikr, ibodat, Qurʼon tilovati, tahajjud va duoga mashgʻul boʻlinadi. U kechada Allohdan gunohlarini kechirib, afv qilishini soʻrab, qalbining toʻridagi istaklarini Allohdan ixlos bilan soʻrashga mashgʻul boʻlinadi. Har orada “Allohumma innaka afuvvun, tuhibbul afva, faʼfu ʼanniy”, deb aytib turiladi.

Maʼnosi: Allohim, Sen afv qiluvchisan, afv qilishni sevasan, meni afv qilib kechirgin.

Bomdod namozi vaqti kirgach masjidga borib, bomdodni jamoat bilan oʻqiydi. Quyosh chiqqach dam olishi mumkin boʻladi.

@Rumiy_Jaloliddin