Get Mystery Box with random crypto!

SEVMAGAN ODAM YUKSALMAYDI Kunlardan bir kun bir odam Abdurahm | Jaloliddin Rumiy 🍃

SEVMAGAN ODAM YUKSALMAYDI

Kunlardan bir kun bir odam Abdurahmon Jomiyning oldiga kelib o‘zining ul hazratga murid bo‘lish istagi borligini bildiribdi. Shunda Jomiy «Siz o‘z hayotingiz mobaynida biror kimsani sevganmisiz», deya so‘rabdi. «Yo‘q» javobini eshitgach, «Bir murid uzoq yillar o‘z murshidi xizmatida bo‘lgan ekan, lekin bilim olishda ilgari siljiy olmabdi va ko‘ngli ravshanlashmabdi. Shunda u murshidi oldiga borib «Men ko‘ngliga ravshanlik kelgan ko‘plab muridlaringizni ko‘rdim, lekin har qancha urinsam ham menga ilgari siljish nasib qilmayotir. Shuning uchun umidsizlikka tushdim va sizdan oq fotiha olib hayotda o‘z o‘rnimni topmoqchiman», debdi. Shunda murshid o‘z muridiga yurtiga ketgunicha xonaqadan uncha uzoq bo‘lmagan uyda hech qanday ruhini rivojlantiradigan ijodiy mashg‘ulotsiz yashab turishlikni hamda har kun unga juda yaxshi taomlar yuborib turib, hayotning barcha qulayliklari xotirjamligi bilan lazzatlanishni buyuribdi. Murid ertaga yurtiga ketadi, deyilgan kun murshid muridiga go‘zal bir qizdan anvoyi mevalar bilan to‘ldirilgan savat jo‘natibdi. U qiz savatni gilam ustiga qo‘yib­di-yu,­ shu zahoti jo‘nab qolibdi. U qizning xusni-jamoli murid yigitni shu darajada o‘ziga rom qilib olibdiki, u endi u qizdan bo‘lak biror narsa haqida o‘ylay olmay qolibdi. Har on o‘tgan sari u qizni yana bir ko‘rishlikka bo‘lgan ishtiyoq muridda kuchaygandan-kuchayib boribdi. U taom yeyishni butkul unutib, kunini oh-voh bilan, ko‘z yoshi bilan o‘tkaza boshlabdi, chunki uning yuragiga muhabbat alangasi tushib, erib ketgan ekan. Birmuncha vaqt o‘tib murshid shogirdi oldiga kirib bir boqishdayoq uning ko‘ngliga ravshanlik hadya qilgan ekan. Hattoki po‘latni ham olovga tutgach, qolipga solish mumkin, shuning­dek, yurak ham muhabbat olovida eriydi. Avvaliga kimnidir seva biling, so‘ngra mening oldimga keling», deya Jomiy u muridlik talabida bo‘lgan odamni to‘g‘ri yo‘lga solib yuborgan ekan.

@Rumiy_Jaloliddin